1-dars. Elektron jadvalning vazifalari va imkoniyatlari.
Elektron jadvallar hayotning har xil sohasida uchraydigan hisoblash va iqtisodiy masalalarni echishda, jumladan, berilganlarni tez o’zgartirib turuvchi masalalarni tezkorravishda ishlab chiqishda, masalan, bank hujjatlari bilan ishlashda kabi keng ko’lamli masalalarni echishda qo’llaniladigan o’ta quvatli vosita hisoblanadi.
Hisoblash elektron jadvalining dastlabki dasturi 1979 yili Vikicalk (Vikiblencalculatork – ko’rinib turuvchi kalkulyator) nomi bilan Software Artk firmasida yaratilgan. Bu dastur Apple II kompyuteri uchun ishlab chiqilgan va ko’p jihatdan uning bozorda ommabopligi aniqlangan. 1981 yil IBM PC kompyuteri paydo bo’lishi bilan bu tipdagi kompyuterlar uchun elektron jadvallar ishlab chiqila boshlandi. Vikicalk va Kupercalk dasturlarining yangi ko’rinishlari paydo bo’ldi, shu bilan birga Microsoft – Multiplan firmasining birinchi amaliy dasturi paydo bo’ldi va u elektron jadvallar yangi avlodining erkin yulduziga aylandi.
Hisoblashlar natijalarini ko’rgazmaliroq tasvirlash uchun joylashtirilgan grafik rejimlarning paydo bo’lishi bu elektron jadval rivojlanishining navbatdagi qadami bo’ldi. 1983 yil LOTUS firmasining 1-2-3 paketlari chiqib, kutilgandan ham ziyodroq muvaffaqiyatga erishdi. Ammo 1997 yil Microsoft firmasi tomonidan Excel dasturi taqdim etildi, u hozirgi kunda ham o’z sinfida eng quvvatli dastur hisoblanadi.
Bu dastur ixtiyoriy axborotni (matnlar, sonlar, sana va hokazolarni) qayta ishlab chiqish va saqlash imkonini beribgina qolmasdan, balki qilgan ishingizni natijasini bezash, ko’rgazmaliroq ko’rsatish va chop etish imkoniyatini beradi. Bunda Win Word dasturidagi tahrirlash vositalaridan foydalanish mumkin. Excelning ommaviy imkoniyatlarini o’zlashtirish qiyin emas ammo, dasturning murakkabligi va imkoniyatlarning juda kengligi sababli, ular bilan tanishish uzoq vaqt davom etishi mumkin, binobarin aynan ish jarayonida uning yangi – yangi imkoniyatlarini ko’chirish mumkin.
Ishchi varag’i. Ishchi varag’i bilan ishlashning asosiy usullari va tavsifi.
1. Ishchi varag’i – axborotlarni saqlash va qayta ishlab chiqish uchun mo’ljallangan bo’lib, ustun va satrlarga biriktirilgan katakchalar majmuidir. Har bir katakcha o’z nomiga ega ishchi varag’i ustun va satrlar kesishishi orqali topiladigan nomlari bilan beriladi.
1. Excelning ixtiyoriy ob’ekti bilan ishlash quyidagicha bajariladi:
Avval katakcha ajralib olinadi, keyin bu katakcha bilan ishlash uchunuskunalar panrlida tugma yordamida yoki Ctrl+S tugmalarni birgaikda bosish yo’li bilan ishchi kitobini saqlash mumkin.
Agar kitob saqlanmagan bo’lsa, "Saqlash” dialog menyusi chiqadi. Unda fayl nomi maydoniga ishchi stolingiz nomini kiriting yoki dasturda tavsiya etilganini qoldiring. OK tugmasini bosing. Agar "Kitob” oldin saqlangan bo’lsa, muloqot oynasi chiqmaydi. Boshqa nom bilan saqlash uchun Ctrl+K ni bosish, fayl nomini yozish va OK bosish kerak.
Ishchi kitobini yopish – «Fayl» menyusidan «Yopish» buyrug’i. Agar bir necha ishchi kitob ochilgan bo’lsa, u holda fayl menyusida «Hammasini yopish» buyrug’i chiqariladi.
Ishchi kitob varaqlardan iboratdir.
Ishchi kitob 1 dan 255 gacha bo’lgan miqdordagi varaqlardan tashkil topgan. Yangi ishchi kitobi ochilganda, varaq 1, varaq 2,…., deb nomlanuvchi 16 ta varaq bo’ladi. Ishchi kitobi tarkibida varaqlarning quyidagi asosiy ko’rinishlari bo’lishi mumkin:
A) ish varag’i;
B) diogramma varag’i;
C) VISUAL BASIC tipidagi modul varag’i;
D) Muloqotlar varag’i.
Varaqlar nomlari ishchi kitobi oynasining pastki qismidagi darchada chiqadi. Varaqdan varaqqa ko’chirish – «Sichqoncha» kursorini kerakli varaq nomiga keltirib, chap tugmasini bosish bilan bajariladi. Faol varaqning yarligida varaq nomi yarim qalin shrift bilan ajratiladi.
Ishchi varaqlar bilan ishlash uslublari:
A) 1-varaqni joylash «Joylash» menyusida ishchi varaq buyrug’i
Shift+F1 tugmalari.
B) Varaqni o’chirish – 1 – varaq yoki varaqlarni tanlash, o’chiriladigan varaq ustida SHIFT+, agar qo’shni bo’lmagan varaqlar bo’lsa, o’chiriladigan varaqlar ustida Ctrl+ ni bosish kifoya.
"To’g’rilash” menyusidagi varaqni o’chiris buyrug’i.
C) Varaqlarni qayta nomilash.
"Format” menyusida "Varaq” buyrug’ini tanlash, so’ng qayta nomlash, varaq nomi maydoniga yangi nomni yozish, darcha ikki marta "Sichqoncha” tugmasi bilan bosiladi va yangi nom yozib, ENTER ni bosish kerak.
EXCEL Ish joyini tasvirlash. Ishchi kitobi tushunchasi. Ishchi kitobi bilan ishlashning asosiy usulari.
Ish joyining asosiy elementlari.
«Sarlavha paneli» - hujjat nomidan iborat bo’lib, tepadan birinchi panel. «Sarlavha panelida» hujjatning tizimli menyusi tugmasi va uni boshqarish tugmalari mavjud.
Menyular satri – ikkinchi yo’lak menyular ro’yxatidan iborat bo’lib, ularning har biri shaxsiy menyusiga ega.
Menyuni tanlash – «Sichqoncha» kursorini menyular satridagi menyu nomiga jiylab, chap tugmasi bosiladi.
Har bir menyu vazifalari tavsifi:
«Fayl» menyusi – hujjatlarni horil qilish, ochish, saqlash va chop etish
"Udalit yacheyki” – komandasi kerakli yacheykani o’chirish uchun ishlatiladi.
"Ob’edenit yacheyki” – belgilangan yacheykalarni birlashtirish uchun ishlatiladi.
"Videlit stroku” - stolbets, tablitsu, komandalari mos ravishda qatorni belgilash, ustunni belgilash, jadvalni belgilash amallarni bajaradi.
Avtoformat – jadval kataklarini avtomatik ravishda formatlash uchun ishlatiladi.
"Virovnyat visotu strok”, "shirinu stolbsov” komandalari mos ravishda kataklarni balandlik va kenglik bo’yicha tenglashtiradi.
"Preobrazovat v tabltsu” – jadvalni ko’rinishini tanlaydi.
"Sortirovka” – kerakli ustun bo’yicha tartiblash imkonini beradi.
"Formula” – tablitsa ustida matematik amallar bajarishb imkonini beradi.
"Razbit tabltsu” – tablitsani ajratadi.
"Otobrajat setku” – jadvalda setka hosil qilish imkonini beradi.
Exceldan chiqish.
«Tahrir» menyusi – diapazondan vos kechish, o’chirish, nusxa olish, izlash, almashtirish buyruqlari;
«Ko’chirish» menyusi – hujjatlarni namoyish etish, uskunalar paneli va hujjat tasvirining masshtabini sozlash;
«O’rnatish» menyusi – hujjatga katakchalar, varaqlar grafik tasvirlar, va diagrammalar joylash;
«Format» menyusi – ajratilgan ob’ektning tashqi ko’rinishini o’zgartirish;
«Servis» menyusi – Excel vositasi parametrlarini o’zgartirish, hujjat berilganlarining bog’lanishi tahlili;
«Ma’lumotlar» menyusi – varaqdagi axborotni qayta ishlab chiqish buyruqlari;
«Oyna» menyusi – ochiq hujjatlar oynalarining tartiblash va oynani hujjaga ko’chirish;
«?» menyusi - Excel dasturi bilan ishlash haqidagi ma’lumotlarni olish;
Standart 25.08.978 uskunalar paneli – Excelning ko’pchilik eng muhim uskunalarini o’z ichiga oladi. Ixtiyoriy uskunalarni yuklash uskuna belgisida «Sichqoncha»ning chap tugmasini bosish bilan amalga oshiriladi;
Formatlash uskunalar paneli – bunda o’lchamni belgilovchi shrift stilini
o’zgartiruvchi, shrift turini tanlash imkonini beruvchi uskunalar tugmalaridan
tashkil topgan.
Panellar sonini o’zgartirish:
Formulalar paneli – ekranda ajratib olingan katakchada mavjud ma’lumotni chiqarish;
Hujjatning ish varag’i – ustun va satrlarga biriktirilgan katakchalar to’plami;
Hujjat varaqlarining qismlarini ishchi varaqlar orasiga ko’chirish;
Satr va ustunlar sarlavhasi – ishchi varaqlarning ajratilgan ustun va satrlar sarlavhasini chiqaradi;
Vaziyat paneli – ekranning eng pastki yo’lagi bo’lib, joriy joyni ko’rsatib turadi, bundan tashqari biron menyu yoki buyruq tanlanganda, vaziyat qatorida bu buyruq yoki menyu nima ish bajarayotgani haqida ma’lumot hosil bo’ladi
Shu bilqan birga ish joyida vertikal yo’laklar mavjud bo’lib, bu yo’laklarda "kursor” joylashtirilgan. U kursorning yuqori-pastki qismiga ko’chirish va ishchi varag’ining qaysi qismida ishlab turganingizni aniqlash uchun xizmat qiladi.
Microsoft Excel fayli ishchi kitob deyiladi.
Excel yuklangach, avtomatik ravishda yangi ishchi kitobi hosil bo’ladi. Agar Excel yuklangan bo’lsa, u holda uskunalar panelida mos keluvchi ishchi kitob hosil qilish tugmasi yoki Ctrl+N tugmalari birgalikda bosiladi. Agar avval hosil qilingan ishchi kitobini ochish kerak bo’lsa, uskunalar panelidagi mos keluvchi tugma yoki Ctrl+0 tugmalari birgalikda bosiladi va fayllar ro’yxatidan keraklisi tanlanib, OK ni bosiladi.
Vazifaning nomi har doim bosh harflar bilan belgilanadi. Formulada argumentlar sifatida ishlatiluvchi kataklar berilgan qiymatlarning o’zgarishi ma’noning o’zgarishiga olib keladi.
Bu mashg’ulotda ko’proq amaliyotga e’tibor berish lozim. Shuning uchun bir necha amaliy mashg’ulotlar taklif etamiz.
Ish jarayonida kataklar ustida joylashgan formulalarga ahamiyat berish kerak. Avvalgi mavzularda aytilgan hamma operatsiyalar berilganlarkatagi ustida bajariladi (nusxalashtirish, uzatish, formatlash va boshqalar).
Oddiy avtomatlashtirilgan hujjat tuzish bo’yicha
ko’nikmalarga ega bo’lish uchun quyidagi amaliy mashg’ulotlar taklif qilinadi.
Katakchada saqlanishi mumkin bo’lgan ma’lumotlarning turi:
Doimiy qiymatlar (sana, vaqt, puli miqdorlar, foizlar, kasrlar yoki matn) – bu ma’lumotlar katakchaga toki yangi ma’lumotlar kritilmaguncha, o’zgarmaydi. Kasr sonlarni kiritishda ularni "…« lar bilan ajratiladi.
Formulalar (mavjud qiymatlardan doimiy qiymat, katakcha nomlari,
vazifalarni chiqarish ketma – ketligi) – agar ishchi varag’ining rangining
qiymatlari o'zgarsa, formulani hisoblash natijasida chiqadigan qiymat formulani
hisoblash natijasida chiqadigan qiymatlari ham o’zgaradi.
Berilganlarnikatakchadan tahrirlash usuli:
«Sichqoncha»
ning chap tugmasini ikki marta bosish, yangi berilganlarni kiritish, ENTER ni
bosish yoki ishchi varag’i katakchasini ajratib olib, formula satrida bosish,
yangi berilganlarni kiritish, ENTER ni bosish yoki kiritish tugmasini bosish
kerak.
Nusxani katakchaga joylash uchun:
1. Nusxa joylashishi kerak bo’lgan katakcha ajratib olinadi.
2. Katakcha ajratib olinib, "Sichqoncha”ning o’ng tugmasi bosiladi.
3. Katakcha ajratib olinib, Ctrl+V bosiladi.
Katakchalarni ko’chirishda ular almashish
buferiga olinadi va keyin mavjuda katakchalar ustiga joylashtiriladi.
Katakchalarni formatlashda – quyidagi parametrlarni o’zgartirish mumkin:
1. Shrift.
2. Shrift stili.
3. Shrift rangi.
4. Shrift o’lchami.
5. Katakchalardagilarni to’g’rilash.
6. Katakchani tekislash.
7.
Katakchani turli rang va
bezaklar bilan to’ldirish.
Katakchalarni formatlash WORD for WINDOWS da matnlarni formatlash ishiga o’xshaydi.
Katakchalarni tozalashda o’chirish va tozalash buyruqlari orasidagi farqni yaxshi bilishi kerak.
Tozalash amallarini bajarish uchun katakchani ajratish, «Tuzatish» menyusidan tozalash buyrug’ini, keyin «Hammasini tanlash» buyrug’ini (shrift, o’lcham, bezaklar, tekislash, katakchadagi axborot belgilari) yoki katakchada berilganlarni tanlash (faqat berilganlarni va formulalarni), yoki formatlash buyrug’ini amalga oshirish kerak.
Ikkinchi usul – katakchani ajratib olish va DELtugmasini bosish bilan faqat katakchadagilarni tozalash mumkin.
Katakchani o’chirish – katakchani ajratib, «Tuzatish» menyusida «Katakchani
o’chirish» buyrug’ini tanlash lozim.
Katakchalar oralig’i, satr va ustunlar bilan ishlashning asosiy usllari va tavsifi
1. Oraliq ishchi varaqdagi ikki yoki undan ko’p ajratilgan varaqchalardir. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, katakchalar oralig’i bir katakchalar oralig’i bir vaqtning o’zida bir necha katakchalar bilan ishlash imkonini beradi. Bu ishni ancha osonlashtiradi. Oraliqlar yonma-yon bo’lishi yoki bo’lmasligi mumkin. Yonma-yon oraliqlarni hosil qilish uchun birinchi katakcha oralig’ida "Sichqoncha”ning chap tugmasini bosish, kursorni esa oxirgi katakchaga olib borish liozim. Yonma-yon bo’lmagan oraliqlarini hosil qilish uchun esa "Sichqoncha”ning chap tugmasi yordamida birinchi katakcha oralig’i ajratib olinib, Ctrl tugmasi bosiladi. Keyin kerakli yonma-yon bulmagan katakcha ustiga quyiladi. Bu amallarni bekor qilish uchun ishchi varag’ini bo’sh joyiga "Sichqoncha”ni olib borib tugmasini bosish kerak.
2. Katakchalar oralig’i bilan ishlashning asosiy usullari:
Katakchalar
oralig’idagi axborot oralig’larining har bir katakcha bir katakchasida paydo
bo’ladi.
Ma’lumotlarni katakchalarga kiritishuchun katakchalar oralig’ini ajratib, ma’lumotlarni kiritish, so’ngra ENTERni bosish kerak (klaviatyradan kiritilgan ma’lumotlar hamma katakcha oraliqlarida paydo bo’ladi). Ma’lumotlarni formula satri orqali katakchaga kiritish uchun esa klaviaturada terish va formula satrida kiritish lozim. Kiritilganlarni bekor qilish (ENTER bosilgunga qadar) ESC tugmasi bilan amalga oshiriladi. Kiritilganlarni bekor qilish «To’g’rilash» menyusi yoki Ctrl+Z bilan amalga oshiriladi.
Katakchalar oralig’idagi ma’lumotlarni tahrirlash uchun ishchi varag’ida katakchalar oralig’iga ajratilib, yangi ma’lumotlar kiritiladi, so’ngra ENTER bosiladi.
Katakchalarni nusxalash uchun nusxalanishi kerak bo’lgan katakchalarni ajratib, «Tuzatish» menyusidan «Nusxalash» tugmasini bosish kerak.
Katakchalar oralig’ining nusxasini qo’yish uchun:
1. Katakcha oralig’ining nusxasi qo’yiladigan katakchani ajratish, «Tuzatish» menyusida «Ko’yish» buyrug’ini tanlab, yoki
2. Katakchani ajratib, «Qo’yish» buyrug’ini tanlab, «Sichqoncha»ning chap tugmasi bosiladi, yoki
3. Katakchani ajratib, uskunalar panelida «Qo’yish» tugmasi bosiladi, yoki
4. Katakni ajratib, Ctrl+V ni bosiladi.
Klaviaturadan foydalanib, qatorda yoki ustunda
katakni ajratish mumkin, qatorni ajratish uchun SHIFT+SPACEBAR ni bosish,
ustunni ajratish uchun esa Ctrl+ SPACEBAR ni bosish taqozo etiladi.
Mavzu
yuzasidan savollar
1. Ishchi varag’i nima?
2. Ishchi kitobi nima?
3. Ishchi kitob nimalardan iborat?
4. Katakchalarni formatlashda qanday parametrlarni o’zgartirish mumkin?
5. Katakchani nusxalash uchun qanday tartibda ish olib boriladi?
6. Klaviaturadan foydalanib, qatorda yoki ustunda katakni ajratish qanday amalga oshiriladi?