Dushanba, 02.12.2024, 11:42
Assalomu alaykum saytimiz mehmonlari!

SehriyoInf.Ucoz.RU

Sayt menyulari
Bo'limlar ro'yhati
Mini chat
So'rovnoma
Saytga baho bering
Barcha javoblar: 572
Statistika

Barcha online: 7
Mehmon: 7
Foydalanuvchilar: 0

16-dars

Axborotlarni himoyalash va antiviruslar haqida

 

Barcha moddiy narsalar kabi axborot ham o'z qiymatiga ega. Shuning uchun biror foydani ko'zlab axborotni "o'g'irlash", "buzish", "keraksiz ma'lumotga to'ldirish", axborot saqlanadigan qurilmalarni ishdan chiqarish hollari ham uchrab turadi. Demak, bu kabi zararli ishlardan himoyalanish dolzarb vazifadir.

 

Axborot va jinoyat

Keyingi paytlarda axborotni himoya qilish muammolari nafaqat mutaxassislarni, balki, barcha hisoblash texnikasidan foydalanuvchilarni o'ziga jalb etmoqda. Bu, albatta, kompyuter texnikasining inson hayoti va faoliyatiga jadallik bilan kirib kelayotganiga bog'liq.

"Axborot" tushunchasiga yondashuv ham tubdan o'zgarib bormoqda. Bu atama keyingi paytda ko'proq sotib olinadigan, sotiladigan yoki biror narsaga almashinadigan o'ziga xos mahsulotni ifodalamoqda. Shuni aytish lozimki, bunday mahsulot aksariyat hollarda o'zi saqlanayotgan hisoblash texnikasidan o'nlab, hatto yuzlab barobar qimmat turadi. Internet axborot "o'g'rilari" ni (axborot o'g'rilari kompyuterlar yaratilgunga qadar ham bo'lgan) yangi pog'onaga ko'tardi. Endi kompyuter, modem va yetarli dasturiy ta'minotga ega bo'lgan malakali dasturchi dunyoning ixtiyoriy burchagida joylashgan turli davlat tashkilotlari, xususiy korxona, internet xizmatidan foydalanayotgan shaxs va hokazolarga tegishli axborotlarni o'z xonasidan chiqmasdan o'zlashtirib olishi (o'g'irlashi), ularni g'arazli maqsadlarda o'zgartirishi yoki biror boshqa zarar yetkazishi mumkin. Bu o'z-o'zidan axborotni himoyalash ehtiyojini keltirib chiqaradi.


Kompyuterlar inson ish faoliyatini yengillashtirish maqsadida yaratildi. Ularning soni kun sayin ortib bormoqda. Ammo shu bilan birga jamiyatning kompyuter tizimlariga bog'liqligi ham ortib bormoqda. Hozirgi kunda tibbiyot, soliq, bank tizimi va transport kabi asosiy sohalarda boshqaruv va tashxis ishlari kompyuterlar zimmasiga yuklatilgan. Kompyuter tizimlari harbiy sohada ham alohida o'rin tutadi.

Jamiyatni kompyuterlashtirishning ma'lum bir pog'onasida kompyuterlar yakka va uyushgan jinoyatchilar guruhlarini o'ziga jalb etdi. Ular yetarli texnik va dasturiy vositalarga ega bo'lib, qiyinchiliksiz maxfiy ma'lumotlarni o'g'irlash, diversiya, firibgarlik va boshqa jinoiy ishlarni amalga oshirishlari mumkin bo'lib qoldi. Adliya, kriminalistika, milliy xavfsizlik sohasi mutaxassislari yangi, kutilmagan muammoga duch kelib qoldi.

1971-yil AQSHning "Nyu-York Penni Sentral  Reylroud" temir yo'l kompaniyasi qimmatbaho yuk ortilgan 200 ta vagoni yo'qolganini payqab qoldi. Bu ishni tekshirish jarayonida bir qancha boshqa firmalarning ham vagonlari yo'qolgani aniqlandi. Sinchkovlik bilan olib borilgan tekshirish natijalari vagonlar yo'qolishining sababi kompyuterga atayin noto'g'ri manzil kiritilganida ekanini ko'rsatdi. Bu rasmiy qayd etilgan birinchi "elektron jinoyat" edi. Hozirgi kunga kelib kompyuterlar ham, aloqa tizimlari ham beqiyos darajada rivojlanib ketdi. Bu "elektron jinoyatchilar" ga ham yangi imkoniyatlar yaratib berdi.

 

Viruslar ta'siri

Hozirgi kunda kompyuter tizimlariga o'z malakasini oshirish yoki shunchaki "hazillashib" buzg'unchilik qilayotgan "yosh dasturchilar" ko'proq zarar yetkazadi. Chunki, ular juda ko'pchilikni tashkil qiladi. Ularning ba'zilari kimgadir zarar yetkazayotganini bilmaydi ham.

Internet orqali yetkazilishi mumkin bo'lgan asosiy zararlar:

·        Tarmoqqa ulangan vaqtingizda kompyuteringizga ruxsatsiz "kirish" va uni sizning manfaatingizga zid tarzda masofadan boshqarish.

·        Internetda uzatilayotgan axborotlar "yo'lda ushlab olinib", ulardan nusxa olish yoki o'zgartirish.

·        Turli virus (kompyuter xotirasidagi ma'lumotlarni o'chirish, o'zgartirish kabi ishlarni bajaruvchi va boshqa dastur tarkibiga qo'shilib olish, "yuqish" xususiyatiga ega bo'lgan maxsus dastur) dasturlarini Web-sahifalarga "yashirib qo'yish".

·        Turli davlat tashkilotlari va xususiy korxonalarga tegishli axborotlarni o'g'irlash va raqobatchi tashkilotlarga sotish yoki ma'lum miqdorda to'lov talab qilish.

·        Jamiyat mafkurasi va ma'naviyatiga zid bo'lgan axborotlarni Internetda e'lon qilish.

Ba'zi virus dasturlarining nomidan ham bajaradigan ishini tushunib olish mumkin. Masalan, Black Hole (qora tuynuk, ya'ni ekranning chap burchagidan qora tuynuk ochadi), Black Friday (qora juma, juma kunlari ishlanayotgan fayllarni o'chiradi), Friday 13 (o'n uchinchi juma, ya'ni 13 sana juma kunlari ishlanayotgan fayllarni o'chiradi), "sekin ta'sir qiluvchi virus" (kompyuter ishini bir necha yuz marotalab sun'iy sekinlashtirib yuboradi) va hokazo.

 

Viruslar klassifikatsiyasi

Viruslarni shartli ravishda quyidagi guruhlarga bo'lish mumkin:

·        fayl viruslari (COM, EXE va DLL ni zararlaydi);

·        Boot-viruslar (disketlarni boshlang'ich yuklovchi sektorlari (yoki MBR - Master Boot Record) qattiq diskning yuklovchi sohasini zararlaydi);

·        makroviruslar;

·        tarmoq viruslari.

Fayl viruslari kompyuterlarda eng ko'p tarqalgan viruslardir. Ular barcha viruslarning taxminan 80% ini tashkil etadi. Bu toifa kompyuter viruslari juda chidamli bo'lib, o'z vaqtida ehtiyot chorasi ko'rilmasa haqiqiy epidemiyaga aylanadi. Masalan, RCE-1813 yoki Ierusalem (Quddus), Black Friday (qora juma).

Fayl viruslarini quyidagi guruhlarga bo'lish mumkin:

·        Vena guruhi. Uning birinchi S-648 deb nomlanuvchi vakili Venada topilgan.

·        CASCADE guruhi. RC-1701 deb nomlanuvchi birinchi vakili 1988-yil o'rtalarida topilgan.

·        Quddus guruhi. RCE-1813 deb nomlanuvchi uning birinchi vakili 1987-yilning oxirida Quddus universitetida topildi.

·        TR viruslar guruhi. Mazkur viruslar taxminga ko'ra Bolgariyada ishlab chiqilgan. O'z navbatida bu guruh uch kichik guruhga bo'linadi.

·        Datacrime. Bu guruh viruslari joriy yilning 12-oktabrida faollashadi va А, В, C, D disklarda 8 sektorni ishdan chiqaradi.

·        Avenger guruhi. RCE-1800. RCE-1000 deb nomlanuvchi mazkur guruh katta zararlash imkoniyatiga ega. U nafaqat fayllarni bajarish chog'ida balki uni o'qish va ochish vaqtida ham zararlaydi. Bundan tashqari, bu toifadagi viruslar davriy ravishda sektorlardagi fayl va kataloglarni yo'qotadi, vinchesterga matn xabarlarini yozadi.

·        Island guruhi (Icelandic). Shuni ta'kidlash kerakki, Datacrime va Island guruhiga mansub viruslar hozircha bizning mamlakatimizda yo'q.

·        Boot-viruslar o'zini diskning operatsion sistemani yuklovchi 0-trakiga yozib oladi. Bunday viruslar foydalanuvchi hali antivirus dasturini ishga tushirmasdan avval operatsion sistema (OS) yuklangandayoq faollashadi va tarqaladi.

Boot-viruslari fayl viruslaridan tubdan farq qiladi. Boot-viruslarining soni fayl viruslariga qaraganda ancha kam va ular sekinroq tarqaladi.

Hozirgi vaqtda Boot-viruslarni quyidagi guruhlarga ajratish mumkin:

·        Italiya guruhi. Uning "Bxl-lC-a" deb nomlanuvchi birinchi vakili 1987-yilning oxirida paydo bo'ldi;

·        Pokiston guruhi. Bu guruhga Vgat 86 va Brain 88 viruslari kiradi. Birinchi vakili Vgat 86 Pokistonning Lahor shahrida 1986-yil topilgan.

Tabiiyki, ham fayl sistemasiga, ham yuklash (Boot)  sektoriga zarar yetkazuvchi viruslar ham mavjud.

Makroviruslar - ma'lumotlarni qayta ishlovchi turli tizimlarga (matn muharrirlari, elektron jadvallar) o'rnatilgan makrotil imkoniyatlaridan foydalanadilar. Ular ayniqsa Microsoft Word va Excel dasturlarida keng tarqalgan. Bunday viruslar zararlangan fayllar ishga tushganda faollashadi va shu turdagi fayllar ishga tushsa ularni ham zararlantiradi. Ular nafaqat alohida kompyuterlarni, balki ushbu dasturlar o'rnatilgan tarmoqdagi kompyuterlarni ham zararlantiradi.

Tarmoqqa zarar keltiruvchi viruslar replikatorlar deb atalib, tarmoqdagi barcha yoki ba'zi abonentlarni zararlaydi. Tarmoq viruslari o'zini keng tarqatishi uchun tarmoq protokollari yoki kompyuter tarmoq va elektron pochta buyruqlaridan foydalanadi. Bugungi kunda keng tarqalgan ushbu turdagi viruslar - troyanlar va pochta viruslari (cherv). Bunday viruslar ma'lumotlarni o'g'irlashda keng imkoniyat yaratadi. Ulardan eng «taniqlisi» Morrisa nomlisidir. 1988-yilda ushbu virus Internet tarmog'idagi 30000 ta kompyuterdan 6000 tasiga zarar keltirgan.

 

Viruslardan himoyalanish

Bunday xavflarni oldini olishning bir qancha chora-tadbirlari mavjud. Ularga rioya qilish xavfni butunlay bartaraf etmasada, sezilarli darajada kamaytiradi. Quyida ushbu chora-tadbirlarning asosiylari keltirilgan.

Shaxsiy va lokal tarmoqdagi kompyuterlarga tashqaridan Internet orqali kirishni cheklovchi va nazorat qiluvchi texnik va dasturiy vositalardan foydalanish.

Internet orqali faqat ishonchli manbalardan axborot olish va ularning asl nusxasiga mosligini tekshirish.

Ma'lumotlarni uzatish va qabul qilishda kriptografiya (axborotni kodlash) usullaridan foydalanish.

Kompyuter viruslariga qarshi nazoratchi va davolovchi dasturlardan foydalanish.

Sizning shaxsiy kompyuteringizda manfaat ko'rish maqsadida o'g'irlashga arziydigan qimmatli axborot bo'lmasligi mumkin. Ammo bu axborotlar siz uchun zarur. Kompyuter viruslari esa ularni o'chirib yuborishi yoki foydalanib bo'lmaydigan darajada o'zgartirib yuborishi mumkin. Kompyuter viruslari tarixi Sinsinati shahri (Ogayyo shtati) universitetining ilmiy xodimi, kompyuter xavfsizligi sohasida taniqli mutaxassis, Fred Koen nomi bilan bqg'liq. Koen dasturiy vositalardan noqonuniy nusxa ko'chirishga qarshi himoya muammolari ustida ish olib borib, yangi dastur yaratdi. Bu dastur tez qayta tiklanish va takomillashish hamda kompyuter xotirasidagi muhim ma'lumotlarni o'chirish, sistema fayllarini "buzish" kabi ishlarni bajarish xususiyatiga ega bo'lib, dasturiy vositalardan noqonuniy nusxa olish vaqtida ishga tushardi. Axborotni o'g'rilardan himoya qilishga qaratilgan bu dastur keyinchalik kompyuter viruslarining yaratilishiga turtki bo'ldi.

Kompyuterdagi ma'lumotlarni viruslardan himoya qilish uchun AQSh, Kanada, Rossiyaning bir qator firmalari tomonidan antivirus dasturlar ishlab chiqarilmoqda.

Hozirgi kunda quyidagi antivirus dasturlari keng tarqalgan:

DrWeb for Windows

AVP Platinium

Norton Antivirus

McAfee

Aidstest

            NOD32
Sayt muallifi
Saytdan qidirish
Kalendar
«  Dekabr 2024  »
DuSeChPaJuShYa
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031
Arxiv
Ob-havo ma'lumoti
Ob-havo
Block title
Block title
O'zbek bayramlari

Koson 2024