Internetda ishlashni ta'minlovchi dasturlar
Internet - axborotlar
ummoni. Undan siz istalgan mavzuga oid xohlagancha ma'lumot olishingiz mumkin.
Lekin internetga kirish, undan kerakli ma’lumotlarni olish qanday amalga
oshiriladi? Ushbu darsda internetda ishlash imkonini beruvchi dasturiy
vositalar bilan tanishasiz.
Web-brauzerlar
Siz avvalgi sinflarda bir
nechta amaliy dasturlar bilan tanishdingiz. Masalan, Word - matn, Paint -
grafik ko'rinishdagi axborotlar bilan ishlashga, Kalkulyator esa hisob-kitob
ishlarini bajarishga mo'ljallangan dasturlar edi. Xuddi shunday, Internetning
WWW xizmatidan foydalanish uchun ham maxsus dasturlar ishlab chiqilgan. Ular
Web-brauzerlar (Browser) deb ataladi. Browser inglizcha so'z bo'lib, ko'rishni
ta'minlash, ko'rsatish ma'nosini anglatadi. Birinchi Web-brauzer 1990-yil CERN
(Yevгора Yadroviy Tadqiqotlar Kengashi) xodimi Tim Berners Li
tomonidan ishlab chiqilgan.
Hozirgi kungacha juda ko'p
Web-brauzerlar ishlab chiqarilgan. Mosaic, Opera, AdWiper, Netscape Navigator,
Netscape Communicator, Microsoft Internet Explorer va Power Brovser -shular
jumlasidandir. Shulardan eng ko'p foydalaniladigani Netscape Communicator va
Microsoft Internet Explorerdir Microsoft firmasining Internet Explorer
dasturini Windows operatsion sistemasi tarkibiga kiritganligi bu brauzerning
keng tarqalishiga sabab bo'ldi. Shuning uchun Microsoft Internet Explorer
dasturi asosida brauzerlarning vazifalari va imkoniyatlari bilan tanishamiz.
Web-brauzerlarning asosiy vazifalari quyidagilardan
iborat:
·
Web-sahilalarni
xotiraga yuklash va ko'rish;
·
Web-sahifani
diskka yozib qo'yish (saqlash);
·
WWW
dagi adresi bo'yicha Web-sahifani chaqirish.
Internet Explorer dasturi
interfeysi
Internet Explorer dasturi
quyidagi usullarda ishga tushiriladi:
·
Masalalar
panelidagi piktogrammasi yordamida;
·
Windows
ish stolidagi fayl belgisi yordamida;
·
Quyidagi
ketma-ketlikdagi buyruqlarni bajarish orqali amalga oshiriladi:
Internet Explorer dasturida
ishni tugallash uchun X piktogrammasini yoki
fayl menyusining Закрыть - ya'ni yopish buyrug'ini tanlash yoki [Alt]+|F4|
tugmalarini birga bosish yetarli.
Internet Explorer kompyuterga yuklanganda quyidagi ko'rinishdagi oyna ochiladi:
Sarlavha satrida dastur
(Microsoft Internet Explorer) hamda joriy hujjat nomi aks etib turadi.
Menyular
satri quyidagilardan iborat:
Har bir menyu ma'lum
amallarni bajarishga mo’ljallangan buyruq va ko'rsatmalar majmuyidan iborat.
Ularning asosiylarini ko'rib chiqamiz.
Fayl menyusi orqali asosan
Web-sahifani ochish (kompyuter xotirasiga yuklash), uni o'z nomi yoki boshqa
nom bilan saqlab qo'yish, Web-sahifani qog'ozga chop etish, dasturdan chiqish
ishlari amalga oshiriladi.
Tahrir menyusi yordamida
qirqib olish, nusxa olish, joy lash tirish, izlash kabi amallarni bajarish mumkin.
Ko'rinish menyusi tarkibiga
usosan, dasturning ekrandagi ko'rinishiga ta'sir etuvchi (uskunalar paneli,
adreslar satri, holat satrini ekrandan olib qo'yish yoki joyiga qaytarib
qo'yish, shrift o'lchami va kodlash usulini o'zgartirish) amallar kiradi.
Tanlangan menyusiga kirgan
amallar yordamida asosan, o'zingizga yoqqan yoki ko'p foydalanadigan
Web-sahifalarni saqlab qo'yish, ularga yangilarini qo'shish, tartiblash
ishlarini bajarish mumkin.
Servis menyusi dastur
xususiyatlanni sozlash (dastur ishga tushirilganda avtomatik yuklanadigan
Web-sahifani tanlash, Web-sahifadagi audio, video va animatsiyalarini
ko'rsatish yoki ko'rsatmaslik va hokazo) uchun mo'ljallangan.
Ma'lumot menyusi yordamida
Microsoft Internet Explorer dasturidan foydalanish haqida ma'lumot olish
mumkin.
Internet Explorer
dasturining uskunalar paneli
Menyular tarkibiga kirgan
amallarning ba'zilari kam qo'llanilsa, ba'zilari tez-tez qo'llaniladi. Ko'p
qo'llaniladigan amallarni bajarishni osonlashtirish maqsadida dasturda
uskunalar paneli tashkil etilgan. Uskunalar paneli tugmalar majmuidan iborat
bo'lib, har bir tugma ma'lum amalni bajaradi.
Uskunalar paneliga yangi
amallar kiritish yoki undagi ixtiyoriy amalni olib tashlash mumkin. Quyida
uskunalar paneliga kirgan asosiy amallar keltirilgan:
Bu amallar odatda Internet
Explorer menyulariga deyarli murojaat qilmasdan ishlashni ta'minlaydi.
Internet Explorer dasturi ishlash uchun qulay bo'lib,
oson o'zlashtiriladi. Chunki bu dastur yordamida asosan Internet tarmog'idagi
Web-sahifa ochiladi va zarur bo'lsa, qog'ozga chop etiladi yoki diskda saqlab
qo'yiladi.
Internet tarmog'idagi
Web-sahifani ochish uchun Internet Explorerning adreslar satriga kerakli
Web-sahifa adresini yozib, ENTER tugmasini bosish kifoya. Masalan, adreslar satriga
www.rambler.ru deb yozib, ENTER tugmasini
bossak, bir necha soniyadan keyin ma'lumotlar oynasida rambler.ru Web-sahifasi
paydo bo'ladi. Xuddi shunday ketma-ket bir nechta Web-sahifani ochish mumkin.
Uskunalar panelidagi "orqaga" va "oldinga" amallari
yordamida ochilgan Web-sahifalar bo'ylab harakatlanish, ya'ni oldingi yoki
keyingi ochilgan Web-sahifaga o'tish mumkin. Web-sahifaning hajmiga qarab,
uning ochilishiga bir necha soniyadan bir necha daqiqagacha vaqt sarflanishi
mumkin. Web-sahifa ochilish jarayonida uning qismlari
ekranda asta-sekin kо’rinib boradi. Agar shu vaqtda uskunalar panelidagi
"To'xtatish" tugmasini bossangiz. Web-sahifani internetdan qabul
qilish to'xtatiladi va ma'lumotlar oynasida mazkur Web-sahifaning o'qib
ulgurilgan qismi qoladi.
Ma'lumotlar oynasidagi
Web-sahifani qog'ozga chop etish uchun uskunalar panelidagi "chop
etish"' tugmasi bosiladi. Tez-tez murojaat qilib turiladigan
Web-sahifalarni "Tanlangan" papkasiga qo'shib qo'yish mumkin. Buning
uchun uskunalar panelidagi "tanlangan" tugmasi bosiladi.
Hosil bo'lgan
"Tanlangan" oynasidagi "Qo'shish..." Добавить...) tugmasi bosilsa, ekranga "Tanlanganlarga
qo'shib qo'yish" (Добавление в избранное) lavhasi chiqadi. Bu lavhadagi "Ok"
tugmasi bosilsa, ko'rsatilgan Web-sahifa "Tanlangan" papkasiga
qo'shib qo'yiladi. Keyinchalik "Tanlangan" papkasiga kirganda, undagi
Web-sahifalar ro'yhatida mazkur Web-sahifa nomini ko'rish mumkin. Endi bu
Web-sahifani chiqarish uchun uning ro'yxatdagi nomini tanlash kifoya.