Dushanba, 02.12.2024, 11:42
Assalomu alaykum saytimiz mehmonlari!

SehriyoInf.Ucoz.RU

Sayt menyulari
Bo'limlar ro'yhati
Mini chat
So'rovnoma
Microsoft Office dasturlaridan qaysilarini yaxshi bilasiz?
Barcha javoblar: 806
Statistika

Barcha online: 8
Mehmon: 8
Foydalanuvchilar: 0

2-amaliy ish

2-amaliy mashg'ulot.

 

Amaliy mashg'ulot mavzusi: Word oynasini sozlash, matnlar va shriftlar bilan ishlash, matnlarni kompyuter xotirasiga saqlash.

Amaliy mashg'ulot tavsifi: Word matn muharririni ishga tushiring va dastur oynasidagi asboblar panellari va lineykalarni olib tashlash va qayta tiklashni mashq qiling. Word matn muharririda 5-6 qatorli matn terib kompyuter xotirasiga saqlang. Xotirada saqlagan faylingizni yana ekranga chiqaring va uni formatlang. (Formatlash deganda matn shriftlarini o'zgartirish, matn chegaralarini to'g'rilash tushiniladi) . Matndan nusxa ko'chirib sarlavxa shriftlari rangini va ularning o'lchamlarini o'zgartiring.

Amaliy mashg'ulotdan kutilayotgan natijalar: Tinglovchilar Word matn muharririda matn yozish, ularni kompyuter xotirasiga saqlash va matnlarni formatlashni bilib oladilar.

Amaliy mashg'ulotni bajarganlarida tinglovchilar quyidagi BKMlarga ega bo'ladilar:

Bilim: Word matn muharririda oyna elementlari, asboblar paneli haqida tushunchaga ega bo'ladilar.

Ko'nikma: Word dasturi oynasini sozlash, matnlarni yozish va fayl ko'rinishida saqlash, shriftlar ko'rinishini o'zgartirish va matn chegaralarini formatlash amallarini bajara oladilar.

Malaka: Word matn muharririda fayllarni qayta ishlay oladilar.

 

Amaliy mashg'ulotni bajarilish tartibi: 

1. "Пуск tugmasi bosiladi, ochilgan menyudan "Все программы (yoki Программы) bandi tanlanadi. Yana menyu ochiladi, undan Microsoft Office va keyingi menyudan- Microsoft Word bandlari tanlanadi. (Buni keyinchalik qisqacha Пуск - Все программы - Microsoft Office - Microsoft Word deb beramiz.). Bunda ekranga yozish uchun qog'oz beriladi. 

2. Menyudan "Вид bandini tanlang.

3. Ochilgan menyudan "Панел инструментов bandini tanlang. 

4. Keyingi menyudan "Стандартная bandini tanlang. Bunda ekrandagi "Меню qatoridan keyingi asboblar paneli o'chadi. 

5. Yana 2-3 qadamlarni qaytaring. Ekrandagi o'chgan qator yana joyiga qaytadi. 

6. Menyudan Vid-Lineyka bandlarini tanlang. Bunda ekrandagi gorizontal lineyka o'chadi. 

7. 6 bandni yana qaytaring. Lineyka joyiga qaytadi. 

8. 5-6 qatorli matnni tering. Albatta matnning sarlavhasini ham yozing. 

9. Menyudan « Файл » - « Сохранить как » bandlarini tanlang. 

10. Ekranga ochilgan « Сохранение документа » oynasining « Имя файла » (Fayl nomi) bo'limiga klaviatura orqali o'z ismingizni tering va oynadagi "Сохранить  tugmasini bosing. 

11. Menyudan « Файл » - « Выход » bandini tanlang yoki sarlavhalar qatorining o'ng tomonida joylashgan x tugmasini bosish orqali matn muharriri ishini tugating. 

12. Пуск - Все программы - Microsoft Office - Microsoft Word banlarini tanlab Word dasturini ishga tushiring. 

13. Menyudan «Файл» -«Открыть» bandlarini tanlasangiz va ekranga "Открытие файла muloqot oynasi chaqadi. 

14. Oynadagi ro'yxatdan ochilishi kerak bo'lgan fayl ustida sichqoncha tugmasini bir marta bosing va oyna quyidagi "Открыт  tugmasini bosing. Ekranga fayl ochiladi. 

15. Matn kursorini sarlavhaning birinchi simvoli oldiga olib kelib sichqonchaning chap tugmasini bosib turgan holda sarlavhaning oxirgi simvoligacha tortiladi va qo'yib yuboriladi. Bunda matn qopa rangga bo'yaladi, ya'ni belgilanadi.  

16. Sichqoncha kursorini asboblar panelining Ж tugmachasiga olib kelib, chap tugmasi bir marta bosiladi. 

17. Sichqoncha kursorini varaqning belgilanmagan yeriga olib kelib, yana bir marta bosiladi (bunda belgilash bekor qilinadi) 

18. Menyudan «Правка» - «Выделить все». (Butun matn belgilanadi) 

19. Asboblar panelidagi ikki tomonni tekislash tugmasini bosing. 

20. Matnning bir qatorini belgilang. 

21. Matndan nusxa olish. Buning bir nechta usuli bor: 

a) Menyudan «Правка» -«Копировать» yoki

b) «Standart asboblar panelidan ikkita qog'oz rasmli tugmachani sichqonchaning chap tugmasi bilan bir marta bosish orqali  

22. Matn kursorini yangi abzatsga keltirish. Buning uchun Enter tugmasini bosish kerak. 

23. Matnning nusxasini qo'yish. Buning ham bir nechta usuli bor

a) menyudan "Правка" - "Вставить" yoki

b) "Standart" asboblar panelidan papka va qog'oz rasmli tugmachani bosish bilan amalga oshiriladi.  Bu tugmani 3 marta bosing. 

24. Birinchi qatordagi yozuv o'lchamini 14 va rangini qizil rangga bo'yang. Buning uchun birinchi qatorni belgilang (15 punkt). 1 - rasmda ko'rsatilgan 1 raqamli tugmani sichqonchaning chap tugmasi bilan bosib, ochilgan ro'yxatdan 14 sonini tanlang va enter tugmasini bosing. Bunda shriftlarning kattaroq bo'lganini ko'rasiz. Shriftlarning rangini o'zgartirish uchun "Rasm chizish" asboblar panelidagi A rasmli tugmacha yonidagi uchburchakni bosing  va kerakli rangni sichqoncha kursorini olib borib tanglang va chap tugmasini bosing. Rang o'zgartirishning ikkinchi usuli: Menyudan «Формат» - «Шрифт» - «Цвет» bandlari tanlanadi.

25. Belgilashni bekor qiling ( 17 punkt). 

26. Shu tarzda qolgan qatorlardagi yozuvlar o'lchamlarini 24, 36, 48 va rangini ko'k, yashil va binafshaga o'zgartiring. 

27. Menyudan «Файл» - «Выход» bandini tanlang yoki sarlavhalar qatorining o'ng tomonida joylashgan x tugmasini bosish orqali matn muharririda ishni tugating . Ekranga chiqqan muloqot oynasida "Да” tugmasini bosing.

Sayt muallifi
Saytdan qidirish
Kalendar
«  Dekabr 2024  »
DuSeChPaJuShYa
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031
Arxiv
Ob-havo ma'lumoti
Ob-havo
Block title
Block title
O'zbek bayramlari

Koson 2024