Dushanba, 02.12.2024, 08:58
Assalomu alaykum saytimiz mehmonlari!

SehriyoInf.Ucoz.RU

Sayt menyulari
Bo'limlar ro'yhati
Mini chat
So'rovnoma
Microsoft Office dasturlaridan qaysilarini yaxshi bilasiz?
Barcha javoblar: 806
Statistika

Barcha online: 3
Mehmon: 3
Foydalanuvchilar: 0

7-dars

Axborotlarning kompyuterda tasvirlanishi

 

Ma'lumki, kompyuterlar elektr toki asosida ishlaydi. Kompyuter maxsus qurilmada tokning bor bo'lishini 1 ga teng, aks holda, ya'ni tok bo'lmaganda 0 ga teng axborot deb oladi. Ikkinchi tomondan, axborotlarni kodlash uchun kodlash sistemasi ikkita belgidan iborat bo'lishi yetarli bo’ladi. Endi belgilarni ikkita belgi orqali qanday kodlash mumkinligini ko'rib chiqamiz.

 

Axborotni ikkita belgi yordamida kodlash

Kompyuter raqamlarning o'zini emas, balki shu raqamlarni ifodalovchi signallarni farqlaydi. Bunda raqamlar signalning ikki qiymati bilan (magnitlangan yoki magnitlanmagan; ulangan yoki ulanmagan; ha yoki yo'q va h.k.) ifodalanadi. Bu holatning birinchisini 1 raqami bilan, ikkinchisini esa 0 raqami bilan belgilash qabul qilingan bo'lib, axborotni ikkita belgi yordamida kodlash (qisqacha, ikkilikda kodlash) nomini olgan. Masalan:

A-01000001 H-01001000 M-01001101 T-01010100

В-01000010 К-01001011  О-01001111 U-01010101

D-01000100 I -01001001 R-01010010  Х-01011000

Kompyuterlarda har bir belgiga 0 va 1 belgilarining ketma-ketligidan iborat 8 ta belgi mos qo'yiladi. 8 ta nol va birlarning turli о’rin almashtirishidan foydalanib, turli xildagi belgilarni kodlashimiz mumkin. 0 va 1 dan iborat raqamlar yordamida ularni 8 tadan ajratsak, bu o'rin almashtirishlar soni  ga teng bo'ladi, ya'ni ular yordamida 256 ta harflar, raqamlar, turli boshqa belgilarni kodlash mumkin bo'ladi.

KITOB so'zini quyidagicha kodlash mumkin:

01001011 01001001 01010100 01001111 01000010

Buyruqlarni yoki turli boshqa turdagi axborotlarni kodlash uchun shu tartibda yondashiladi. Biroq, turli rusumdagi kompyuterlar uchun turlicha bo'lishi mumkin. Bu texnikaning xususiyatiga bog'liq bo'lgan holatdir.

Agar ikkilikda kodlangan belgilarni o'n oltilikda kodlamoqchi bo'lsak, tetrada kodlash usulidan foydalanishimiz mumkin. Bu holda sanoq sistemasidagi sonlarni taqqoslash jadvaliga ko'ra 4=0100 va 1=0001 ekanligidan A belgisi kodi o'n oltilikda 41 ga teng bo'ladi. Agar birinchi raqamni ustun, ikkinchi raqamni satr tartib raqami deb olsak yangi jadval hosil qilamiz. Bunda har bir raqam va alifbodagi belgi jahon andozalaridagi kodlash jadvali - ASCII (American Standard Code for Information Interchange) jadvali hosil bo'ladi.

 

 

Grafik axborotni ikkita belgi yordamida kodlash

 

Nol va birlar ketma-ketligi bilan grafik axborotlarni ham kodlash mumkin. Buning uchun quyidagi usuldan foydalaniladi.


Ro'znomadagi rasmga diqqat bilan razm solsangiz, u mayda nuqtalardan (ularni poligrafiya tilida "rastr" deyishadi) tashkil topganligini ko'rasiz. Turli poligrafiya uskunalaridan foydalanganlik bois, bu nuqtalarning zichligi turlicha bo'ladi. Ko'pchilik ro'znomalardagi rasmlarda bir santimetrlik uzunlikda 24 ta nuqta bo'ladi, ya'ni 10 x 10 santimetr o'lchovidagi rasm taxminan 60 ming nuqtadan iborat bo'ladi. Agar bular bir xil darajadagi oq va qora nuqtalardan iborat bo'lsa, u holda ularning har birini 0 yoki 1 qiymatni qabul qiluvchi bitta bit bilan kodlasa bo'ladi. Agar nuqtalar holati har xil bo’lsa, u holda bitta nuqtaga bir bit yetarli bo'lmaydi. Ikki bit bilan nuqtaning to'rt xil rangni: 00 - oq, 01 - och kul rang, 10 - to'q kul rang, 11 - qora rangni kodlash mumkin bo'lsa, uch bit 8 xil rangni, 4 bit 16 xil rangni kodlash imkoniyatini beradi va hokazo.

Kompyuterda rangni ifodalash uchun uch xil - qizil, yashil va ko'k ranglardan foydalaniladi. Bu qurilma RGB modul deb nomlanadi.


 

 

Ovozni ham shu tariqa kodlash mumkin. Musiqaga yozilgan notalar ovozni kodlashning bir turidir. Masalan, nota belgilariga raqamlar mos keltirilib, ovozni bitlar orqali ifodalash ham mumkin.

 

Axborot miqdori va uzatish tezligi

Axborot ham, boshqa ko'pgina tushunchalar (masalan, vaqt, ish, harorat masofa va h.k) kabi o'lchanadi. Ammo uning o'lchov birligi siz bilan matematika yoki fizika kursida tanishgan o'lchov birliklarimizdan farq qiladi.

Axborotni o'lchash uchun unda ishtirok etgan harf, raqam va boshqa belgilar 0 va 1 raqamlaridan iborat kod bilan almashtiriladi. Masalan, 3 raqami - 00000011 kabi; 8 raqami - 00001000 kabi; A harfi - 01000001; m harfi esa - 01101101 kabi ifodalanadi.

Axborotning eng kichik o'lchov birligi sifatida bit qabul qilingan. Bit axborotning raqamli ifodasidagi 0 yoki 1 belgisi bo'lib, ingliz tilidagi "binary digit" so'zlaridan olingan va "ikkilik raqam” degan ma'noni anglatadi. Masalan: 100101101 da 9 ta bit bor, chunki unda 9 ta raqam (0 va 1) ishtirok etmoqda.

Bitdan kattaroq o'lchov birligi sifatida bayt qabul qilingan: 1 bayt = 8 bit. Masalan: 11011011 da 1 bayt axborot bor, chunki unda 8 ta bit (raqam) qatnashmoqda, 1011010100100011 da esa 2 bayt axborot bor, chunki unda 16 ta bit (raqam) qatnashmoqda.

Axborotda qatnashgan har qanday belgi 1 bayt hajmli deb hisoblanadi. Masalan, "B” harfi 1 bayt hajmga ega; "MA” esa 2 bayt hajmli; "MAS” 3 bayt hajmli va h.k.

Baytdan katta o'lehov birligi ham mavjud. U kilobayt (Kbt) deb nomlanadi va  baytga teng:

 

Kilobaytdan katta o'lchov birliklari ham qabul qilingan bo'lib, ular megabayt (Mbt), gigabayt (Gbt), terabayt (Tbt), petabayt (Pbt) kabi belgilangan:

 

Demak, 1 Pbt hajmli axborotda   ta belgi ishtirok etar ekan.

Ma'lumki, axborot ustida uzoq masofaga uzatish amali bajarilishi mumkin. Axborotni kompyuter yordamida uzatish uchun esa sarflanadigan vaqt uning hajmiga bog'liq bo'ladi. Axborotning vaqt birligi ichida uzatilgan miqdori axborotni uzatish tezligi deb ataladi. Axborot uzatish tezligining birligi sifatida bod kiritilgan: 1 bod = 1 bit/1 sekund.

Masalan, 120 megabayt axborot 8 minutda uzatilgan bo'lsin. U holda axborot uzatish tezligini quyidagicha hisoblash mumkin:

120 Mbt/8 minut =122880 Kbt/8 minut = 15360 Kbt/minut = 15728640 bayt/minut = 262144 bayt/sekund = 2097152 bit/sekund = 2097152 bod.

Hozirgi kunda axborot uzatish tezligining birliklari sifatida quyidagilar ishlatiladi:

Kilobayt/sekund, Kilobit/sekund. Megabit/sekund.

Sayt muallifi
Saytdan qidirish
Kalendar
«  Dekabr 2024  »
DuSeChPaJuShYa
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031
Arxiv
Ob-havo ma'lumoti
Ob-havo
Block title
Block title
O'zbek bayramlari

Koson 2024