Dushanba, 02.12.2024, 11:54
Assalomu alaykum saytimiz mehmonlari!

SehriyoInf.Ucoz.RU

Sayt menyulari
Bo'limlar ro'yhati
Mini chat
So'rovnoma
Microsoft Office dasturlaridan qaysilarini yaxshi bilasiz?
Barcha javoblar: 806
Statistika

Barcha online: 4
Mehmon: 4
Foydalanuvchilar: 0

Operatsion sistema tushunchasi

3-dars. Operatsion sistema tushunchasi. 

Dars maqsadi:

O‘quvchilarga operatsion sistema va uning vazifalari haqida ma’lumot berish. Operatsion sistemaning tashkil etuvchi dasturlar bilan tanishtirish. 

Asosiy tushunchalar:

Dasturiy ta’minot va uning turlari, operatsion sistema va uning vazifalari, operatsion sistemaning tashkil etuvchi dasturlar. 

Mavzuni boshlashga hozirlik:

Informatika va hisoblash texnikasi asoslari darsligi va plakat tayyorlab qo‘yiladi. O‘qituvchi tomonidan kompyuterlar ishga hozirlanadi. Mavjud elektron darslik va elektron qo‘llanmalar kompyuterga yuklab ishchi holatga keltiriladi. 

Mavzuni yoritish:

Kompyuterdan foydalanuvchilar o‘z masalalarini to‘liq hal qilishlari uchun kompyuterdan ko‘proq imkoniyat talab qiladilar va bu muammoni hal qilish uchun, odatda, turli dasturlar yoki ularning majmuasidan foydalanadilar. Har qanday kompyuter o‘zidan-o‘zi ish holatiga kelmaydi. Uni ish holatiga keltirish va qurilmalarni boshqarish uchun maxsus dasturiy ta’minot yoki, boshqacha qilib ayitganda, operatsion sistema lozim.

Demak, kompyuter ishga tushurilgach, uning qurilmalari bilan bir vaqtda maxsus dastur ishga tushadi. Mazkur dastur foydalanuvchi bilan kompyuter o‘rtasidagi muloqotni ta’minlaydi. Shuningdek, operatsion sistema kompyuterning barcha qurilmalarini boshqarish imkonini beradi.

Operatsion sistema quyidagi vazifalarni amalga oshiradi:

Vinchester yoki disketalardan tanlangan dasturni tezkor xotiraga yuklaydi va bajarilishini ta’minlaydi. Dastur bajarilgach, tezkor xotirani "tozalaydi”. Navbatdagi tanlangan dastur bilan ham shu ishlarni amalga oshiradi. Axborotlarni vinchesterdan diskka yoki aksincha, diskdan diskka ko‘chirish kabi turli servis xizmatlarni amalga oshiradi.

         Shuni aytib o‘tish lozimki, kompyuterlarning texnik holatiga ko‘ra, ulardagi operatsion sistemalar turlicha bo‘ladi, ammo ularning asosiy vazifasi yagonadir. Bu - ichki va tashqi qurilmalarning birgalikda mutanosib ishlashini ta’minlashdan iborat.

         Kompyuterning "dasturli ta’minot”, "texnik ta’minot” va "operatsion sistema”lari   orasida uzviy bog‘liqlik mavjudligini darslikda korib o‘tilgan.

Operatsion sistema bajaradigan vazifasidan qat’iy nazar ishonchlilik, himoyalash, samaradorlik va qulaylik kabi sifatlarga ega bo‘lshi zarurdir.

Operatsion sistema ishlab chiqarilish tarixi bilan qisqacha tanishtiramiz. Dastlabki "operatsion sistema” 1940 yilning oxirlarida ishlab chiqarildi. U  axborotni xotiraga kiritish va xotiradan o‘qish uchun oddiy amallar yig‘indisi sifatida tashkil etildi. Keyinchalik, ya’ni, 50-yillarning o‘rtalarida, "operatsion sistema” dasturchilar ishlab chiqargan dasturlarni jamlash va resurslarga taqsimlash  uchun xizmat qilgan bo‘lsa, 60- yillarning boshlarida vaqtni dasturlarga ketma-ket taqsimlashga asoslangan dastlabki "operatsion sistemalar” paydo bo‘ldi. Bu holda bitta kompyuterdan bir vaqtda bir necha kishi foydalanish imkoniyatini berdi. Bunday tizimlarda markaziy protsessor foydalanuvchilarda protsessorda faqat ularning dasturlari bajarilayotgandek tasavvur paydo qilib, boshqarish bir dasturdan ikkinchisiga tezlik bilan o‘ta oladigan darajaga yetkazildi. Shu kabi tizimlarni yaratish chog‘ida protsessor ishida vaqtning bolinishi, ko‘plab foydalanuvchilar dasturlari o‘rtasida xotira va boshqa turli resurslarni taqsimlash bilan aloqador muammolar yuzaga chiqdi. Bu mammolarni hal etish parallel jarayonlarni bir maromda amalga oshirishni ham qo‘shilgan tarzdagi virtual xotira, axborotlarni kiritish va chiqarish bilan bog‘liq bo‘lgan qator muhim yangiliklarga olib keldi.

Hozirgi kunda turli xil operatsion sistemalar mavjud. Siz darslikdan  MS DOS  operatsion sistemasi va uning asosiy qismlari hamda WINDOWS operatsion sistemasi haqida ma’lumot oldingiz.

IBM firmasi va MICROSOFT (Pol Allen va Bill Geyts) firmasi kompyuterlarida 1981 yildan boshlab MS-DOS operatsion sistemasi qo‘llanilib kelinmoqda.  MS-DOS operatsion sistemasini takomillashtirib borib 1995 yilgacha  MS-DOS 1.0 dan to MS-DOS 6.22 gacha bo‘lgan avlod (versiya)lari yaratildi. Foydalanuvchilarga qulaylik yaratish maqsadida amerikalik dasturchi Piter Norton tomonidan Norton Commander qobiq dasturi yaratildi. Bu qobiq dasturdan MS-DOS operatsion sistemasi asosida ishlaydigan juda ko‘p kompyuterlarda foydalanib kelindi. Operatsion sistemalarning turi ko‘p bo‘lib, quyidagilarni misol qilish mumkin: CP/M, MS DOS, PC DOS, DRD DOS, OS/2, LINUX, WARP, WINDOWS, UNIX, MACHINTOSH.

Operatsion sistemaning bir nechta turlari mavjud bo‘lib, ular jumlasiga quyidagilar kiradi:

  • MS-DOS    -16  razryadli mikroprotsessorlar uchun;
  • CP/M –  8  razryadli mikroprotsessorlar uchun;
  • UNIX –  32  razryadli mikroprotsessorlar uchun;
  • Windows 95, 97,…, XP –  32  razryadli mikroprotsessorlar uchun.

Operatsion sistemalar orasida Digital Research kompaniyasi prezidenti Geri Kildel tomonidan yaratilgan CP/M (Control Programm for Microcomputers)– shaxsiy kompyuterlar uchun ishlab chiqarilganlarining dastlabkisidir. U 1974 yilda 8 razryadli kompyuterlarga ko‘plab o‘rnatilgan va katta hajmdagi dasturiy ta’minot uchun tuzilgan. Masalan, Beysik, Paskal, Si, Kobol, Ada tillari translyatorlari, matnli, grafikli va jadvalli paketlar uchun mo‘ljallangan.

UNIX  operatsion sistemasi tarmoqda ishlash uchun tuzilgan. UNIX  operatsion sistemasida bitta kompyuter boshqaruvchi qolganlari unga tobe bo‘ladi.

Operatsion sistema odatda kompyuterning tashqi hotirasi – diskda saqlanadi. Kompyuter ishga tushirilganda u kompyuterning tezkor xotirasiga o‘qiladi. Bu jaroyon operatsion sistemani yuklanishi deyiladi.

Operatsion sistema  quyidagi asosiy qismlardan iborat:

  • ma‘lumotlarni xotiraga  kiritish va chiqarish dasturi (BIOS nomi bilan ifodalangan);
  • operatsion sistemani faollashtiruvchi dastur (Boot Record);
  • ma‘lumotlarni kiritish-chiqarish sistemasini kengaytirish  moduli;
  • amallar bajarishda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan uzilishlarni tahlil qilish moduli;
  • buyruq protsessori.

 

Shunday qilib, operatsion sistemalar kompyuter dasturlari orasida eng murakkabi bo‘libgina qolmay, ular kompyuterni nafaqat amal bajarishga, balki o‘zi bajarayotgan ishlarni ham nazorat qilishga majbur etadi. Bunday dasturlar bizning vazifalarimizni bajarish uchun emas, balki bizning ko‘rsatmalarimizni bajarishda kompyuter qurilmalarida biror kamchilik, muammo yuzaga kelmasligi uchun ishlab chiqariladi va qo‘llaniladi.

 

Savol va topshiriqlar

1.     Operatsion sistemalarning ahamiyati haqida so‘zlab bering.

2.     Operatsion sistemaning qanday turlarini bilasiz?

3.     Operatsion sistemaning asosiy vazifasi nimadan iborat ?

4.     Operatsion sistemaning qanday sifatlarini bilasiz?

5.     Dastlabki operatsion sistema qachon ishlab chiqarilgan?

6.     DOS va MS DOS operatsion sistemalari bir-biridan farqlanadimi? Izohlang.

7.     Boshqaruvchi ("yordamchi”) dasturlar majmui haqida so‘zlab bering?

8.     DOS ning asosiy vazifalari qanday?

9.     DOS asosan qanday qismlardan iborat?

10.                       MS DOS operatsion sistemasini tashkil etuvchi fayllar qanday nomlangan?

11.                       Buyruq protsessori haqida ma’lumot bering.

12.                       Operatsion sistemaning qanday ichki va tashqi buyruqlarini bilasiz? Uning vazifalarini tushuntirib bering.

13.                       Qobiq dasturlar haqida ma’lumot bering.

14.                       WINDOWS operatsion sistemasi qachon ishlab chiqarildi va uning MS DOS dan afzalligi nimada?

15.                       WINDOWS 3.0  nima uchin  operatsion sistema emas, balki grafik muxit sifatida qabil qilingan?

Sayt muallifi
Saytdan qidirish
Kalendar
«  Dekabr 2024  »
DuSeChPaJuShYa
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031
Arxiv
Ob-havo ma'lumoti
Ob-havo
Block title
Block title
O'zbek bayramlari

Koson 2024