Axborot texnologiyalari
"Texnologiya"
so'zi yunoncha (grekcha) "techne" - san'at, mohirlik, hunar va
"logos" - fan so'zlaridan tashkil topgan bo'lib, u aniq maqsadga
erishish uchun zaruriy vositalar, usul va sharoitlardan foydalangan holda
muayyan amallarni ketma-ket bajarilishini ko'zda tutadi.
Axborot texnologiyalari
haqida
Ixtiyoriy jarayonni to'liq
o'rganishda, u to'g'risida to'plangan ma'lumotlar hajmi, ma'lumotlarning o'zaro
bog'liqligi darajasi shunchalik murakkab bo'ladiki, ularni biror vosita
yordamisiz to'liq qayta ishlash amalda mumkin emas.
Fan va texnikaning
rivojlanishi axborotlarni to'plash, qayta ishlash va uzatish kabi jarayonlarni
samarali amalga oshirish mumkinligini ko'rsatdi. Bunda asosiy o'rinni texnik
vositalar - kompyuter va boshqa turdagi vositalar egallaydi.
Ular yordamida ishni tashkil
etish orqali axborotlar almashinuvini tezlatishdan tashqari kerakli axborotni
izlash. qayta ishlash va undan foydalanishni osonlashtirish hamda axborotning avval
ko'rsatib o'tilgan barcha xususiyatlarini saqlashga erishiladi.
Insoniyat tomonidan
axborotlarni izlash, to'plash saqlash, qayta ishlash va undan foydalanish
usullari va vositalari axborot texnologiyasi deb yuritiladi.
Axborot texnologiyasi ikki:
ichki va tashqi omillardan iboratdir. Ichki omillarga usullar, tashqi omillarga
vositalar kiradi.
Bundan kelib chiqadiki,
axborot texnologiyasi o'z ichiga quyidagilarni oladi: qalam, ruchka, daftar,
qog'oz, mel, doska, proyektor, ekran, kodoskop, sinf, stol, stul, o'quvchi,
o'qituvchi, farrosh, direktor, kitob, kompyuter, suhbat jarayoni, dars o'tish
jarayoni, test o'tkazish jarayoni, savol-javob o'tkazish jarayoni, dars o'tish
usuli va metodikasi, plakat yoki boshqa didaktik materiallar, va hokazo. Demak,
axborot texnologiyalari sanoatda, savdo-sotiqda, boshqaruvda, bank, ta'lim va
sog'liq sistemasida, tibbiyot va fanda, transport va aloqada, qishloq xo'jaligi
va ijtimoiy xizmat tizimida, turmushda qo'llanilar ekan.
Axborot texnologiyasining asosiy texnik vositalari sifatida kompyuterdan tashqari aloqa vositalari - telefon, teletayp,
telefaks va boshqalar qo'llaniladi.
Axborot
texnologiyasining ba'zi texnik vositalari.
Axborot tcxnologiyalari
hisoblash texnikasidan tashqari aloqa texnikasi, televideniye va radioni ham
o'z ichiga oladi. Umuman, informatika va axborot texnologiyalari bir-birini to’ldiruvchi
qismlar sifatida qaraladi.
Kompyuter tarmoqlari
Kompyuterlarning inson
hayotidagi ahamiyati kun sayin ortib bormoqda. Hozirgi kunda axborotlarni yig'ish,
qayta ishlash va tarqatish bilan bog'liq bo'lgan sohalarda kompyuterlarsiz
ishlashni tasavvur qilib bo'lmaydi. Lekin kompyuterning xotirasi qanchalik
katta bo'lmasin ish faoliyatingizda ishlatishingiz mumkin bo'lgan barcha
axborotni unga sig’dirib bo’lmaydi. Biror axborot zarur bo'lib qolgan vaqtda
uni boshqa kompyuterdan ko'chirib olish uchun tashqi axborot tashuvchi
vositalardan (disketalar, CD - disklar va boshqalar) foydalanish kerak bo'ladi.
Ammo bu ko'p vaqt va qo'shimcha xarajatlarni talab qiladi. Bu kabi muammolar о’zaro axborot almashish maqsadida kompyuterlarni
birlashtirish zaruratini keltirib chiqardi. Avval maxsus kabel yordamida ikkita
kompyuterni o'zaro birlashtirishga muvaffaq bo'lindi.
Oradan ko'p vaqt о’tmasdan bir nechta kompyuterni birlashtirish imkonini
beruvchi texnik qurilma va dasturiy ta'minot ishlab chiqildi. Shu tarzda
kompyuter tarmoqlari vujudga keldi.
Bunday tarmoqlar qo'shimcha
qurilmalar talab qilsada (tarmoq platasi, maxsus kabel), kompyuterlardan
foydalanish samaradorligini oshiradi. Tarmoqdagi ixtiyoriy kompyuter boshqa
kompyuterning diskiga, printeriga va boshqa tashqi qurilmalariga murojaat qilishi
mumkin bo'ladi. Bunday tarmoqlar bitta xonada yoki bir binoning ichida tashkil
qilinib, lokal (mahalliy) tarmoqlar deb nomlanadi.
Lokal tarmoqda kompyuterlardan
biri asosiy kompyuter etib tanlanadi. U fayllar serveri yoki, oddiy qilib,
server deb nomlanadi. Qolgan kompyuterlar esa ishchi stansiyalar deb nomlanib,
server bilan, hamda o'zaro tarmoq platalari va maxsus kabellar yordamida
ulanadilar.
Kompyuterlararo axborot
almashinuvini rivojlantirish borasidagi tadqiqotlar shu bilan to'xtab qolmadi.
Axborot texnologiyalarining jadal sur'atlar bilan rivojlanishi, endi bitta
xonada yoki bir binoda joylashgan kompyuterlarni emas, balki uzoq masofada,
hatto boshqa-boshqa mamlakatlarda joylashgan kompyuterlarni o'zaro bog'lash
imkoniyatini beruvchi mintaqaviy va global (xalqaro) tarmoqlarni vujudga
keltirdi.
Mintaqaviy tarmoqlar bir
mamlakat hududidagi barcha foydalanuvchilarni birlashtiradi. Bunday tarmoqqa
ulangan kompyuterlar orasidagi masofa bir necha yuz kilometrni tashkil etishi
mumkin. Global tarmoqlar dunyoning turli mamlakatlaridagi foydalanuvchilarning
o'zaro axborot almashishini ta'minlaydi.
Mintaqaviy va global
tarmoqlarda kompyuterlarni alohida aloqa kabellari orqali ulash qimmatga
tushadi. Shu sababli ularni modem yordamida telefon tarmoqlari orqali ulash
yo'lga qo'yildi. Kompyuterda ma'lumotlar raqamli signallar ko'rinishida
saqlanadi, telefon tarmog'i orqali esa analog signallari o'tadi. Kompyuterdan
chiqayotgan signallar modem yordamida raqamli ko'rinishdan analog ko'rinishga
o'tkaziladi va telefon tarmog'i orqali yuboriladi. Tarmoqning ikkinchi uchidagi
kompyuterga ulangan modem analog signallarni raqamli signalga o'tkazadi va
kompyuterga uzatadi.
Signalni raqamli
ko'rinishdan analog ko'rinishga o'tkazuvchi qurilma modulyator, analog
ko'rinishdan raqamli ko'rinishga о 'tkazuvchi qurilma demodulyator deb ataladi.
Bu ikkala amalni biigalikda
bajaruvchi qurilma modem deb ataladi. Uning nomi quyidagicha hosil qilingan:
MOdulyator + DEModulyator = MODEM.
Tuzilish jihatidan modemlar
ichki va tashqi ko'rinishda bo'ladi. Ichki modemlar plata ko'rinishida bo'lib,
kompyuterning ichiga joylashtiriladi. Tashqi modem kompyuterdan tashqarida
joylashadigan bo'lib, o'zining qobig'iga ega alohida qurilmadir.
Hozirgi modemlarning
ko'pchiligi faqatgina ma'lumot uzatish yoki qabul qilish bilan chegaralanib
qolmay, balki faks ma'lumotlarini uzatish va qabul qilish uchun ham xizmat
qiladi. Ba'zilari hattoki telefon tarmog'iga ulangan javob beruvchi avtomat
qurilma vazifasini ham o'tashi, ya'ni xotiraga yozilgan ovoz signallarini
uzatishi yoki bunday signallarni qabul qilib xotiraga fayl ko'rinishida yozib
qo'yishi mumkin.
Hozirgi kunda mintaqaviy va
xalqaro tarmoqlarda kompyuterlar nafaqat telefon tarmoqlari, balki radio va
sun'iy yo'ldoshlar orqali axborot almashinadilar.
Informatsion sistemalar
Axborot inson hayotida
modda, energiya kabi muhim o'rin tutar ekan undan oqilona foydalanishni taqozo
etadi. Kerakli axborotsiz biror vazifani bajarish mushkul. Bundan tashqari
zarur axborotga o'z vaqtida ega bo'lish ham muhimdir. Zamonaviy ishlab
chiqarish dunyoning turli chekkalaridan xilma-xil axborotlarni tez va kerakli
ko'rinishda qabul qilish yoki uzatishni talab etadi. Bugungi kunda axborotni
uzatish va qabul qilish vositasi sifatida telefondan keng foydalaniladi. Ammo
zamonaviy ish yuritishda bu yetarli emas. Hozirda kompyuter tarmoqlarisiz ish
yuritishni tasavvur qilish qiyin. Oddiy aviachiptalardan tortib kosmosni tadqiq
qilishgacha bo'lgan jarayonlarda kompyuter texnologiyalaridan foydalaniladi.
Hozirgi kunda Internet, IASNET kabi yuzlab xalqaro va biror davlat doirasidagi
informatsion sistemalar mavjud va ular inson faoliyati uchun xizmat qilmoqda.
Informatsion sistemalar - bu katta hajmdagi axborotlarni qabul qilish,
uzatish, saqlash va talab qilingan axborotni tez izlab topish kabi vazifalarni
bajarish uchun mo'ljallangan sistemalardir.
lnformatsion sistemalarning
iqtisodiy samaradorligini oshirishga qaratilgan muhim omillar quyidagilar:
ortiqcha axborot hajmini qisqartirish, ishonchli axborot yo'qotilishining oldini
olish, axborotdan foydalinish darajasini oshirish, atama va tushunchalarni
standartlashtirish, informatsion jarayonlarni mexanizatsiyalash va
avtomatlashtirish.
Aloqa vositalari, dasturli
ta'minot, hamda kompyuter texnikasining yangi pog'onalarga ko'tarilishi
informatsion sistemalarning yanada mukammallashgan shakllarini yaratilishiga
olib kelmoqda. Bugungi kunda yaratilayotgan va qo'llanilayotgan informatsion
sistemalar avvalgi avlodlardan ham texnik, ham dasturli, ham katta miqdordagi
axborotlarni qayta ishlay olishi bilan tubdan farq qiladi.