4-amaliy mashg'ulot.
Amaliy mashg'ulot mavzusi: Disklar bilan ishlash
Amaliy mashg'ulot tavsifi: Moy kompyuter papkasida qanday disklar borligini ko'ring, yozgan fayllaringizni diskka ko'chiring.
Amaliy mashg'ulotdan kutilayotgan natijalar: Tinglovchilar fayllarni diskka ko'chirish yo'llarini o'rganib oladilar.
Amaliy mashg'ulotni bajarganlarida tinglovchilar quyidagi BKMlarga ega bo'ladilar:
Bilim: Disklar haqida tushunchaga ega bo'ladilar.
Ko'nikma: Fayllarni diskka ko'chirish amalini bajara oladilar.
Malaka: Elektron xujjat almashinishida disklardan foydalana oladilar.
Amaliy mashg'ulotni bajarilish tartibi:
1. "Мой компьютер” papkasini sichqonchaning chap tugmasini ikki marta bosish yo'li bilan oching. Tarkibini ko'ring.
2. Oynaning sarlavxa qatorining o'ng tomonidagi tugmasini bosib oynani yoping.
3. "Мой компьютер” papkasi ustida sichqonchaning o'ng tugmasini bosing.
4. Ochilgan menyudan "Проводник” bandini tanlang. Bunda ham disklarni ko'rish mumkin.
5. Yumshoq diskni (yoki fleshkani) protsessorga joylashtiring
6. Ishchi stolidagi « Мой документы » papkasini sichqonchaning chap tugmasini ikki marta bosish yo'li bilan oching.
7. Kerakli faylni sichqonchaning chap tugmasini bir marta bosish yo'li bilan belgilang.
8. Sichqonchaning o'ng tugmasini bir marta bosing va ochilgan menyudan « Отправить » bandini tanlang va yana ochilgan menyudan «disk 3,5(A)» bandini tanlab, sichqonchaning chap tugmasini bosing.
9. « Мой документы » papkasini yoping.
10. "Мой компьютер”papkasini oching.
11. Sichqoncha kursorini "Disk 3,5(A)” diski ustiga olib kelib chap tugmasini ikki marta bosing va faylning yozilganiga iqror bo'ling.
12. "Disk 3,5(A)” oynasini yoping.
13. Diskni protsessordan chiqaring.