FORMATLASH uskunalar paneli.
Шрифт - Font - Xarflar shaklini (shriftini) o’zgartirish
Размер - Size - Xarflar kattaligini o’zgartirish
Жирный - Bold (Ctrl+B) - Qalin (yo’g’on) xarflar xolatiga o’tish
Курсив - Italik (Ctrl+I) - Qiyshiq (yotiq) xarflar xolatiga o’tish
Подчеркнутый - Underline (Ctrl+U) - Tagi chiziqli xarflar xolatiga o’tish
Центрировать слева - To left (Ctrl+L) - Matnni (kursor turgan abzatsni) varagning chap tomoni bo’yicha to’g’irlash
Центрировать по центру - To center (Ctrl+E) – Matnni (kursor turgan abzatsni) varagning o’rtasi bo’yicha to’g’irlash
Центрировать справа - To right (Ctrl+R) - Matnni (kursor turgan abzatsni) varaqning o’ng tomoni bo’yicha to’g’irlash
Центровка по ширене - Matnnni (kursor turgan abzatsni) ikkala tomon chеgaralari bo’yicha tеkislash
Список - Raqamli ro’yxat ko’rinishiga o’tkazish yoki undan chiqib kеtish
Список – Bеlgili ro’yxat ko’rinishiga o’tkazish yoki undan chiqib kеtish
Абзац - Abzatsni tashqariga chiqarish
Абзац - Abzatsni ichkariga tortib olish
Внешние граници - Abzats chеgaralarini ramka bilan bеlgilash.
Выделение цветом - Tanlangan matn tagini rang bilan bo’yash
Цвет шрифта - Tanlangan matn xarflar rangini o’zgartirish
Цвет - Color - - Tanlangan matn xarflar rangini o’zgartirish
Matn kiritilib, undagi xato va kamchiliklar to'g'rilab chiqilganidan keyin ham uni tayyor deb aytib bo'lmaydi. Talabalardan biri aytganidek, endi unga "chiroy" berish kerak. Boshqacha aytganda, hujjatning tashqi ko'rinishini o'zgartirib, undan foydalanish qulay bo'lgan va o'quvchilarning e'tiborini o'ziga torta oladigan ko'rinishga keltirish lozim. Buni esa, Bosh menyuning Format bo'limidagi farmoishlar orqali bajariladi. Ularning ko'pchiligini uskunalar paneli yoki qo'shtugmalar orqali bajarish mumkin.
6.7.1
Matnni turli shriftlarda va turli kattalikda kiritish bilan bir qatorda uning tashqi ko'rinishini oddiy, yo'g'on, qiyshiq, ostiga chizib yoki ularning hammasini bir vaqtda qilish mumkin. Bundan tashqari, timsollarni satr sathidan yuqorida yoki pastda yozish mumkin. Bosh menyuning Format bo'limidagi Shrift bandining imkoniyatlari yanada kengroq.
6.7.2
Abzasni formatlashda uni chap, o'ng tomondan yoki ikkala tomondan tekislash, satrning o'rtasiga joylashtirish mumkin. Bundan tashqari, satrlar orasidagi intervalni, birinchi satrdan oldingi, oxirgisidan keyingi intervallarni, chap va o'ng tomonlardan qoldirilgan joylarni ham belgilab chiqish mumkin.
6.7.3