Kompyuterdagi kalkulyatordan foydalanish
Hisob-kitob ishlarini
bajarishda kompyuter insonga juda yaxshi yordamchidir. Hozirgi kunda
hisob-kitoblarni bajarishga yo'naltirilgan ko'plab maxsus dasturlar ishlab
chiqarilgan. «Kalkulyator» dasturi shular jumlasidan bo'lib, u oddiy
kalkulyatorning vizual (ko'rinishli) nusxasidan foydalanish imkoniyatini
beradi.
Kalkulvator qanday ishga tushiriladi?
Windows
kalkulyatorini sichqoncha yordamida ishga tushurish quyidagi ketma-ketlikda
amalga oshiriladi (rasmga qarang):
1. Pusk tugmasi tanlanadi.
2. Pusk menyusi
ro'yxatidan Programmalar (Программы) bo'limi tanlanadi.
3. Programmalar bo'limidan Standartniye (Стандартные) bo'limi tanlanadi.
4. Standartniye
bo'limidan Kalkulyator (Калькулятор) bo'limi tanlanadi.
Natijada Windows ish stolida
quyidagi ko'rinishdagi kalkulyator namoyon bo'ladi. Ko'rib turganingizdek, bu
kalkulyator ko'rinishi oddiy kalkulyatordan farq qilmaydi.
Kalkulyator qanday
tashkil etilgan?
Kalkulyatorda sarlavha satri,
menyular satri, sonlarni aks ettirish ekranchasi va quyidagilar
bor:
1)
raqamlar yozilgan
tugmachalar;
«+» - qo'shish, «-» - ayirish, «x» - ko'paytirish, «/» - bo'lish;
3) boshqa amallar:
«sqrt» - kvadrat
ildiz chiqarish, «%» - foiz hisoblash, «l/х» - teskari sonni
hisoblash, «+/-» - son ishorasini almashtirish, «,» - sonni butun va kasr
qismga ajratish, «=» amalni bajarish;
4)
xotira bilan
ishlash amallari:
«MR» - xotiradan ekranchaga chaqirish, «МС» - xotirani tozalash (xotiradagi sonni o'chirish), «MS» - ekranchadagi sonni xotiraga yozish, «М+» - ekranchadagi sonni
xotiradagi songa qo'shish;
5)
o'chirish
tugmachalari:
«Backspace» -
ekranchadagi oxirgi raqamni o'chirish, «СЕ» - ekranchadagi oxirgi sonni
o'chirish, «С» - bajarilayotgan barcha amallarni va ekranchadagi sonni
o'chirish.
Kalkulyatorda amallar qanday bajariladi?
Kalkulyatorning menyular satri quyidagi 3 ta menyudan iborat:
Tahrir |
Ko'rinish |
Ma'lumot |
(Правка) |
(Вид) |
Справка) |
Tahrir
menyusi sichqonchaning chap tugmasini bir marta bosish yordamida ochiladi. U
Nusxalash (Копировать) va Joylashtirish (Вставить) amallaridan iborat.
Amallar yonida, mos
ravishda, Ctrl+C va Ctrl+V tezkor klavishalar
juftligi ko'rsatilgan. Klavishlar juftligidan qanday foydalanishni avvalgi darslarda
ko'rib o'tilgan.
Ko'rinish
menyusi kalkulyatorning Oddiy (Обычный) va Muhandislik (Инженерный) ko'rinishlaridan
birini tanlash imkonini beradi.
Odatda, sondagi
raqamlarni guruhlarga ajratish sonning qiymatini aniqlash uchun qulay bo'ladi.
Ko'rinish menyusining Guruhlardagi raqamlar soni (Количество цифр в группе) amali shu imkoniyatni berish
uchun kiritilgan.
Ma'lumot menyusi
yordamida kalkulyatorning barcha imkoniyatlari, qanday ishlatilishi va kim
tomonidan ishlab chiqarilganligi haqidagi ma'lumotlarni olish mumkin.
Quyida sichqoncha
va yordamchi klavishlar orqali kalkulyatorni ishlatishga doir misollar
keltirilgan. Bunda Num Luck indikatori yonib turgan
bo'lishi lozim.
Hisoblang: 59*4 +
114/3. Hisoblashni bajarish uchun:
1) klavishlar yordamida 59 yoziladi;
2)
«*» klavishi bosiladi yoki sichqoncha yordamida «*»
amali tanlanadi
3) klavishalar yordamida 4
yoziladi
4) ko'paytmani
hisoblash uchun Enter klavishi bosiladi yoki
sichqoncha yordamida «=» amali tanlanadi;
5) ekranchadagi sonni
xotiraga yozish uchun sichqoncha yordamida «MS» amali tanlanadi;
6) klavishlar yordamida 114
yoziladi;
7) «/» klavishi
bosiladi yoki sichqoncha yordamida «/» amali tanlanadi;
8)
klavishlar yordamida 3 yoziladi;
9) bo'linmani
hisoblash uchun Enter klavishi bosiladi yoki
sichqoncha yordamida «=» amali tanlanadi;
10)
ekranchadagi sonni xotiradagi songa qo'shish uchun
sichqoncha yordamida «М+» amali tanlanadi;
11)
natijani ekranchaga chiqarish uchun sichqoncha
yordamida «MR» amali tanlanadi.