Axborotlar ustida
Avvalgi darslarda axborotni
aniqlash va undan foydalanishga oid mashqlarni bajardingiz. Bunda Siz berilgan
qonuniyatlarga ko'ra axborot oldingiz, ya'ni axborot to'pladingiz (hosil qildingiz),
olingan axborotni daftaringizga qayd etdingiz, ya'ni saqlab qo'ydingiz, shu
axborotga asosan o'ylab ko'rib xulosa chiqardingiz, ya'ni qayta ishladingiz va
berilgan vazifani hal etdingiz, ya'ni axborotni ishlatdingiz. Mashqni bajarish
jarayonida axborotni eslab qolish va boshqa ko'rinishga o'tkazishga to'gri
keldi. Bu darsda shu kabi axborotlar ustida bajariladigan amallardan
asosiylarini ko'rib chiqamiz.
Axborot ustida hosil qilish,
to'plash, izlash, saqlash, uzatish, qabul qilish, o'lchash, ishlatish, qayta
ishlash, nusxalash, his etish, eslab qolish, boshqa ko'rinishga o'tkazish,
tarqatish, bo'laklarga ajratish, soddalashtirish, birlashtirish, formallashtirish,
kodlash, buzish kabi amallarni bajarish mumkin. Axborotlar ustida bajariladigan
amallar bilan bog'liq barcha jarayonlar axborotli jarayonlar deb ataladi.
Axborotlar ustida
bajariladigan amallarning ko'plari sizga tanish. Masalan, axborotni to'plash,
birlashtirish, saqlash, his etish, eslab qolish, ishlatish bilan fanlarni
o'zlashtirish jarayonida, boshqa ko'rinishga o'tkazish yoki formallashtirish
amallaridan matematika va fizika darslarida formulalar, tenglamalar va
jadvallar tuzib, nusxalash amalidan esa Paint va Word dasturlarida ko'p foydalandingiz.
Keyingi darslarimizda axborotlar ustida bajariladigan kodlash va buzish
amallari bilan tanishasiz.
To'plangan axborotlardan
kerak bo'lganda foydalanish uchun ularni saqlab qo'yish kerak. Axborotlar turli
xil vositalarda, masalan, kitoblarda, gazetalarda, magnitli tasmalarda,
kompyuterlarning esa maxsus vositalarida saqlanadi. Ular axborot tashuvchi
vositalar deb ataladi.
Shu kabi axborot tashish
vositalariga ko'plab misol keltirish mumkin.
Axborotni qayta ishlash va uzatish
Axborotlarni qayta ishlash
deganda bir axborotdan biror-bir amal bajarib boshqa axborotni hosil qilish
tushuniladi. Axborotlarni qayta ishlash axborotlarni ko'paytirish va
ko'rinishlarini o'zgartirish uchun zarurdir.
Axborotlar bilan ishlaganda ham, modda va energiyadagi
kabi, ularni to'plash (hosil qilish), uzatish, saqlash, bir ko'nishdan boshqa,
kerakli ko'rinishga o'tkazish kabi jarayonlar amalga oshirilishi mumkin.
Kitob о 'qiganda, televizor ко 'rganda yoki suhbatlashganda, biz doimo axborot qabul
qilamiz va uni o'zimizga kerak bo'lgan ко 'rinishga о 'tkazish maqsadida qayta ishlaymiz, уa'ni boshqaramiz.
Inson uchun axborotlarni
to'plashda uning barcha sezgi a'zolari xizmat qiladi, uzoq masofadagi
axborotlarni to'plash uchun esa bu yetarli emas - buning uchun maxsus texnik
vositalar talab qilinadi.
Shuning uchun ham azaldan
axborotlar ustida bajariladigan asosiy amallar - ularni to'plash, qayta ishlash
va uzatish amallarini bajarish uchun insonning turli vositalarga bo'lgan ehtiyoji
ortib borgan va shunga ko'ra har xil uskunalar yaratib, hayotga tatbiq eta
boshlagan.
Axborotlarni qayta ishlash
vositalari - bu inson tomonidan ishlab chiqarilgan turli qurilmalardir. Ular
ichida eng asosiysi va samaradori kompyuterdir.
Quyidagi rasmda
kurrai-zaminimizdagi turli hududlarda ob-havo ma'lumotini to'plash va uzatish
jarayoni aks ettirilgan:
Avvalgi darslardan va
yuqoridagi rasmdan xulosa qilib, har qanday axborot uzatish jarayonini quyidagi
chizma orqali tasvirlash mumkin:
Hayvonlarni
tabiiy
biologik
sistema
sifatida
o'rganishda ularning tashqi muhitdan kelayotgan signallarga nisbatan qanday darajada va qanday holda ta'sir ko'rsatishiga katta e’tibor berish kerak, chunki o'rganilayotgan jonivor olayotgan axborotdan qanday foydalanayotganini
bilmasdan
turib,
uning
harakatlariga
to'liq baho berib bo'lmaydi.
Bu hol tabiat va jamiyatdagi
boshqariladigan barcha jarayonlar uchun ham o'rinlidir. Ulardagi axborotli
jarayonlarni bilmasdan turib, ishlash tartibini tahlil qila olmaymiz va
tabiiyki, aniq natijaga kela olmaymiz. Biror qaror qabul qilishda asosiy manba
bo'lib axborot hisoblangani kabi, boshqarish ham turli usullarda uzatilayotgan
har xil signallar - axborot orqali amalga oshiriladi.
Masalan, dehqonlar yuqori
hosil olish uchun ob-havoning qanday kelishiga qarab qachon yerni shudgorlash,
qachon sug'orish zarurligini aniq biladilar. Bunda o'z
tajribalaridan hosil bo'lgan axborotlarga asoslanib ish yuritadilar. Shunga ko'ra, turli texnika va usullarni qo'llash
bo'yicha tadbirlar belgilanadi. Bundan ko'rinadiki, dehqonlarning matbuot,
radio va televideniye orqali e'lon qilinadigan ob-havo ma'lumotlariga katta
e'tiborni qaratishlari bejiz emas ekan.
Keltirilgan misollar
axborotlarni to'plash va ularni qayta ishlash kabi jarayonlarni o'z ichiga
olganligini ko'rish mumkin.