Dushanba, 02.12.2024, 11:59
Assalomu alaykum saytimiz mehmonlari!

SehriyoInf.Ucoz.RU

Sayt menyulari
Bo'limlar ro'yhati
Mini chat
So'rovnoma
Microsoft Office dasturlaridan qaysilarini yaxshi bilasiz?
Barcha javoblar: 806
Statistika

Barcha online: 2
Mehmon: 2
Foydalanuvchilar: 0

Mantiqiy elementlar

6-dars. Mantiqiy elementlar. 

Dars maqsadi:

O‘quvchilarni mantiqiy amallar yordamida mos tushish, yig’uvchi va inventor sxemasini hisoblashga o‘rgatish. 

Asosiy tushunchalar:

Kompyuterlarning mantiqiy elementlari, mos tushish sxemasi,  yig’uvchi sxemasi, inventor sxemasi, trigger. 

Mavzuni boshlashga hozirlik:

Informatika va hisoblash texnikasi asoslari darsligi va plakat tayyorlab qo‘yiladi. O‘qituvchi tomonidan kompyuterlar ishga hozirlanadi. Mavjud elektron darslik va elektron qo‘llanmalar kompyuterga yuklab ishchi holatga keltiriladi. 

Mavzuni yoritish:

Kompyuterlarning mantiqiy elementlari bo‘lib VA, YOKI, EMAS, VA-EMAS, YOKI-EMAS va boshqa elektron sxemalar, hamda trigger xizmat qiladi. VA, YOKI, EMAS elektron sxemalar bilan darslikda tanishdingiz.

VA-EMAS elektron sxemani VA elektron sxema va EMAS elektron sxema tashkil etadi, ya’ni uning qiymati (X  Y) ga teng bo‘ladi. Bu elektron sxemaning rostlik jadvali quyidagicha:

X      

Y      

(X  Y)

0      

0      

1

0      

1      

1

1      

0      

1

1      

1      

0

 Boshqa elektron sxemalar ham shu kabi aniqlanadi.

1-misol. Quyidagi sxema ishining natijasini aniqlang.


Yechish: Birinchi bosqichda VA elementining kirishida 0 va 1 bo‘lgani uchun chiqishida 10=0 bo‘ladi. Bu 0 ikkinchisi bosqich – YOKI elementining kirishiga boradi. Sxemada ko‘rinib turgandek YOKI elementning ikkinchi kirishiga 1 keladi. Natijada YOKI elementining chiqishida 1+0=1 hosil bo‘ladi.

Javob: 1 

2-misol. Quyidagi sxema chiqishida 0 hosil bo‘lishi uchun kirishida qanday qiymatlar bo‘lishi kerak?

                  

Yechish: Sxemada uchta bosqich bor. 3-bosqich chiqishda 0 ekanini bilgan holda orqaga qarab yuramiz:

3-bosqich (EMAS elementi) chiqishida 0 bo‘lishi uchun kirishida 1 bo‘lishi kerak.

2- bosqich (YOKI elementi) chiqishida 1 bo‘lishi uchun birinchi kirishida 0 ekanligini hisobga olgan holda ikkinchi kirishida 1 bo‘lishi kerak.

1- bosqich (VA elementi) chiqishida 1 bo‘lishi uchun ikkala kirishida ham 1 bo‘lishi kerak.

Javob: Ikkala kirishida 1 bo‘lishi kerak. 

3-misol. Quyidagi sxemada barcha YOKI elementlarini VA hamda EMAS elementlaridan foydalanib almashtiring.


Yechish. YOKI  elementini


sxema bilan almashtirish mumkin. Bu sxemani yuqoridagi YOKI elementining o‘rniga qo‘yamiz. Natijada

hosil bo‘ladi. Bu erda ketma-ket kelgan ikkita EMAS elementini sxemadan chiqarib tashlash mumkin. Demak, natija

ko‘rinishida bo‘ladi.

 

Quyidagi mashqlarni bajaring.

Berilgan mantiqiy sxemaning natijasini aniqlang.

Quyidagi mantiqiy sxema  chiqishida qanday qiymat hosil boladi?

Quyidagi mantiqiy sxemaning chiqishida 0 hosil bo‘lishi uchun kirishida qanday qiymatlar bo‘lishi kerak?

Berilgan mantiqiy sxemaning chiqishida 1 hosil bo‘lishi uchun kirishida qanday qiymatlar bo‘lishi kerak?

Berilgan mantqiy sxemadagi VA elementini YOKI hamda EMAS elementlari bilan almashtiring.

Quyidagi mantiqiy sxemada YOKI elementini VA hamda EMAS elementlari bilan almashtiring.

Sayt muallifi
Saytdan qidirish
Kalendar
«  Dekabr 2024  »
DuSeChPaJuShYa
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031
Arxiv
Ob-havo ma'lumoti
Ob-havo
Block title
Block title
O'zbek bayramlari

Koson 2024