Dushanba, 02.12.2024, 12:00
Assalomu alaykum saytimiz mehmonlari!

SehriyoInf.Ucoz.RU

Sayt menyulari
Bo'limlar ro'yhati
Mini chat
So'rovnoma
Saytga baho bering
Barcha javoblar: 572
Statistika

Barcha online: 3
Mehmon: 3
Foydalanuvchilar: 0

15-dars

Kompyuter о'уinlari

 

Avvalgi darsda kompyuter o'yinlari haqida ma'lumot oldingiz. Endi kompyuter o'yinlarining ayrimlari bilan tanishamiz.

«Puzzle» (pazl) o'yini. Bu o'yin mantiqiy о’yinlar turiga кiradi. Unda bo'laklarga ajratilgan rasmni tiklash kerak bo'ladi. Pazl о’yini «Puzzle» fayli orqali ishga tusiriladi. U ishga tushirilgach, ekranda o'yinning zarvarag'i hosil bo'ladi. Unda 12 ta rasm tasvirlangan.

 



Rasmlar sichqoncha yordamida tanlanadi. Rasm tanlangach, ekranga o'yin maydoni chiqadi. Unda «3x3» va «4x4» yozuvli ikkita tugma bo'lib, ular yordan da tanlangan rasm 9 (3x3) yoki 16 (4x4) bo'laklarga bo’linadi. Rasm bo'laklari kvadrat shaklidagi maydonda aralashgan holda joylashadi.

 



Rasm 9 bo'lakka bo'lingan bo'lsin. U holda 9-bo'lak ekranga chiqmaydi. Uning o'rnida bo'sh katak hosil bo'ladi. Bo'sh katak atrofidagi rasm bo'laklaridan birini shu bo'sh katakka siljitish mumkin. Buning uchun sichqoncha ko'rsatkichini shu rasm bo'lagi ustiga olib kelib chap tugmasini bosasiz.

Bunda faqat bo'sh katak yonidagi rasm bo'laklarini vertikal yoki gorizontal yo'nalishda siljitish mumkinligini unutmang. Siljitishning imkoni bo'lmagan rasm bo'lagini siljitishga urinsangiz 1 ball jarima olasiz. Rasmning asl ko'rinishi yodingizdan chiqqan bo'lsa, uni ко’rib olish mumkin. Buning uchun «Rasmni ко'rib olish» tugmasi bosiladi. Rasmning asl ko'rinishi 5 soniya ko'rinib, yana o'chib ketadi. Uni qayta-qayta ko'rish mumkin. Lekin har bir ko'rish uchun 5 balldan jarima olasiz.

«So'z yasash» o'yini. Bu o'yin yordamida so'z boyligingizni sinab ko'rishingiz mumkin. O'yin «Suzuyin» fayli orqali ishga tushiriladi. O'yin zarvarag'ida 4 ta rasm bo'lib, ularning bo’lib sichqoncha yordamida tanlanadi. Natijada 4x4 o'lchamli o'yin maydonida ustiga harflar yozilgan kvadrat shakldagi 15 ta katak hosil bo'ladi.

Harf yozilgan kataklarni Pazl o'yinidagi kabi siljitib so'z yasash kerak. Yasalgan so'zni belgilash uchun uning birinchi harfi yozilgan katak ustiga sichqoncha ko'rsatkichini olib kelib, o'ng tugmasi bosiladi.




Keyin sichqonchani yasalgan so'z narflari yozilgan kataklar bo’ylab siljitiladi. Natijada ushbu kataklar bo'yalib boradi. Sichqoncha ko'rsatkichi so'zning oxirgi harfi yozilgan katak ustiga kelganda yana o'ng tugmasi bosiladi.

So'zni to'g'ri yasagan bo'lsangiz undagi harflar soniga teng ball olasiz. Yasagan so'zlaringiz o'yin maydonining pastki qismidagi oynada aks etib turadi. O'yin qiziqarli bo'lishi uchun o'yin maydo­nining o'ng tomonidagi rasm har 10 ball to'plaganingizda almashib turadi.

Aziz o'quvchilar! Kompyuter o'yini qanchalik qiziqarli bo'lmasin, и bilan me'yoridan ortiq shug'ullanish sog'lig'ingiz uchun zarar keltirishini unutmang!

Sayt muallifi
Saytdan qidirish
Kalendar
«  Dekabr 2024  »
DuSeChPaJuShYa
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031
Arxiv
Ob-havo ma'lumoti
Ob-havo
Block title
Block title
O'zbek bayramlari

Koson 2024