II. TA'LIM TIZIMI VA TURLARI.
9 - modda. Ta'lim tizimi.
Ta'lim tizimi quyidagilarni o'z ichiga oladi: Davlat talim standartlariga
muvofiq talim dasturlarini amalga oshiruvchi davlat va nodavlat talim
muassasalari; Talim tizimining faoliyat ko'rsatishi va rivojlamshmi ta'mmiash
uchun zarur bo'lgan tadqiqot ishlarini bajaruvchi ilmiy pedagogik muassasalar;
Talim sohasidagi davlat boshqaruv organlari, shuningdekk ularga qarashli
korhonalar, muassasalar va tashkilotlar. O'zbekiston Respublikasining talim
tizimi yagona va uzluksizdir.
10-modda. Ta`lim turlari.
O'zbekiston Respublikasida ta`lim quyidagi turlarda amalga oshiriladi:
Maktabgacha ta'lim; Umumiy o'rta ta'lim; O'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi; Oliy
ta'lim; Oliy o'quv yurtidan keyingi ta'lim; Kadrlar malakasini oshirish va ularni
qayta tayyorlash; Maktabdan tashqari ta'lim.
11-modda. Maktabgacha ta'lim
Maktabgacha ta'lim bola shaxsini sog'lom va yetuk maktabda o'qishga tayyorlangan
tarzda shakllantirish maqsadini ko'zlaydi. Bu ta'lim 6-7 yoshgacha
oilada bolalar bog'chasida va mulk shaklidan qat'i nazar boshqa ta'lim muassasalarida
olib boriladi.
12-modda. Umumiy o'rta ta`lim.
Umumiy o'rta ta'lim bosqichlari quyidagicha: Boshlang'ich ta'lim (I-IV sinflar);
Umumiy o'rta ta'lim (IV-IX sinflar). Boshlang'ich ta'lim umumiy o'rta ta'lim olish
uchun zarur bo'lgan savodhonlik, bilim va ko'nikma asoslarini shakllantirishga
qaratilgandir. Maktabning birinchi sinfiga bolalar olti-yetti yoshdan qabul
qilinadi. Umumiy o'rta ta'lim bilimlarning zarur hajmini beradi, mustaqil
fikrlash, tashkilotchilik qobiliyati va amaliy tajriba ko'nikmalarini rivojlantiradi, dastlabki tarzda kasbga yo'naltirishga va ta'limning navbatdagi
bosqichni tanlashga yordam beradi. Bolalarning qobiliyat iste'dodni rivojlantirish
uchun ixtisoslashtirilgan maktablar tashkil etilishi mumkin.
13- modda. O`rta maxsus, kasb-hunar ta'limi.
O'rta maxsus, kasb-hunar ta'lim olish maqsadida har kim umumiy o'rta ta'lim
asosida akademik litseyda yoki kasb-hunar kollejida o'qishning yo'nalishni
ihtiyoriy ravishda tanlash huquqiga ega. Akademik litseylar va kasb-hunar
kollejlari egallangan kasb-hunar bo'yicha ishlash huquqini beradigan hamda
bunday ish yoki ta'limni navbatdagi bosqichda davom ettirishi uchun asos
bo'ladigan o'rta maxsus kasb-hunar ta'limi beradi. Akademik litsey
o'quvchilarining intelektual qobiliyatlarini jadal o'stirishni ularning chuqur,
tabaqalashtirilgan va kasb-hunarga yo'naltirilgan bilim olishlarini
ta'minlaydigan uch yillik o'rta mahsus o'quv yurtidir. Kasb-hunar kolleji
o'quvchilarning kasb-hunarga moyilligi, mahorat va malakasini chuqur
rivojlantirishni, tanlangan kasblar bo'yicha bir yoki bir necha ixtisos olishni
ta'minlaydigan uch yillik o'rta kasb-hunar o'quv yurtidir.
14- modda. Oliy ta`lim
Oliy ta'lim yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashni ta'minlaydi. Oliy
ma'lumotli mutaxassislar tayyorlash oliy o'quv yurtlarida
(universitetlar, akademiyalar, institutlar va oliy maktabning boshqa ta'lim
muassasalarida) o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi asosida amalga oshiriladi. Oliy
ta'lim ikki bosqichga: davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi oliy ma'lumot
to'g'risidagi hujjatlar bilan dalillanuvchi bakalavriyat va magistraturaga ega.
Magistratura aniq mutaxassislik bo'yicha bakalavriyat negizida kamida ikki yil
davom etadigan oliy ta'limdir.
15- modda .Oliy o'quv yurtidan keyingi ta'lim
Oliy o'quv yurtidan keyingi ta'lim jamiyatning yuqori malakali ilmiy va ilmiy
pedagogik kadrlarga bo'lgan ehtiyojlarini ta'minlashga qaratilgandir. Oliy
o'quv yurtidan keyingi ta'lim oliy o'quv yurtlari va ilmiy tadqiqot
muassasalarida (aspirantura, ad'yunktura, doktarantura, mustaqi1 tadqiqotchilik)
olinishi mumkin. Ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash, ilmiy darajalar
va unvonlar berish tartibi qonun hujjatlarida belgilanadi.
16- modda. Kadrlar malakasini oshirish va ulami qayta
tayyorlash.
Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash kasb bilimlari va
ko'nikmalarini chuqurlashtirish hamda yangilanishni ta'minlaydi. Kadrlar
malakasini oshirish va ulami qayta tayyorlash tartibi O'zbekiston Respublikasi
Vazirlar mahkamasi tomonidan belgilanadi.
17- modda. Maktabdan tashqari ta'lim
Bolalar va o'smirlarning yakka tartibdagi ehtiyojlarini qondirish ularning
bo'sh vaqti va dam olishini tashkil etish uchun davlat organlari jamoat
birlashmalari, shuningdek boshqa yuridik va jismoniy shaxslar
madaniy, estetik, ilmiy, texnikaviy, sport va boshqa yo'nalishlarda maktabdan
tashqari ta'lim muassasalarini tashkil etishlari mumkin. Maktabdan tashqari
ta'lim muassasalariga bolalar, o'smirlar ijodiyoti saroylari, uylari, klublari va
markazlari, bolalar-o'smirlar sport maktablari, san'at maktablari, musiqa maktablari, studiya, kutubxonalar, sog'lomlashtirish muassasalari va boshqa muassasalar kiradi. Maktabdan tashqari
ta'lim muassasalarini tashkil etish va ularning faoliyat ko'rsatish tartibi
qonun hujjatlarida belgilab qo'yiladi.
18-modda. Oiladagi ta'lim va mustaqil ravishda ta'lim olish.
Davlat oilada ta'lim olishga va mustaqil ravishda ta'lim olishga ko'maklashadi.
Bolalarni oilada o'qitish va mustaqil ravishda ta'lim olish tegishli ta'lim
muassasalarining dasturlari bo'yicha amalga oshiriladi. Ta'lim oluvchilarga vakolatli
davlat muassasalari tomonidan uslubiy, maslahat va boshqa yo'sinda yordam
ko'rsatiladi.
Akkreditatsiya qilingan ta'lim muassasalarining bitiruvchilariga davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi ma'lumot to'g'risida hujjat (shahodatnoma, diplom, sertifikat, guvohnoma) beriladi. Davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi ma'lumot to'g'risidagi hujjat oilada ta'lim olgan yoki mustaqil ravishda bilim olgan va akkreditatsiya qilingan ta'lim muassasalarining tegishli ta'lim dasturlari bo'yicha ekstern tartibida imtihonlar topshirgan shaxslarga ham beriladi, davlat ta'lim muassasalarida o'qitilishi shart bo'lgan ro'yhati O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilab qo'yiladigan mutaxassisliklar bundan mustasno. Oliy ma'lumot to'g'risidagi diplomga o'zlashtirilgan fanlar ro'yhati, ularning hajmlari va fanlarga qo'yilgan baholar yozilgan varaqa ilova qilinadi. Dissertatsiya himoya qilgan shaxslarga belgilangan tartibda fan nomzodi yoki fan doktori ilmiy darajasi va davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi diplom topshiriladi. Davlat ta'lim standartlariga mos kelgan taqdirda O'zbekiston Respublikasi bilan xorijiy davlatlarning hukumatlari o'rtasidagi ikki tomonlama bitimlar asosida bar ikki tomonning ma'lumot to'g'risidagi hujjatlari belgilangan tartibda o'zaro tan olinishi mumkin. Tegishli bosqichdagi ta'limni tugallamagan shaxslarga belgilangan namunadagi ma'lumotnoma beriladi. Davlat tasdiqlagan namunadagi ma'lumot to'g'risidagi hujjat navbatdagi bosqich ta'lim muassasalarida ta'lim olishni davom ettirish yoki tegishli ixtisos bo'yicha ishlash huquqini beradi.