2-amaliy mashg'ulot.
Amaliy mashg'ulot mavzusi: Ro'yxatni alfavit bo'yicha tartiblash. Ustun kengligini to'g'rilash.
Amaliy mashg'ulot tavsifi: Ro'yxat yozing va uni alfavit bo'yicha tartiblang. Ustun kengligini so'zlar kengligiga moslang.
Amaliy mashg'ulotdan kutilayotgan natijalar: Tinglovchilar Excel dasturida berilganlarni o'sib boorish va kamayib boorish bo'yicha tartiblashni va ustun kengliklarini o'zgartirishni bilib oladilar.
Amaliy mashg'ulotni bajarganlarida tinglovchilar quyidagi BKMlarga ega bo'ladilar:
Bilim: Excel dasturida «Dannie-Sortirovka» bandining vazifasi haqida tushunchalariga ega bo'ladilar.
Ko'nikma: Berilganlarni tartiblash va ustunni kengaytirish yoki toraytirish amallarini bajara oladilar.
Malaka: Ro'yxatlar bilan ishlaganda ularni tartiblash amallaridan foydalana oladilar.
Amaliy mashg'ulotning bajarilish tartibi:
1. V ustuniga 5 ta familiya kiriting.
2. Ro'yxatni belgilang va asboblar panelidagi tugmasini (yoki menyudan Dannie-Sortirovka bandini tanlang) bosing. Bunda ro'yxat alfavit bo'yicha tartiblanib qoladi.
3. Bitta ustunga 5-6 ta sonlarni kiriting va yana 2 banddagi amallarni qaytaring.
4. Sichqoncha kursorini ustun nomlari chegarasiga olib keling, uning ko'rinishi holiga o'tadi. Shu vaqtda sichqonchaning chap tugmasini ikki marta bosing. Ustun kengligi ustundagi berilganlarning eng uzun so'z kengligiga mos ravishda kengayadi.(1,2 rasmlar)
Ustun nomlari chegarasi