Kompyuterda hujjat tayyorlash kompyuter o'yinlari va internet tarmog'ida ishlash bilan bir qatorda, kompyuterda eng ko'p bajariladigan ishdir. Bularning oxirgi ikkitasidan asosan ko'ngilxushlik uchun foydalanishni nazarga olsak, kompyuterdan foydalanuvchilar asosan hujjatlar tayyorlash bilan shug'ullanishlari ma'lum bo'ladi. Hujjatlar matn muharrirlari yoki matn prosessorlari deb ataluvchi dasturlar yordamida tayyorlanadi. Eng sodda matn muharrirlariga misol sifatida Windows tarkibiga kiruvchi Bloknot va Wordpad ni keltirishimiz mumkin.
Hujjatlarni tayyorlashda eng ko'p ishlatiladigan dastur bu Microsoft Office tarkibiga kiruvchi Word matn muharriridir. Word muharriri oddiy ikki qatorli e'lonlardan tortib, minglab varaqli murakkab kitoblargacha yarata oladigan ommabop dasturdir. Foydalanuvchilar dastlab uning imkoniyatlarining ko'pligini ko'rib hayratga tushadilar, so'ngra undagi tugmalarning ko'pligidan sarosimaga tushsalar, nihoyat oradan ma'lum vaqt o'tgach, muharrir bilan yaqinroq tanishgach, uni o'rganish, unda ishlash qulayligini, unda har qanday amal ko'zda tutilganini ko'rib, hotirjam bo'ladilar.
6.4.1-rasm
Siz Toshkent shahridagi Dutorchi ko'chasining yoki shahar qon quyish stansiyasining qaerda joylashganini bilasizmi? Aminman-ki, Toshkent shahrida bir umr yashagan odamlarning mutloq ko'pchiligi ham bundan bexabar bo'lsalar kerak. Balki Siz Toshkent shahridagi barcha maktablarni aylanib chiqqandirsiz yoki aylanib chiqqan biror odamni tanirsiz? Shahardagi barcha maktablarni aylanib chiqmagan bo'lsangizda, bu narsa Sizning maorif tizimida ishlashingiz uchun, butun umringizni o'zingiz sevgan kasbga bag’ishlashingiz uchun to'siq bo'la olmaydi. Bundan tashqari, Siz o'zingiz tug’ilib ?sgan va yashayotgan hududingizni juda yaxshi bilasiz va Sizni bu hudud bo'yicha mutaxassis deyish mumkin. Shaharning boshqa tomonlariga ishingiz tushib qolsa, hech ikkilanmay yo'lga chiqasiz va begona joylarda ham so'rab-surishtirib, o'z ishingizni bitirib qaytasiz.
Shunga o'xshash, yillab kompyuterda ishlayotgan foydalanuvchilar ham Word ning barcha imkoniyatlarini bilmasliklari, shunga qaramay, ular kompyuterda bemalol hujjat tayyorlay olishlari mumkin. Word ni ishga tushirish uchun quyidagi usullarning biridan foydalanish mumkin; 1) Ish stolidagi Word yorlig’ini ikkimarta chertish; 2) Pusk (Boshla) menyusining Vse programmi (Barcha dasturlar) bandidan Word ni tanlash; 3) Moy kompyuter (Mening kompyuterim) orqali Microsoft Office katalogiga kirib, WinWord.exe dasturini ishga tushirish; 4) Moy kompyuter (Mening kompyuterim) orqali yoki ish stolidagi Wordda yaratilgan biror hujjatni tanlash va uni ochish.
Word ning tashqi ko'rinishi Microsoft firmasining boshqa mahsulotlarinikidan deyarli farq qilmaydi.
6.4.2-rasm
Word ning tashqi ko'rinishini o'zgartirishni Bosh menyuning Manzara (Vid) bandidagi farmoishlar orqali bajarish mumkin. Word menyusida ham oxirgi paytda ishlatilmagan bandlar ko'rsatilmaydi va barcha bandlarni ekranga chiqarish uchun menyuning oxiridagi bandini tanlash kerak. Bosh menyuning Vid (Manzara) bo'limidagi yangi menyuning dastlabki beshta bandi hujjatning ekranda qanday aks etishini belgilaydi. Ulardan Obichniy (Odatdagidek) bandi hujjatni chetidagi hoshiyalarisiz ko'rsatsa, Razmetka stranisi (Sahifa hoshiyasi) hujjatni sahifa chetidagi hoshiyalari bilan birga ko'rsatadi. Veb dokument (Internet hujjati) internetda e'lon qilish uchun tayyorlanayotgan hujjatlar uchun mo'ljallangan. Struktura dokumenta (Hujjatning tarkibi) bir necha fayllarda saqlanadigan murakkab hujjatlarni ko'rish uchun, rejim chteniya (o'qish tartibiga o'tkazish) kiritilgan hujjatni qulay ko'rinishda o'qib chiqish uchun mo'ljallangan.
Ekranning o'ng tomonidagi masalalar sohasi menyuning Oblast zadach (masalalar sohasi) yordamida ekranga chiqariladi yoki yashirib qo'yiladi. Ekranning matn kiritiladigan maydonining yuqori va chap tomonidagi chizgichlar menyuning Lineyki (Chizgichlar) bandi yordamida ekranga chiqariladi va yashirib qo'yiladi. Vo ves ekran (To'liq ekranga) bandi ekranni butunlay matn ixtiyoriga beradi. Masshtab bandi matnning kattaligini o'zgartirmagan holda uning ekrandagi tasviri kattaligini o'zgartiradi.
6.4.3-rasm
Menyuning Paneli instrumentov (Uskunalar panellari) bandi Word ning yigirmaga yaqin uskunalar panellaridan keraklisini ekranga chiqarish uchun xizmat qiladi. Odatda ulardan ikkitasi:
Standartnie (Standart) va Formatirovanie (Formatlash) panellaridagi amallar ko'p ishlatiladi va ular har doim ekranda turadi. Qolgan panellar kerak paytida ularga mos amallar bajarilayotganda o'zlari paydo bo'ladilar va zarur amal bajarilgach yashirib qo'yiladilar. Agar hujjatda ko'plab chizmalar bo'lsa, Risovanie (Chizish) paneli ham ekranda turgani foydali. Panellarni ekranning chegaralari bo'ylab yoki o'rtasiga ham joylashtirish mumkin.
Uskunalar panelidagi tugmalar nima ish bajarishini sichqonni uni ustiga olib kelgan paytda paydo bo'ladigan yozuvdan bilib olish mumkin. Agar bunday yozuv paydo bo'lmasa, dasturni yozuvlar paydo bo'ladigan tartibga o'tkazish kerak.
6.4.4-rasm
Buning uchun Bosh menyuning Servis (Xizmat) bo'limiga tegishli Nastroyka (Sozlash) bandi tanlanadi. Hosil bo'lgan oynada Parametri (Parametrlar) jildidagi Otobrajat podskazki dlya knopok (Tugmalar uchun yozuvni ko'rsatish) va Vklyuchit v podskazku sochetaniya klavish (Yozuvda qo'shtugmalarni
ham ko'rsatish)da bayroqchalarini o'rnatish kerak.