Internet xalqaro kompyuter tarmog’i…
Internet axborot almashish
standart qoidalar asosida amalgam oshiriladi . Internetdagi ma’lumotlarni
uzatish qoidalari protokollar (masalan, TCP/IP –TRASMISSION CONTROL PROTOKOL /
INTERNET PROTOKOL) dep ataladi.
Kompyuterlarni axborotlarni
telefon orqali yubora olishga imkon beruvchi modem deb ataluchi qurilmaning
yaratilishi (1979-yil Nayes kompaniyasi) va rivojlanishi sababli faqatgina
shaxsiy kompyuteri va telefoni bor millionlab kishilar tarmoqning maxsus qurilmalarisiz
ham Internetdan foydalana olish imkoniyatiga ega bo’ldilar.
1992-1993-yillarda axborot texnologiyasining
rivojlanishi sababli, tasvirli va tovushli axborotlarni olis masofalardan qisqa
vaqtda uzatishning shunday imkoniyati yaratilganki, u World Wide Web (qisqacha Web
yoki WWW) dep nomlangan.
Internet deganda ko’pchilik
WWWni tushunadi. Aslida WWW Internetni bir qismi bo’lib, xalqaro o’rgimchak
to’ri ma’nosini anglatadi. WWW multimedia (rasm va matnli axborotni tovushli va
harakatdagi shakllardan iborat axborot bilan birlashtirish texnologiyasi)
imkoniyatlariga ega bo’lgani uchun foydalanuvchilar e’tiborini juda tez
qozondi.
WWWning yaratilishiga 1989-yil
SHvetsariyadagi Yevropa Yadrovi Tadqiqotlar Kengashining loyihasi asos bo’ldi. Bu
loyihaning asosiy maqsadi Internetda axborot tarqatishning samarali usullarini
izlash va uning oqibatlarini kuzatishdan iborat edi. Hozirgi kunda WWW
Internetning eng tez rivojlanayotgan sohalaridan biri bo’lib qoldi.
WWWda axborot maxsus
sahifalarda, ya’ni Web-sahifalarda joylashadi. Web sahifaga matn, rasm, tovush,
videotasvir va hokazo ko’rinishdagi axborotlarni joylashtirish mumkin. Bu esa
o’z navbatida, reklama, tijorat, ta’lim va boshqa ko’pgina soha vakillariga
beqiyos imkoniyatlar berdi. Masalan juda ko’p kinostudiyalar o’z maxsulotlarini
reklma qilish uchun Web sahifalar yaratishadi. Mazkur Web-sahifalard, asosan,
yangi filmlar haqidagi ma’lumotlar bilan birga, shu filmlardan 1-2 daqiqali
parchalaraks ettiriladi. WWW yaratilgunga qadar bunday faqat kinoteatrlar yoki
televidenie orqaligina mumkin edi.
Kinoteatr va televideniye orqali
namoyishlar belgilangan vaqtga bog’liq bo’lsa, WWW dan hoxlagan kishi xohlagan vaqtda
yangi kino haqda to’liq ma’lumotga ega bo’lishi mumkin.
WWWni ommalashshining yana
biromilli gipermatndir. Gipermatn Web-sahifaning biron qismiga yoki boshqa
Web-sahifaga bog’liqligini ko’rsatuvshi ilova bo’lib, u rasm yoki so’ bo’lishi
mumkin. Gipermatn yordamida Web-sahifaning kerakli qismiga yoki boshqa web sahifaga
tez va oson o’tish mumkin.
Bitta tashkilot yoki xususiy
shaxsga tegshli va mazmuniga ko’ra o’zaro bog’langan bir nechta Web-sahifalar majmui
Web-sayt deyiladi. Web saytni kitobga, Web-sahifani esa kitobni sahifasiga
o’xshatish mumkin. Web-saytdagi Web-sahifalar o’zaro giprmatn yordamida
bog’lanadi.
Web-saytlari ham, Web-sahifalari
ham Web-server deb ataluvchi internetga ulangan maxsus kompuyuterlarda saqlanadi
va o’z adresiga ega bo’ladi. Bu adres URL deb ataladi. URL hamisha http://
yozuvidan boshlanadi. So’ngra web –sahifa joylashgan tarmoq (provayder) adresi
(masalan,WWW.uzsci.net), keyin web-sahifa nomi (masalan, rtm) yoziladi. Shunday
qilib, misolda keltirilgan web-sahifaning Internetdagi adresi http://
www.uzsci.net rtm ko’rinishidabo’ladi.
Internetning WWW xizmatidan
foydalanish uchun maxsus dasturlar ishlab chiqilgan. Ular Web-brouzerlar
(Brovser) deb ataladi. Brovser inglizcha so’z bo’lib, ko’rishni ta;minlash,
ko’rsatish ma’nosini anglatadi. Birinchi Web-brouzer 1990-yil CERN (yevropaYadroviy
Tadqiqotlar Kengashi) xodimi Tim Berners-Li tomonidan yaratildi.
Hozirgi kungacha juda kop
Web-brouzerlar yaratilgan. Mosaic Opera, Adwiper, Netgape Navicator, Netscape
Communicator, Migrosoft Internet Ezplorer va power Brovser shular
jumlasidandir. Shulardan eng ko’p
foydalaniladigan Netscape Communicator va Microsoft Internet
Explorerdir. Microsoft firmasining Internet Explorer dasturi asosida
brouzerlarda vazifalari foydalaniladigan
Netscape Communicator va Microsoft Internet Explorerdir. Microsoft firmasining
Internet Explorer dasturi asosida brouzerlarda vazifalari va imkoniyatlari
bilan tanishamiz.
Web-brouzerlarning asosiy
vazifalariquyidagilardan iborat:
- Web-sahifalarni
xotiraga yuklash va ko’rish.
- Web-sahifani
diskka yozib qo’yish(saqlash).
- WWWdagi
adresi bo’yicha Web-sahifani chaqirish.
Internet tarmog’dagi
web-sahifani ochish uchun Internet Explorerning adreslar satriga kerakli
web-sahifa adresini yozib, <ENTER> klavishini bosish kifoya. Masalan,
adreslar satriga www.rambler.ru deb
yozib, <ENTER> klevishini bossak,bir necha soniyadan keyin ma’lumotlar
oynasida rambler.ru web-sahifasi paydo bo’ladi. Huddi shunday ketma-ket bir
nechta web-sahifani ochish mumkin.
Uskunalar panelidagi
<<orqaga>> va <<oldinga>> amallari yordamida ochilgan.
Web-sahifalari bo’ylab harakatlanish,
ya’ni oldingi yoki keyingi ochilgan web-sahifaga o’tish mumkin. Web-sahifaning
hajmiga qarab, uning ochilishiga bir necha soniyadan bir necha daqiqagacha vaqt
sarflanishi mumkin. Web-sahifa ochilish jarayonida uning qismlari ekranda
asta-sekin ko’rinib boradi. Agar shu vaqtda uskunalar panelidagi
<<To’xtatish>> tugmasini bossangiz, web-sahifani internetdan qabul
qilish to’xtatiladi va ma’lumotlar oynasida mazkur web-sahifaning o’qib ulguril
qismi qoladi.
Internet xalqaro
tarmog’i bilan ozirgi paytlarda keng tarqalgan kiberfazo, virtual borliq kabi
tushunchalar ham bevosita bog’langan. Mazkur tushunchalarning muhim xususiyati
shundan iboratki, ularga biror fan tushunchalari yordamida aniq bir ta’rif
berish mumkin emas. Ular badiiy obraz bo’lib, ilmiy tushuncha
hisoblanmaydi. Dunyodagi barch aloqa
vositalari bilan bog’langan kompyuter tizmlari, ulardagi axborot, ma’lumoti
majmuasi va oqimlarining to’plamiga kibernetik fazo (kiberfazo) deyiladi.
|