1-dars. Kompyuterlarning dasturiy ta’minoti.
Dars maqsadi:
O'quvchilarga
kompyuterlarning dasturiy ta’minoti haqida ma’lumot berish.
Asosiy tushunchalar:
Texnik ta’minot, dasturiy
ta’minot, sistema dasturlari, uskunaviy dasturlar, amaliy dasturlar, utilitlar.
Mavzuni boshlashga hozirlik:
Informatika va hisoblash
texnikasi asoslari darsligi va plakat tayyorlab qo'yiladi. O'qituvchi tomonidan
kompyuterlar ishga hozirlanadi. Mavjud elektron darslik va elektron
qo'llanmalar kompyuterga yuklab ishchi holatga keltiriladi.
Mavzuni yoritish:
Informatikada kompyuter texnikasini quyidagi ikki qismning birligi sifatida qaraladi:
- texnik vositalar;
- dasturiy
vositalar.
Texnik vositalar – kompyuterning qurilmalaridir. Ingliz tilida bu qism Hardware deb ataladi va "qattiq mahsulotlar” deb tarjima qilinadi. Bu qismga, masalan, protsessor, vinchester, monitor, klaviatura disk yurituvchi, printerlarni misol qilish mumkin.
Dasturiy vositalar – kompyuter tomonidan ishlatiladigan barcha dasturlar to’plamidir. Ingliz tilida bu qism Software deb ataladi va "yumshoq mahsulotlar” deb tarjima qilinadi. Bu so'z dasturiy ta’minot bilan kompyuterlarning mutanosibligini, dasturlarning takomillashishi, rivojlanishi va moslashuvchanligini ifodalaydi.
Bundan tashqari informatikada yana bir yo’nalish Brainware (brain inlizchadan tarjimasi – intellekt, ong) – algoritmik yo’nalish ajratiladi. Bu yo’nalish algoritmlarni ishlab chiqish, ularni tuzish usul va uslublarini o'rganish bilan bog’liqdir.
Kompyuterlarda ishlatilayotgan dasturlarni shartli ravishda quyidagi uch turga ajratish mumkin:
Bu ajratishning shartli ravishda deyilishiga sabab shuki, dasturiy ta’minotning keskin rivojlanishi va kompyuterlarni qo'llanish sohasining kengayib borishi ba’zi dasturlarning bir turdan boshqa turga o'tib qolishiga sabab bo’lmoqda. Masalan, ba’zi amaliy dasturlarning qo'llanish sohasi chuqurlashib borganligidan va alohida zaruriyatga egaligidan uskunaviy dasturga aylanib bormoqda. Ikkinchi tomondan, foydalanuvchiga e’tiboriga shunday dasturlar tavsiya etilmoqdaki (masalan, "elektron suhbatdosh”), ularni yuqoridagi hususiyatlar bo’yicha ajratish mushkul.
Sizning shaxsiy kompyuteringizda manfaat ko'rish maqsadida o'g'irlashga arziydigan qimmatli axborot bo'lmasligi mumkin. Ammo bu axborotlar siz uchun zarur. Kompyuter viruslari esa ularni o'chirib yuborish yoki foydalanib bo'lmaydigan darajada o'rgartirib yuborishga qodir. Kompyuter viruslari tarixi Sinsinati shahri (Ogayyo shtati) universitetining ilmiy xodimi, kompyuter havfsizligi sohasida taniqli mutaxassis, Fred Koen nomi bilan bog'liq. Koen dasturiy vositalardan noqonuniy nusxa ko'chirishga qarshi himoya muammolari ustida ish olib borib, yangi dastur yaratdi. Bu dastur tez qayta tiklanish va takomillashish hamda kompyuter xotirasidagi muxim ma’lumotlarni o'chirish, sistema fayllarini "buzish” kabi ishlarni bajarish hususiyatiga ega bo'lib, dasturiy vositalardan noqonuniy nusxa olish vaqtida ishga tushardi. Axborotni o'g'rilardan himoya qilishga qaratilgan bu dastur keyinchalik kompyuter viruslarining yaratilishiga turtki bo'ldi. Natijada kompyuter viruslaridan himoyalanish uchun maxsus dasturlar – antiviruslar ishlab chiqishga to'g'ri keldi.
Savol va topshiriqlar
1. Texnik ta’minot deganda nimani tushunasiz?
2. Dasturiy ta’minot deganda nimani tushunasiz?
3. Kompyuterni ishga tushirishda dasturli ta’minotni zaruriyati bormi?
4. Sistema dasturlari deganda nimani tushuniladi?
5. Uskunaviy dasturlar deganda nimani tushuniladi?
6. Amaliy dasturlar deganda nimani tushuniladi?
7. Utilitlar nima?
8. Dasturiy ta’minotni qanday o'zaro bog’langan guruhlari bor?
9. Kompyuter virusi haqida so'zlab bering.