Hujjat matni kiritilib, chop etishga tayyorlangandan so’ng printerda chop etish mumkin. Chop etishdan avval hujjatni qog’ozda joylashishini ko’zdan kechirish kerak bo’ladi. Buning uchun "Fayl” menyusining "prosmotr” buyrug’idan foydalanadi. Bu holatda hujjatdagi barcha ma’lumotlar chop etiladigan ko’rinishda aks ettiriladi.
Hujjatni Chop etishning quyidagi usullari mavjud:
1. Fayl menyusining Pechat buyrug’idan yoki Ctrl+p tugmasidan foydalanadi. Natijada, kompyuter ekraniga quyidagi oyna chiqariladi.
6.16.1
Bu yerda:
Imya-kompyuterga ulangan printerning turi va porti ko’rsatiladi.
Stranitsiy-bu bo’limda butun va undagi ma’lum bir matn qismini Chop etish imkoniyatiga ega.
Pechat fayl-hujjatni *.prn kengaytmali faylga o’tkazish.
Stranitsi-bo’limida: vse (hujjatning hammasini), tekushaya (joriy sahifani) yoki nomera (betlar bo’yicha) ko’rsatilib Chop etishga ruhsat beriladi. Odatda vse bo’limi faol turadi.
Chislo stranis na liste bo’limida 1 betga nechta sahifani joylashtirib Chop etilishi kerakligi ko’rsatiladi. Bu yerda 16 ta betgacha 1 sahifaga joylashtirib Chop etishni ko’rsatish mumkin.
Chislo kopi-Chop qilinayotgan hujjatning nusxalari soni ko’rsatiladi.
Razobrat po kopiyam-hujjatni bir necha nusxada Chop etilganda birinchi nusxa to’liq Chop etilgandan so’ng, 2-chi nusxa 1-chi sahifadan Chop etiladi.
Napechatat-hujjatning kerakli qismlarini Chop etish mumkin.
2. Asboblar panelidagi printer tugmasi yordamida hujjatning barcha sahifalarini bir nusxada Chop etish mumkin. Bunda Chop etishning ba’zi bir tanlash imkoniyatlari mavjud emas.