10-dars. "Mening kompyuterim” sistema katalogi
Kompyuterda ma'lumot saqlashning 3 xil turdagi vositalari mavjud:
- Magnitli ma'lumot saqlash vositalari - qattiq disk (vinchester), strimmer, yumshoq magnitli disketalar;
- Optik ma'lumot saqlash vositalari - CD va DVD kompakt disklar va ular bilan ishlaydigan qurilmalar;
- Magnito-optik qurilmalar - ZIP, JAZ va boshqa turdagi vositalar.
Kompyuterdagi barcha ma'lumot va dasturlar qattiq disk - "vinchester"da saqlanadi. U sistema bloki ichiga mustahkam o'rnatilgan bo'lib, uni bitta joydan ikkinchi joyga olib yurish tavsiya qilinmaydi.
Agarda ma'lumotlarni boshqa joyga ko'chirish kerak bo'lsa quyidagi usullar yordamida bu vazifani amalga oshirish mumkin:
- Lokal tarmoq orqali;
- Modem orqali;
- Elektron pochta yordamida;
- Kompyuterda CD-RW yoki DVD-RW qurilmasi o'rnatilgan bo'lsa, CD-R, CD-RW, DVD-R, DVD-RW disklariga yozish yo'li bilan;
- Kompyuterda disk yuritgich o'rnatilgan bo'lsa, magnit disketalar yordamida;
- Kompyuterda USB bog'lami ishlaydigan bo'lsa, maxsus vosita "Flash" xotira yordamida.
1. Disketa bilan ishlash: formatlash, fayl yozish, ochish, o'chirish, ko'chirish
Shaxsiy kompyuter ishlab chiqarilganidan boshlab, to hozirgi kunga qadar ma'lumotlarni saqlash va boshqa joyga ko'chirish yoki olib borishning eng ommabop vositasi disketalar edi va ular hozirgi kunda ma'lumotlarni saqlash va almashishning boshqa vositalariga o'z o'rnilarini bo'shatib bermoqdalar.
Disketaga ma'lumot magnit induksiya asosida yoziladi, o'qiladi va o'chiriladi. Disketa bilan ishlash uchun kompyuterga maxsus qurilma - diskovod - disk yuritgich o'rnatilgan bo'lishi kerak. Disk yuritgichlarning ikkita asosiy turi mavjud: - 5,25" o'lchamdagi hajmi 360 Kb, 720 Kb va 1,2 Mb disketalar bilan ishlashga mo'ljallangan disk yuritgich, 3,5" dyuym o'lchamdagi hajmi 720 Kb va 1,44 Mb disketalar bilan ishlashga mo'ljallangan disk yuritgich.
Yangi disketadan foydalanishdan oldin uni formatlash zarur, ya'ni disketa sektorlarga bo'linib, hajmi aniqlanadi va bundan keyin undan foydalanish mumkin bo'ladi. Disketani formatlash uchun quyidagilarni bajaring:
1. Disketani disk yuritgichga kiriting;
2. Moy kompyuter (Mening kompyuterim)ni oching;
3. Hosil bo'lgan oynada : Disk 3,5 (A)ni tanlang va sichqonning o'ng tugmasini bosing va kontekst menyudan Formatirovat... (Formatlash) buyrug'ini tanlang.
4. Natijada ekranda disketani formatlash oynasi hosil bo'ladi:
5. Mazkur oynada Nachat (Boshla) tugmasini bosib, formatlash jarayonini boshlash kerak.
6. Bundan keyin operasion sistema disketadagi ma'lumotlar yo'q qilinishi to'g'risida ogohlantiradi:
7. Agarda disketani formatlashga rozi bo'lsangiz, OK tugmasini bosish kerak.
8. Formatlash tugaganidan keyin hosil bo'lgan oynada OK tugmasini bosish kerak bo'ladi.
9. Bundan keyin Zakrit (Yopish) tugmasini bosish kerak.
Disketaga ma'lumot yozish uchun quyidagi amallarni bajarish kerak:
- Kerakli fayl yoki katalogni tanlab sichqonchaning o'ng tugmasini bosing.
- Hosil bo'lgan kontekst menyudan Otpravit (Jo'natish) va undan keyin Disk 3,5 (A:) ni tanlash kerak.
- Natijada ko'rsatilgan fayl yoki katalog nusxasi disketaga ko'chiriladi.
Disketadagi ma'lumotni kompyuterga ko'chirishning ikki usuli mavjud:
1.1 Kerakli fayl yoki katalogni tanlab sichqonning o'ng tugmasini bosing.
1.2. Hosil bo'lgan kontekst menyudan J?natish (Otpravit) va keyinchalik Mening hujjatlarim (Moi dokumenti) ni tanlang.
2.1. Kerakli fayl yoki katalogni tanlab, sichqonning o'ng tugmasini bosing.
2.2. Hosil bo'lgan kontekst menyudan Kopirovat (Nusxa k?chirish) buyrug'ini tanlang.
2.3. Fayl yoki katalog yozilishi kerak bo'lgan katalogni ochib sichqonning o'ng tugmasini bosib, hosil bo'lgan kontekst menyudan Vstavit (Joyla) farmoishini tanlang.
Natijada ko'rsatilgan fayl yoki katalog disketadan Moi dokumenti (Mening hujjatlarim) yoki boshqa katalogga ko'chiriladi.
Disketadagi fayl yoki katalogni o'chirish uchun disketani ochib, o'chirilishi zarur bo'lgan fayl tanlanadi va klaviaturadagi Delete tugmasi bosiladi. Shuni ta'kidlash joizki, disketadan o'chirilgan ma'lumot Korzina (Savat) ga tushmaydi, shuning uchun uni qayta tiklash imkoniyati yo'q.
2. Kompakt disk bilan ishlash: ma'lumot yozish, ko'chirish, ochish
Kompakt disk disketaga nisbatan ancha ko'proq ma'lumot saqlash imkoniga ega. Masalan, disketaning hajmi 1,44 MB bo'lsa, kompakt diskning hajmi 650 yoki 700 Mb ni tashkil etadi, ya'ni unga taxminan 500 marta ko'proq ma'lumot yoziladi.
Kompakt diskdagi ma'lumotlarni o'qish uchun kompyuterga maxsus qurilma - CD ROM (Compact disk Read Only Memory) Drive o'rnatilgan bo'lishi kerak.
Kompakt diskdagi ma'lumotlarni o'qish uchun kompakt diskni qurilmaga o'rnatish kerak. Buning uchun CD ROM qurilmasining Open/Eject tugmasini bosib, lotok ochilganidan keyin, unga diskni o'rnatib, Open/Eject tugmasini takroran bosish zarur. Natijada disk aylanib, undagi ma'lumotlarni o'qish jarayoni boshlanadi. Windows operasion sistemasida o'rnatilgan diskdagi ma'lumotlar turini
aniqlash amalga oshiriladi va u aniqlanganidan keyin biror bir amalni bajarish taklif etiladi:
Taklif oynasining mazmuni o'rnatilgan dasturlar va disk mazmuniga bog'liq bo'ladi.
Diskda audio va video ma'lumotlar mavjud bo'lsa, ularni biror dasturda ochish, rasm bo'lsa, ko'chirish yoki chop etish taklif qilinadi.
Diskdagi ma'lumotlarni ko'chirish xuddi disketadan ko'chirishdek amalga oshiriladi.
Diskka ma'lumot yozish uchun kompyuterga maxsus qurilma - CD Writer o'rnatilgan bo'lishi kerak. Bunday qurilmada ma'lumotlarni maxsus turdagi disklarga yozish mumkin - CD-R (Recordable - bir marta yozib, cheksiz o'qish mumkin) va CD-RW (Rewritable - bir necha marotaba yozish va o'chirish mumkin).
Kompakt diskka ma'lumot yozishni Windows XP operasion sistemasi vositalari yordamida amalga oshirish mumkin. Lekin disk yozish, nusxasini ko'chirish, o'chirish va yangilash masalalarini mukammal darajada bajarish uchun maxsus dasturlardan foydalanish tavsiya qilinadi, masalan Ahead Nero Burning ROM dasturidan.
Oxirgi yillarda CD texnologiyasi o'rniga yangi - DVD (Digital Versatile Disk - raqamli hajmi katta disk) texnologiyasi keng tarqalib ommalashib bormoqda. Dastlabki DVD disklarga yuqori sifatli videoma'lumotlar yozilgan bo'lib, tasvir va ovoz sifati ko'rsatkichlari sezilarli darajada yuqori bo'lgan. Keyinchalik ulardan nafaqat video, balki boshqa ma'lumotlarni (data) ham yozishda foydalanilmoqda.
Shaxsiy kompyuterda DVD disklarni ochish uchun unga DVD ROM qurilmasi o'rnatilgan bo'lishi kerak.
DVD ROM qurilmasi nafaqat DVD, balki CD disklarni ham ochish imkoniyatini yaratadi. Hozirgi kunda DVD disklarni o'qishning maksimal tezligi 16 karrani tashkil etadi, ya'ni 13805 Kb/sek*16 =22080 Kbit/sek, CD disklarni o'qishning maksimal tezligi esa 52 karrani tashkil etadi, ya'ni 150 Kbit/sek*52=7800 Kbit/sek. Bundan tashqari DVD disklarni hajmi ancha kattaroq, chunki ulardagi ma'lumot yoziladigan maxsus joy "pit"lar o'lchamlari kichkinaroq va zichroq joylashgan. Natijada DVD diskning hajmi kamida 4.7 Gb tashkil etadi.
O'lchamlari CD-ROM DVD-ROM
Diametr 120 mm 120 mm
Kengligi 1,2 mm 1,2 mm (0,6 mm qatlam)
Oraliq masofasi 1,6 mkm 0,74 mkm
To'lqin uzunligi 780 nm infraqizil 640 nm qizil
Hajmi 700 Mb 4,7 Gb
Qatlamlar soni 1 1, 2, 4
DVD disklarning hajmi ularning turiga bog'liq bo'ladi:
Bir tomonlama bitta qatlamli DVD disk 4,7 Gb
Bir tomonlama ikkita qatlamli DVD disk 8,5 Gb
Ikki tomonlama har tomonida bittadan qatlamga ega DVD disk 9,4 Gb
Ikki tomonlama har tomonida ikkaitadan qatlamga ega DVD disk 17 Gb
DVD disklariga ma'lumot yozish uchun maxsus disklar (DVD-R, DVD+R, DVD+RW, DVD-RW, DVD DL) va DVD Writer qurilmasidan foydalanish kerak bo'ladi.
O'zbekiston bozorida CD va DVD qurilmalardan quyidagi firmalar mahsuloti keng tarqalgan: ASUS, LG, Samsung, Benq, Nec, Pioneer, BTC, Teac, Liteon, Toshiba va hokazo.
3. Flesh-xotira bilan ishlash: ma'lumot yozish, ochish, ko'chirish, o'chirish
Oxirgi yillarda oddiy disketa va kompakt disklar o'rniga ma'lumot saqlash va ko'chirish uchun yangi vosita - Flash xotiradan keng foydalanilib kelmoqda. Uning dastlabki hajmi 8 yoki 16 Mb ni tashkil etgan bo'lsa, hozirgi paytda 128 Mb, 256 Mb, 512 Mb, 1 Gb, 2 Gb, 4 Gb va 8 Gb hajmga ega bo'lgan turlari ishlab chiqarildi.
Flash-xotira bu energiya talab qilmaydigan, qayta yoziladigan yarim o'tkazgichli xotira. Flash-xotira quyidagi afzalliklarga ega:
- Energiya manbaiga bog'langan emas - ma'lumotni saqlash uchun energiya talab qilmaydi(faqat o'qish yoki yozishda ishlatiladi);
- qayta yozish - ma'lumotlarni o'chirib, qayta yozish mumkin;
- yarim o'tkazgich - mexanik harakatlanuvchi qismlari yo'q, integral mikrosxema asosida qurilgan.
- HDD, CD, DVD-larga nisbatan ishlayotgan paytida 10-20 marta kam elektr energiya iste'mol qiladi;
- olib yurish uchun juda qulay;
- hajmi yetarli darajada katta.
Flash-xotiradan foydalanish uchun kompyuterda USB porti mavjud bo'lishi kerak. Bundan tashqari USB bog'lamiga ulangan qurilmalarni to'g'ri aniqlaydigan operasion sistema ham bo'lishi kerak: Windows ME, Windows 2000, Windows XP.
Flash-xotirani ochish uchun quyidagilarni bajaring:
- Sistema blokining orqasida bo'sh USB portini toping va unga Flash-xotirani kiriting.
- Natijada Flash-xotira korpusida mavjud indikator yonadi va operasion sistema uni aniqlashni boshlaydi.
- Agar Flash-xotiraga ma'lumot yozilgan bo'lsa xuddi CD/DVD disklarni ochgandek, operasion sistema uning mazmunini aniqlashga kirishadi.
- Agar Flash-xotira ishlash tezligi USB 2.0 standartida bo'lib, u USB 1.1 standartidagi portga ulangan bo'lsa, Windows operasion sistemasi tegishli ma'lumotni chiqaradi:
- USB 1.1 standarti ma'lumot almashishning 12 Mbit/sek tezligini ta'minlaydi, USB 2.0 da esa bu ko'rsatkich 480 Mbit/sek teng bo'ladi, ya'ni 40 baravar katta.
Flash-xotiradan kompyuterga ma'lumot yozish uchun:
- kerakli fayl yoki katalogni tanlab, sichqonning o'ng tugmasini bosish kerak;
- hosil bo'lgan kontekst menyudan Kopirovat (Nusxa olish) farmoishini tanlash kerak;
- ma'lumot yozilishi kerak bo'lgan katalog yoki diskni ochib, sichqonning o'ng tugmasini bosish kerak;
- hosil bo'lgan kontekst menyudan Vstavit (Joylash) buyrug'ini tanlash kerak.
Kompyuterdan Flash-xotiraga ma'lumot yozish uchun:
- kerakli fayl yoki katalogni tanlab sichqonning o'ng tugmasini bosish kerak;
- hosil bo'lgan kontekst menyudan Otpravit (J?natish) buyrug'ini tanlash kerak;
- Menyudan S'emniy disk (Ajraladigan disk)ni tanlash kerak;
- Natijada ko'rsatilgan ma'lumot Flash-xotiraga yoziladi.
Flash-xotiradan foydalanish davomida unga USB bog'lami orqali 5 Volt elektr energiya uzatiladi. Uni ishlayotganligi yoki ishlamayotganligini undagi indikator bo'yicha tekshirish mumkin bo'ladi.
Agarda chiroq (indikator) yongan bo'lsa, demak Flash-xotira ishlayapti. Agarda Flash-xotiraga elektr ta'minot uzatilayotganida uni USB portidan chiqarsak, u ishdan chiqishi ehtimoli mavjud.
Flash-xotirani kompyuterdan bexavotir ajratib olish uchun quyidagilarni bajarish kerak:
- Windows ish stolining o'ng pastki qismida indikatorga sichqon ko'rsatkichini olib kelib, chap tugmani qo'sh cherting.
- Natijada qurilmani xavfsiz chiqarish muloqot oynasi hosil bo'ladi:
- Mazkur oynada Otklyuchit (Ajratish) tugmasini bosib, yangi oynada qurilmani ko'rsatib, OK tugmasini bosish kerak.
- Bundan keyin Windows operasion sistemasi tegishli ma'lumot beradi:
- Buning natijasida Flash-xotiraga uzatilayotgan elektr energiya o'chiriladi va ungi xavfsiz USB portidan chiqarish mumkin.
Flash-xotira qurilmalarini bir nechta firmalar ishlab chiqaradilar. Ulardan keng tarqalganlari:
Kingston, PQI, LG, GenX, SanDisk, TwinMos va boshqalar.
Takrorlash uchun savollar
1. Ma'lumot saqlash vositasining asosiy vazifalari nimalardan iborat?
2. Ma'lumotlarni saqlash texnologiyasi va uslubi bo'yicha qurilmalar qaysi toifalarga bo'linadi?
3. Optik ma'lumot saqlash vositalari va qurilmalariga ta'rif bering.
4. Magnitli ma'lumot saqlash vositalari va qurilmalariga ta'rif bering.
5. Magnitli yumshoq disketani turlari va hajmlarini aniqlang
6. Kompakt disk turlari va hajmlarini aniqlang.
7. Magnit disketa bilan ishlash tartibi nimadan iborat?
8. CD disklarining hajmi va ularga ma'lumot yozish uchun mo'ljallangan qurilma?
9. DVD disklarining hajmi va ularga ma'lumot yozish uchun mo'ljallangan qurilma?
10. DVD disklari CD disklariga nisbatan nima bilan farqlanadi?
11. Flash-xotiraga ta'rif bering.
12. Flash-xotiraning afzalliklarini ko'rsating.
13. Flash-xotiraning kompyuterga ulanish tartibini ko'rsating.
14. Flash-xotiraga ma'lumot yozish va undan ko'chirish tartibi nimalardan iborat?
15. Flash-xotirani kompyuterning qaysi portiga ulaymiz va undagi ma'lumot almashish tezligi?
16. Flash-xotirani kompyuterdan chiqarish tartibini ko'rsating.