Word dasturida raqamlar bilan yoki biror ko’rinishdagi belgi (marker) bilan tartiblangan ma’lumotga ro’yhat deyiladi.
Masalan:
1. Abdullayev B. 2. Valiyev I. 3. Sattorova N. 4. Saidova N. |
Olma anor uzum nok |
Ro’yhat hosil qilish uchun Formatlash uskunalar panelidagi Нумерованный список по умолчанию yoki Маркированный список по умолчанию piktogrammalaridan keraklisi bosilsa, 1. yoki marker belgisi chiqadi. Yozuvni kiritib ENTER klavishi bosiladi. Natijada keyingi qatorda 2. yoki marker belgisi avtomatik tarzda chiqadi. Shu yo’sinda ro’yhat davom ettiriladi.
Hu shu amallarni Формат menyusining Список bandi darchasi orqali ham bajarish mumkin.
6.12.1
Jadval
vertikal va gorizotal chiziqlar ya’ni ustun va satrlardan iboratdir. Ustun va satrlarning kesishishidan
katakchalar hosil bo’ladi. Jadvallarda ma’lumotlar shu katakchalarga
kiritiladi.
6.12.2
Jadvalni ustun va satrlar chеgaralagan. Ushbu chеgarani biz sichqoncha yordamida o’zgartirishimiz (siljitishimiz) mumkin. Buning uchun kеrakli chеgaraga chizig’i ustiga sichqonchani olib boramiz, shunda sichqoncha quyidagi ko’rinishlarga o’tishi mumkin.
6.12.3
WORD da jadvallar tuzishning bir nechta usullari mavjud .
1. Uncha katta bo’lmagan jadvallar hosil qilish uchun odatda asboblar panelida joylashgan Jadval qo’shish (добавить таблицу) tugmasidan foydalanamiz.
2. Jadval menyusining (добавить таблицу) bo’lagidan foydalansak ham bo’ladi, bunda yordamchi muloqot oynasida satr va ustunlar soni beriladi.
3. Jadval va chegara (Таблицы и границы) tugmasi yoki Таблица>Добавить таблицу ketma – ketligi jadvalni qo’lda chizish imkonini beradi.
Sichqonchaning chap tugmasini qo’yib yubormasdan , ko’rsatkichni yurg’izib, jadval kattaligini o’zgartirsa bo’ladi.
Yacheykalar ustida amallar bajarish
Hosil qilingan jadval katakchalarini birlashtirish yoki bo’lib tashlash mumkin, bo’ning uchun Jadval menyusining Объеденить ячейки (kataklarni birlashtirish) yoki разбить ячейки (kataklarni bo’lish) bo’yrug’i beriladi. Kursorni bir katakdan ikkinchisiga o’tkazish uchun TAB yoki ko’rsatkichli tugmallardan foydalanamiz.
Jadval bo’yicha harakatlanish uchun quyidagi tugmalardan foydalanishimiz mumkin:
ENTER Yacheykaga yangi abzats kiritish
Shft+Tab satrdagi keyingi yacheykaga kursorni o’tkazish
Alt+Home satrdagi birinchi yacheykaga kursorni o’tkazish
Alt+ PgUp ustundagi birinchi yacheykaga kursorni olib borish
Alt+PgDn ustundagi oxirgi yacheykaga kursorni olib borish
Ctrl+Tab Yacheykaga tabulyatorni qo’yish
Jadval va chegara asboblar paneli.
Jadval va chegara asboblar paneli jadvallar bilan ishlashda juda qulay hisoblanadi. Bu panelni hosil qilish uchun ixtiyoriy asboblar panelida sichqonchaning o’ng tugmasini bosish va hosil bo’lgan darchadan Таблицы и границы bo’limini tanlash kifoya.
Таблицы и границы bo’limi darchasi quyidagi ko’rinishga ega.
6.12.4
Bu asboblar paneli yordamida quyidagi vazifalarni bajarish mumkin:
JADVAL VA CHEGARA (таблицы и границы) panеli
Карандаш - Jadval chiziqlarini sichqon yordamida chizish
Резинка - Jadval chiziqlarini o’chirish
Тип - Chiziq turini (ko’rinishini ) o’zgartirish
Размер линий - Chiziq razmеri (qalinlik darajasi)
Цвет линий - Chiziqlar rangini o’zgartirish
Обрамление - Chеgaralash (jadvalni tashqi va ichki chеgaralarini chеgaralash)
Заливка - Jadval xonalarini bo’yoqlash
Объеденить ячейки - Bir nеcha tanlangan xonalarni jamlash (birlashtirish)
Разбить ячейки - Tanlangan xonani bir nеcha xonalarga bo’lish
Центрировать по верхней грани - Jadval xonasida matnni yuqori qism bo’yicha ростлаш
Центрировать по центру - Jadval xonasida matnni o’rta bo’yicha rostlash
Центрировать по нижней грани - Jadval xonasida matnni pastki qism bo’yicha rostlash
Выровнить высоту строк - Tanlangan satrlarni bo’yini rostlash (bir xil qilish)
Выровнить ширину столбцов - Tanlangan ustunlar enini rostlash (bir xil qilish)
Сортировка - Alfavit bo’yicha ma'lumotlarni saralash
Сортировка - Alfavitga qarshi xolatda ma'lumotlarni saralash
Jadvallarda matnli ma’lumotlardan tashqari raqamli ma’lumotlar bo’lishi ham mumkin, bu ma’lumotlar ustida hisoblash amallarini bajarish uchun jadvalga formulalarni qo’yish mumkin, bo’ning uchun quyidagi buyruqlar ketma–ketligi bajariladi.
Таблица> Формула. Hosil bo’lgan muloqot oynasidan zarur formula tanlanadi va OK tugmasi bilan tasdiqlanadi.