Kompyuter. Kompyuterning
asosiy qurilmalari - va ularning vazifalari
Insoniyat asrlar davomida
to'plagan bilimlarini kelajak avlod uchun qoldirishga harakat qilib kelgan.
Buning uchun u toshlar va terilarga rasmlar chizgan, biz harflar deb ataydigan
belgilar va qog'oz o'ylab topib, ular yordamida bitiklar yozgan.
Ajdodlarimizdan bizga qadar
minglab qo'lyozmalar va kitoblar yetib kelganini siz yaxshi bilasiz. Ularni
saqlash uchun juda katta kutubxonalar kerak.
Avvallari kam nusxadagi
qo'lyozmalar va kitoblardan foydalanish uchun oylab, yillab navbat kutishga
to'g'ri kelardi. Ba'zan, chet mamlakatlar kutubxonalaridagi Kitob yoki qo'lyozmalarni
olishning umuman imkoniyati bo'lmagan.
Texnikaning rivojlanishi
natijasida bu kabi muammolar hal bo'ldi. Hozirgi kunda kompyuterlar
asosida tashkil etilgan Internet orqali dunyoning istalgan
nuqtasidagi kutubxonadan kerakli kitob yoki qo'lyozmalar nusxasini
olish, yangi kitob va maqolalarni o'qish, filmlarni ko'rish, biror joyga xat
jo'natish va boshqa zarur ishlarni amalga oshirsh mumkin. Umuman olganda,
kompyuter imkoniyatlarini birma-bir sanab chiqish qiyin.
Demak, inson tafakkurining mahsuli bo'lgan kompyuter juda
kerakli mashina ekan. Shuning uchun bu fanni qunt bilan chuqur o'rganish lozim.
Kompyuter qanday tuzilgan
Kompyuter ko'rinishidan uch
asosiy bo'lakdan iborat:
Monitor deb ataluvchi qurilma televizor ekraniga o'xshash
vazifani bajaradi, ya'ni chizilayotgan rasm, yozilayotgan harflar,
ko'rilayotgan film unda namoyon bo'ladi.
Monitor har xil
ko'rinishlarda bo'lishi mumkin:
Klaviatura ustiga harf, son
va boshqa belgilar yozilgan. Uning yordamida kompyuterga turli ma'lumot va
buyruqlar kiritiladi.
Sistema bloki himoya g'ilofiga
o'ralgan elektron sxemalar va qurilmalardan iborat. Elektron sxemalar yaxlit
asosga yig’igan bo'lib, asosiy plata deyiladi. Asosiy plataga
kompyuterning boshqa qurilmalarini ulash mumkin.
Kompyuterning eng asosiy
xususiyatini asosiу platada joylashgan
protsessor
deb ataluvchi elektron sxema belgilaydi. U kompyuterning barcha qurilmalari
ishini boshqaradi. Protsessorning turiga qarab kompyuterga baho beriladi.
Masalan. Intel Pentium 4 protsessori hozircha eng kuchli
protsessor hisoblanadi.
Ma'lumotlar qanday saqlanadi?
Biz ma'lumotlarni (kino, klip, qo'shiq, musiqa, rasmlar, hikoyalar, referatlar) daftarlar, kitoblar, magnit tasmalar va boshqa vositalar yordamida uzoq vaqt saqlay olamiz. Kompyuterda ham ma'lumotlarni uzoq vaqt saqlab qo'yish imkoniyati bor. Buning uchun asosan magnit disklar va kompakt disklar ishlatiladi. Magnit disklarning qattiq va egiluvchan turlari bor.
Qattiq disklar vinchester
deb atalib, odatda u sistema blokida joylashtiriladi. Egiluvchan disklar
disket deb atalib, asosan bir kompyuterdan boshqasiga
ma'lumotlarni ko'chirish uchun ishlatiladi. Disketlarga ma'lumot yozish va
undagi ma'lumotni o'qish diskyuritgich (diskovod) qurilmasi
yordamida amalga oshiriladi.
Vinchesterlarda disketlarga
nisbatan bir necha ming marta ko'p ma'lumot Kompakt disklardagi ma'lumotlarni
o'qish uchun CD-ROM qurilmasi ishlatiladi.
Vinchester, kompakt disk va disketlardagi ma'lumotlar
kompyuter elektr manbasidan uzilgan holda ham saqlanib qoladi. Shu sababli
ularni umumiy nom bila kompyuterning tashqi xotirasi deb ataymiz.
Kompyuterning yana qanday qurilmalari bor?
Kompyuterni qulay usulda
boshqarish, ba'zi ishlarni osongina bajarish uchun «sichqoncha»
deb ataluvchi qurilmani qo'llash mumkin. Odatda, sichqonchadagi chap tugma
tanlash yoki buyruq berish, o'ng tugma yordamchi amallаг ro'yxatini ochish uchun ishlatiladi. Bu ro'yxat kontekst-menyu
deb ataladi.
Kompyuterda tayyorlangan
rasmlar va matnlar (hikoya, referat va boshqalar)ni «printer»
deb ataluvchi qurilma yordamida qog'ozga chop etish mumkin.
Kompyuter qanday
ishga tushiriladi?
Odatda kompyuterni ishga
tushirish quyidagi ketma-ketlikda amalga oshiriladi:
·
kompyuter elektr manbayiga ulanadi;
·
kompyuterning sistema blokidagi «Power» tugmachasi
bosiladi;
·
monitor alohida ishga tushiriladigan bo'lsa,
monitordagi «Power» tugmachasi bosiladi.
Esda tuting. Kompyuterlarni
ishga tushirayotganingizda elektr tokidan nihoyatda ehtiyot bo'ling.