Hujjatga tayyor rasmni kiritish uchun Bosh menyuning Vstavka (Joylash) bo'limining Risunok (Rasm) bandini, undan esa Iz fayla (Fayldan) yoki Kartinki (Tasvirlar) bandini tanlash mumkin. Birinchisi yordamida Siz oldindan kiritmoqchi bo'lgan rasmni tanlash qulay bo'lsa, ikkinchisi yordamida kompyuterdagi rasmlarning galereyasini yaratib, so'ng ulardan mosini tanlab olish mumkin. Rasm hujjatga kiritilgach, uning ustiga sichqonni olib kelib, chap tugmasini chertsak, Nastroyka izobrajeniya (Tasvirni sozlash) uskunalar paneli paydo bo'ladi.
6.9.1-rasm
Undagi birinchi tugma hujjatga yangi rasmlarni kiritish uchun, ikkinchisi rasmni oq-qora yoki rangli tasvirlash uchun, 3-va 4-tugmalar rasmning kontrastligini, 5- va 6-tugmalar rasmning yorqinligini o'zgartirish uchun xizmat qiladi. 7-tugma rasmdan kerakli joyini kesib olish yoki unga bo'sh joy qo'shish uchun, 8-tugma rasmni 90o burish uchun, 9-tugma chiziqlarning turini tanlash uchun, 10-tugma katta rasmlarning hajmini qisqartirish uchun mo'ljallangan.
6.9.2-rasm
11-tugma yordamida rasm va matnning o'zaro joylashishini o'zgartirish mumkin.Bunda rasmni matnga timsol sifatida joylash (V tekste), matn ortiga (Za tekstom) yoki oldiga (Pered tekstom), birgalikda (Skvoznoe) joylash mumkin. Bundan tashqari, matnni rasmning tepa va pastida (Sverxu i snizu),
Ramkasi atrofida (Vokrug ramki) yoki Konturi bo'ylab (Po konturu) joylash mumkin.
12-tugma rasmning barcha parametrlarini o'zgartirish imkonini beradigan Format risunka (Rasm formati) oynasini ekranga chaqiradi. U haqida quyida batafsil to'xtalib o'tamiz. 13-tugma ranglardan birini shaffof qilish uchun xizmat qilsa, 14-tugma rasm ustida bajarilgan barcha o'zgartirishlarni bekor qiladi.