8-dars. Diagramma va grafiklarni tahrirlash.
Microsoft Excel dasturining yana bir imkoniyati bu diagrammalar bilan ishlashdir. Buning uchun u Office paketi tarkibiga kiruvchi qo'shimcha Microsoft Graph dasturiga murojaat etadi. Diagrammada tasvirlanadigan grafikning asos sonlarini kiritganimizdan keyin Standart (Standartnaya) uskunalar panelidan Master diagramm (Diagrammalar ustasi) uskunasini tanlaymiz. Natijada diagrammalarni yaratish ustasi yuklanadi. Diagramma yaratish jarayoni 4 ta bosqichdan iborat.
1 - bosqich. Diagramma turini va shaklini tanlash
Bu bosqichda biz Tip (Tur) ro'yxatidan biror bir diagramma turini va Vid (Ko'rinish) guruhidan tashqi ko'rinishini tanlab Dalee> (Davom et) tugmasini bosamiz. Diagrammalarning bir qator turlari mavjud: gistogramma, lineychataya (chiziqsimon), grafik, doiraviy (krugovaya), nuqtaviy (tochechnaya), sohali (s oblastyami), halqali (kolsevaya), yaproqli (lepestkovaya), sirt ko'rinishida (poverxnost) va hokazo
Diagramma yaratish jarayonini bekor qilish uchun Otmena (Bekor qilish) tugmasini bosish kerak.
2 - bosqich. Diagrammada asos bo'ladigan sonlar manzilini ko'rsatish.
Bu bosqichda diagrammaga asos bo'ladigan sonlar manzili ko'rsatiladi va zarurat tug'ilsa, Ryad (Qator) bo'limida grafik va qator nomlari belgilanadi.
3 - bosqich. Diagramma parametrlarini, nomini va o'qlar nomlarini kiritish.
Bu bosqichda Nazvanie diagrammi (Diagramma nomi) satrida diagramma nomini, X ?qi (Os X) va (Os Y) satrlarida X va U o'qlarining nomlari kiritiladi va Dalee (Oldinga) tugmasi bosiladi. Avvalgi oynaga (bosqichga) qaytish uchun Nazad (Ortga) tugmasini bosish kerak.
4 - bosqich. Diagramma joylashish joyini ko'rsatish.
Diagramma deyarli tayyor bo'ldi, uni qaerga joylash kerakligini ko'rsatish kerak. Diagramma joriy jadvalga yoki alohida jadvalga joylashishi mumkin. Joriy jadvalga diagrammani o'rnatish uchun imeyushemsya (joriy)ni tanlab, Gotovo (Tayyor) tugmasini bosamiz. Alohida joyga o'rnatish uchun esa otdelnom (alohida) ni tanlab, Gotovo (Tayyor) tugmasini bosamiz. Natijada tayyor diagramma hosil bo'ladi.