6-dars. Kompyuterning tashqi xotirasi bilan ishlash
Dars maqsadi:
O'quvchilarga disklar,
turlari va xususiyatlari, magnit diskni formatlash, sistemali disklarni hosil
qilishga haqida ma’lumot berish.
Asosiy tushunchalar:
Мagnit disklari, CD,
vinchester, turlari, magnit diskni
formatlash, sistemali disklar.
Mavzuni boshlashga hozirlik:
Informatika va hisoblash
texnikasi asoslari darsligi va plakat tayyorlab qo'yiladi. O'qituvchi tomonidan
kompyuterlar ishga hozirlanadi. Mavjud elektron darslik va elektron
qo'llanmalar kompyuterga yuklab ishchi holatga keltiriladi.
Mavzuni yoritish:
Axborot va ma’lumotlarni yozish hamda ularga bevosita murojaat qilishni amalga oshiruvchi texnologiya kompyuterlarning diskli xotirasini tashkil qiladi. Axborotlarni audio yoki videokassetalarga yozish usullari kabi, kompyuterda axborotlarni magnitlab saqlash texnologiyasi qo'llanilgan. Bunday texnologiya dastlab analog shaklda bo'lgan axborot - tovushni yozish uchun ishlatilgan bo'lsa, keyinchalik raqamli axborotni yozish imkonini ham berdi va kompyuterda qo'llanila boshladi.
Kompyuterlarda tashqi xotira sifatida diametri 133 mm(5,25 dyum) va 89 mm(3,5 dyum)li egiluvchan magnit disk (EMD) qo'llanildi. EMDning o'lchamlari bir hil bo'lsa ham unga axborotni joylashtirishning hajmiy imkoniyati turlicha bo'lishi mumkin. EMD doira shaklidagi plastmassa plastinka bo'lib, yuzasi magnit xususiyatli juda yuqa qatlam bilan qoplangan, ana shu magnit qatlam diskka axborot yozish va o'qish imkonini beradi. Egiluvchan plastinka himoya g'ilofi ichida saqlanadi.
Zamonaviy kompyuterlarda "qattiq” disk ("vinchester”) mavjud. Vinchester kompyuterning ichida joylashgan bo'lib, tashqi xotira vasifasini bajaradi va EMDlarga nisbatan bir necha barobar katta hajmdagi axborotlarni saqlash imkoniyatiga ega.
Diskka axborot yozish va uni o'qish uchin maxsus qurilma – diskyurituvchi (diskovod) ishlatiladi. Diskyurituvchi diskni aylantiruvchi o'qqa, magnit axborot yozuvchi va o'quvchi yagona magnit kallakka ega. Diskyurituvchi ishga tushganda, o'q diskni katta teslikda aylantiradi. Magnit kallak disk g'ilofidagi axborot o'qish va yozish joyi orqali magnit qatlamdagi axborotni o'qiydi va unga axborot yozadi. Disk g'ilofidagi yozishdan himoyalash joyi berkitib qo'yilsa, diskka axborot yozib bo'lmaydi, yani faqat axborot o'qish mumkin bo'ladi. Diskda axborot bitlar (0 yoki 1) ketma-ketligi shaklida saqlanadi. Bu ketma – ketlik aylana shaklidagi maxsus yo'llarga joylashgan. Diskdagi yollar har xil radiusli konsentrik (yagona markazli) aylanalar shaklidadir. Yangi disklarga to'g'ridan-to'g'ri axborot yosib bo'lmaydi, chunki ularda magnit yo'llar mavjud emas. Yo'llarga bo'lishni operatsion sistema bajaradi. Har bir operatsion sistema diskni o'ziga xos ravishda yo'llarga bo'ladi. Bu jarayon formatlash deb ataladi. Formatlash jarayonida disklarda yo'lka va sektorlar hosil bo'ladi. Disklarni formatlash uchun maxsus dasturlar qo'llaniladi. Turli kompyuterlar uchun bu dasturlar turlicha nomlanishi mumkin.
Savol va topshiriqlar
1. Kompyuterda axborotlarni saqlashning qanday texnologiyasi qo'llaniladi?
2. IBM rusumli kompyuterlarda ko'proq qaysi o'lchamdagi EMDlar ishlatiladi?
3. Vinchesterning afzalliklari nimada?
4. Nima uchun EMD formatlanadi?
5. Formatlashga operatsion sistemaning qanday ta’siri bor?
6. Vinchesterni formatlash qanday amalga oshiriladi?
7. Sistemali disk deb nimaga aytiladi va uning vazifasi nimadan iborat?
8. Vinchesterni bo'laklarga ajratish deganda nimani tushunasiz?
9. Vinchesterni bo'laklari qanday nomlanadi?
10. Kerakli axborotlar saqlanayotgan va sistemali bo'lmagan EMDlarni sistemali qilish uchun ularni formatlash zarurmi? Yo'q bo'lsa, sistemali diskka aylantirish uchun nima qilish kerak?
11. Foydalanayotgan kompyuteringizda qanday formatlash dasturlari mavjud va undan foydalanish usullarini tushuntirib bering.