Internetda ma'lumotlarni izlash
Axborot hayotimizda muhim
ahamiyatga ega ekan, uni Internetdan kerakli vaqtda, zarur miqdorda, qisqa vaqt
ichida olib turishimiz kerak bo'ladi. Lekin, Internetdan axborotni qisqa vaqt
ichida olish muammosi ham bor. Bu darsda shu muammoni hal etish usullaridan
birini ko'rib chiqamiz.
Qidiruv tizimlari
Internet - bepoyon axburot
ummoni Axborotlar Internetda millionlab Web-sahifalarda saqlanadi. Bizga
kerakli axborot saqlanadigan Web-sahifani topish uchun uning Internetdagi
adresini bilish zarur. Ammo internet soat sayin yangi axborotlar bilan boyib
boradi. Shuningdek, ba'zi (eskirgan) axborotlar Internet tarmog'idan chiqarib
tashlanadi. Internetdagi ko'p foydalaniladigan Web-sahifalar adreslari maxsus
ma'lumotnomalarda chop etib turiladi. Lekin ulardan to'liq axborot olib
bo'lmaydi. Chunki Internetdagi barcha Web-sahifalar adreslarini chop etish
uchun juda katta hajmli kitob kerak bo'ladi. Bu kitob chop etib tugatilmasidan
Internetdagi bir qancha adreslar o'zgarishi aniq. Bu muammo maxsus Qidiruv
tizimlari yaratilishi bilan osonlikcha hal etildi.
Qidiruv tizimi - maxsus
Web-sahifa bo'lib, Internet tarmog’idan kerakli axborotni izlab topish uchun
xizmat qiladi.
Hozirgi kunga kelib o'nlab
qidiruv tizimlari yaratilgan. Ulardan ko'p qo'llaniladiganlari sifatida
Rambler, Aport, Yahoo, Google larni keltirish mumkin. Har bir qidiruv tizimi
Internet tarmog’ida o'z adresiga ega. Masalan, yuqorida sanab o'tilgan qidiruv
tizimlari mos ravishda www.rambler.ru, www.aport.ru,
www.yahoo.com va www.google.uz adreslarga ega. Qidiruv tizimi Web-brauzer orqali
ishga tushiriladi, ya'ni brauzerning adreslar satriga qidiruv tizimining adresi
kiritiladi. Qidiruv tizimlari (Web-sahifasi) turli ko'rinishga ega bo'lgani bilan
ularning ishlashi deyarli bir xil. Ulardan foydalanishni Rambler qidiruv tizimi
misolida ko'rib chiqamiz.
Qidiruv tizimida ishlash
Ramblerni ishga tushirish
uchun avval Internet Explorerni ishga tushiramiz, Brauzerning adreslar satriga
Rambler qidiruv tizimining adresi - www.rambler.ru
ni kiritib Enter tugmasini bosamiz. Brauzer ma'lumotlar maydoniga Rambler
qidiruv tizimining Web-sahifasi chiqadi:
Avvalambor,
internetdan
qanday
axborotni
izlashni
aniq
bilish
lozim.U biror mavzu bo'yicha maqola, o'yin dasturi, kompyuter qurilmalari drayveri va hokazo bo'lishi mumkin. Agar biror maqola kerak bo'lsa, Rambler qidiruv satriga shu maqola nomi yoki maqolada uchrashi
mumkin bo'lgan so'z yoki jumla, ya'ni kalit so'z kiritilib, qidiruv tugmasi
bosiladi.
Agar biror dasturni topish
kerak bo'lsa, qidiruv satriga shu dastur nomi yoki uning vazifasi kiritiladi.
Masalan, WindowsXP operatsion sistemasi uchun Laserjet 1300 printerining
drayveri kerak bo'lsa, qidiruv satriga "Windows XP uchun Laserjet 1300
drayveri" (драйвер Laserjet 1300 для Windows XP) deb yoziladi. Rambler qidiruv satriga kiritilgan
axborotni Internet tarmog'idagi millionlab hujjatlar ichidan izlaydi) Natijada
Web-brauzer ma'lumotlar maydoniga bir necha (o'nlab yoki yuzlab) hujjatlarning
gipermurojaatli adreslari va ularning qisqacha tavsiflaridan iborat Web-sahifa
chiqadi. Topilgan hujjatlar ichidan keraklisini berilgan qisqa tavsifga ko'ra
aniqlab olinadi.
Izlash vaqtini kamaytirish
uchun kerakli axborotni mavzu bo'yicha izlash mumkin. Buning
uchun Ramblerning
bo'limlar ro'yxatida kerakli bo'lim tanlanadi. Bu ish tanlangan bo'lim nomi
ustiga sichqoncha ko'rsatkichini olib kelib, chap tugmasini bosish orqali
amalga oshiriladi. Shuni
aytish joizki, ro'yxatda umumiy bo'limlar berilgan Masalan, "Sport",
"Yangiliklar", "O'yinlar", "Kinozal" va hokazo.
Bo'lim tanlangach, qidiruv satrida berilgan axborot Intemetning faqat tanlangan
bo'limga tegishli hujjatlari ichidan izlanadi.