Dushanba, 02.12.2024, 12:02
Assalomu alaykum saytimiz mehmonlari!

SehriyoInf.Ucoz.RU

Sayt menyulari
Bo'limlar ro'yhati
Mini chat
So'rovnoma
Saytga baho bering
Barcha javoblar: 572
Statistika

Barcha online: 3
Mehmon: 3
Foydalanuvchilar: 0

3-dars

                           Kompyuterni boshqarish dasturi

Avvalgi darsda kompyuterning tuzilishi va uning ba'zi qurilmalari haqida ma'lumot oldingiz. Bu darsda kompyuter va uning qurilmalari nima asosida ishlashini bilib olasiz.

Kompyuterni nima boshqaradi?

Kompyuter ishlashi uchun faqat elektr tokining o'zi yetarli emas. U inson tomonidan beriladigan buyruqlar asosida ishlaydi. Ma'lum bir vazifani bajarish uchun kompyuterga beriladigan buyruqlarning tartibli ketma-ketligi, odatda dastur deb ataladi. Ular kompyuterning tashqi xotirasida saqlanadi.

Kompyuterning qurilmalari qattiq qism (Hardware) deb, dasturlar yumshoq qism (Software) deb ataladi. Dasturlar yumshoq qism deb atalishining asosiy sababi shundaki, ularni osongina o'chirish yoki boshqasiga almashtirish imkoniyati bor.

Kompyuterdan samarali foydalana olishimiz uning faqat texnik imkoniyatlarigagina emas, balki ko'proq undagi dasturlarga ham bog'liq bo'ladi. Chunki, kompyuterdagi dasturlargina kerakli qurilmalarni ishga tushiradi va bizga matn yozish, rasm chizish, musiqa eshitish, kino ko'rish kabi imkoniyatlarni beradi.

Kompyuterlar uchun xilma-xil dasturlar ishlab chiqarilgan. Ular ichida eng asosiy dastur operatsion sistema hisoblanadi. Kompyuter ishga tushirilganda avvalo operatsion sistema ishga tushadi.

U kompyuter qurilmalari va dasturlarning mutanosib ishlashini ta'minlab, kompyuterda ishlashimizni osonlashtiradi. Operatsion sistemalar juda ko'p bo'lib, WINDOWS 98, WINDOWS XP, LINUX, UNIX, MACHINTOSH shular jumlasidandir.

Fayl yoki papka nima?

Avvalgi darsda ma'lumotlar kompyuterning tashqi xotirasida saqlanishini bilib oldingiz. Tashqi xotirada saqlanayotgan har qanday ma'lumot o'z nomiga ega bo'ladi. Tashqi xotirada biror nom bilan saqlab qo’yilgan har qanday ma'lumot fayl deb ataladi.

Fayllarga misollar


Kompyuterda saqlanayotgan fayllar juda ко’p bo'lishi mumkin. Ularning ichidan keraklisini izlab topish oson bo'lishi uchun fayllarni guruhlarga ajratib tashqi xotiraning alohida qismlarida saqlash qulay.

Bu qismlar nomlanib papka (katalog) deb ataladi. Fayllarni guruhlarga ajratishda, ularning musiqaga, kinoga o'yinga, kimga yoki qaysidir sohaga tegishliligiga yoki yana boshqa xususiyatlariga qaraladi. Bir nechta fayl biror nomli papkaga joylanishi mumkin. Lozim bo'lsa papka ichiga papka ham joylashtirilishi mumkin.

Papkalarni nomlanishiga misollar


Windows nima?

Windows inglizcha so'z bo'lib, derazalar, oynalar degan ma'noni anglatadi. Biz o'rganmoqchi bo'lgan WINDOWS XP operatsion sistemasi ishga tushganda monitorda quyidagi ko'rinish aks etadi:

Bu ko'rinish Windowsning ish stoli yoki qisqacha ish stoli (Рабочий стол) deb ataladi.


Ish stolida asosan, Pusk (Пуск) tugmasi, Masalalar paneli (Панел задач), Mening kompyuterim (Мой компьютер) papkasi, Mening hujjatlarim (Мой документы) papkasi, Savatcha (Корзина), Fayl belgisi, Yorliqlar (burchagida strelka belgisi bor rasmlar) joylashgan bo'ladi. Ularning hammasi rasmchalar shaklida berilgan. Bu rasmchalar piktogrammalar deyiladi.

Pusk tugmasi bosilganda ekranda Pusk menyusi hosil bo'ladi. Pusk menyusida Windowsda ish boshlash bilan bog'liq bo'lgan barcha imkoniyatlar mujassamlangan.

Savatcha o'chirilgan ma'lumotlarni vaqtincha saqlab turish uchun xizmat qiladi.

Fayl belgisida fayl nomi va bu fayl hosil qilingan dasturga mos belgi ko'rsatilgan bo'ladi. Har bir yorliq esa biror fayl yoki papkaga mos keladi. Yorliqlar yordamida kerakli papka yoki fayl osongina ochiladi.

Sayt muallifi
Saytdan qidirish
Kalendar
«  Dekabr 2024  »
DuSeChPaJuShYa
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031
Arxiv
Ob-havo ma'lumoti
Ob-havo
Block title
Block title
O'zbek bayramlari

Koson 2024