Xavfsizlik texnikasi qoidalari va sanitariya-gigiyena talablari
Aziz o'quvchilar! Informatika fani elektr toki yordamida ishlaydigan kompyuter bilan bog'liq. Siz yaxshi bilasizki, elektr toki inson hayoti uchun xavflidir. Kelgusida sizning hayotingizga va sog'lig'ingizga zarar yetmasligi, shu bilan birga qimmatbaho texnik vositasi bo'lgan kompyuterning buzilib qolmasligi uchun ba'zi qoida va talablarni yodda saqlang. Ular Xavfsizlik texnikasi qoidalari va sanitariya-gigivena talablari deb ataladi.Xavfsizlik texnikasi qoidalari.
Kompyuter xonasida quyidagilar mumkin emas:
- kompyuter xonasiga ustki (palto, kurtka) kiyimda kirish;
- kompyuter va uning qurilmalarini elektr manbaiga ruxsatsiz ulash yoki o'chirish;
- qurilmalardagi murvatlarni burash;
- monitorga qo'l va boshqa narsalarni tekkazish, himoya qopqoqlarini ochish;
- qurilmalarning ulanish joylariga tegish;
- kompyuter yaqinida isitish asboblaridan foydalanish;
- qurilmalar yonida tez yonuvchi moddalar ishlatish;
- xonaga qurilmaning ichki elementlanga salbiy ta'sir etuvchi (kislotali, tarkibida xlor bo'lgan) moddalarni olib kirish, xonani changitish;
- kompyuter va qurilmalar ustiga turli buyumlarni qo'yish;
- kompyuterlar elektr manbaga ulangan holda tozalash ishlarini olib borish;
- qurilmalardan foydalanishda kuch ishlatish;
- ishlab turgan qurilmani qarovsiz qoldirish.
Sanitariya-gigiyena talablari
Kompyuterda ko'p ishlash, ya'ni uning oldida ko'p o'tirish Insonning ko'zi, qon aylanish sistemasi, bosh miya faoliyatiga zarar yetkazishi mumkin. Shunga ко’ra, kompyuterdan foydalanganda quyidagi talablarga rioya qilish zarurdir.O'quvchining ish joyiga tushayotgan yorug'lik tepadan va chapdan tushishi, displey ekrani va klavishlar ko'zni qamashtirmaydigan bo'lishi kerak.
Xonadagi havo harorati o'rtacha 20-24 daraja oralig’ida bo'lishi lozim.
V-IX sinf o'quvchilarining shaxsiy kompyuter bilan ishlash vaqti 25-30 minutdan, bir kun davomida esa 180 minutdan oshmasligi kerak.
O'quvchi kompyuterdan eng kamida 50-60 sm narida o'tirishi kerak.
Ko'z va tana uchun jismoniy mashqlar
Ko'z uchun:Mashqlar o'tirgan yoki turgan holda kompyuter ekraniga qaramasdan bajariladi.
1-4 hisobda ko'z mushaklarini tarang tortib, ko'zni yuming, 1-6 hisobda ko'z mushaklarini bo'sh qo'ying, ko'zni oching (4-5 marta takrorlanadi).
1-4 hisobda burun uchiga qarab turing. Bunda ko'zni charchashgacha olib kelmaag, ko'zni yuming. So'ngra 1-6 hisobda ko'zni ochib, uzoqqa tikiling (4-5 marta takrorlanadi).
Tana uchun:Jismoniy mashqlar harakatlanish qobiliyatida, asab, yurak, qon-tomir, nafas olish va mushak sistemalariiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi, umumiy charchoqni bartaraf etadi, aqliy mehnat qobiliyatini yaxshilaydi.
20-30 sekund turgan joyda o'rta sur'atda yurish.
Dastlabki holat-qo'llar yonda, oyoqlar yelka kengligida tik turilad 1- hisobda
qo'llar oldinda, kaftlar pastga qaratiladi. 2- hi¬sobda qo'llar vonga, kaftlar yuqoriga qaratiladi. 3- hisobda oyoq uchida turiladi, qo'llarini yuqoriga qilib engashiladi. 4- hisobda dastlabki holatga qaytiladi (sekin sur'atda 4-6 marta takrorlanadi).
Dastlabki holat-qo'llar orqaga, oyoqlar yelka kengligidа tik turiladi.
1- hisobda tana o'ngga buriladi. 2- hisobda dastlabki holatga qaytiladi. 3- hisobda qo'llarni atrofga yoyib oldinga egilinadi, bosh orqaga ko'tariladi. 4-hisobda dastlabki holatga qaytiladi. 5-8 hisobda xuddi shuning o'zi boshqa yo'nalishda bajariladi (sekin sur'atda 4-6 marta takrorlanadi).