Paint uskunalar paneli va undan foydalanish
Paintda geometrik shakllarni chizish va tahrir qilish
uchun uskunalar panelidagi piktogrammalardan foydalaniladi.
Paint uskunalar
panelida qanday uskunalar bor?
Uskunalar paneli quyidagi uskunalar to'plamidan
iborat:
Paintning Ellips uskunasi yordamida aylana, To'g'ri
to'rtburchak uskunasi yordamida kvadrat ham chizish mumkin.
Qalam va mo'yqalam yordamida shakllar qanday chiziladi?
Uskunalar panelidan
qalam uskunasi tanlanadi. Sichqonchaning chap
tugmasi bosilgan holda harakatlantirilsa,
uning yurgichi ishchi maydonda
tanlangan rangdagi
iz qoldiradi (qalamni qog'oz ustida harakatlantirganda iz qolgan kabi).
Mo'yqalam ham xuddi qalam kabi amal bajaradi.
Ularning farqi shundaki, qalam bir xil qalinlikdagi chiziq chizsa, mo'yqalam
yordamida turli qalinlikdagi chiziqlar chizish mumkin.
Mo’yqalam uskunasi
tanlanganda uskunalar panelining tagida mo 'yqalam turi paneli paydo
bo'ladi. Undan kerakli mo 'yqalam tanlab olinadi. Buning
uchun yurgichni rasmda ko'rsatilgan shakllardan birining ustiga olib kelib,
sichqonchaning chap tugmasi bosiladi.
1- mashq.
Qalam yordamida 1- rasmdagi shakllarni chizing.
Mashqni bajarishni
ishchi maydon o'lchamlarini belgilab olishdan boshlang.
Buning uchun rasm
menyusidagi xususiyatlar (атрибуты) amalini bajaring.
Hosil bo’lgan xususiyatlar lavhasida ishchi maydonning kengligini 600
piksel, bo'yini 300 piksel qilib belgilang, so'ngra «Ок» tugmasini bosing.
Mashqni bajarish vaqtida
xatolikka yo'l qo'ysangiz, o’chirg’ich uskunasi yordamida
rasmning xatolikka yo'l qo'yil gan qismini o'chirishingiz mumkin. Buning uchun
uskunalar panelidan o'chirg'ich uskunasini tanlab,
yurgichni rasmning xatolikka yo'l qo'yilgan qismi ustida sichqonchaning chap
tugmasini bosgan holda harakatlantirasiz.
Paintda rasm qanday saqlanadi?
Paintda
tayyorlangan rasmni saqlash quyidagi usulda amalga oshiriladi:
1)
Sichqoncha yordamida Fayl menyusining
... kabi saqlash (Сохранить как) bo'limi tanlanadi. Natijada quyidagi
ko'rinish hosil bo’ladi.
2) Fayl
nomi (Имя файла) ko'rsatilgan,
joyga fayl nomi kiritiladi.
3) Fayl saqlanadigan papka
tanlanadi.
4)
Saqlash (Сохранить) tugmasi tanlanadi yoki «Enter» klavishi
bosiladi.
Natijada fayl nomi
sarlavha satrida aks etadi. O'zgartirish kiritilgan rasmni avvalgi nom bilan
saqlash uchun sichqoncha yordamida Fayl menyusining
Saqlash (Сохранить) amalini tanlash
yetarli.
Yodingizda bo'lsin: chizayotgan rasmingizni
tez-tez saqlab turing.
Uskunalar panelidan
purkagich uskunasini tanlab, ishchi maydonning biror qismiga
belgilangan rangli bo'yoq purkash mumkin. Buning uchun sichqoncha yordamida
yurgichni ishchi maydonning kerakli joyiga olib kelib, chap tugmasi
bosiladi. Purkagich asosan peyzajlar chizishda qo'l keladi.
2- mashq. Purkagichdan
foydalanib 2-rasmda keltirilgan manzara chizing.
Paint grafik
muharririda rasm chizishda ellips, to'g'ri to'rtburchak, to 'g'ri chiziq, egri
chiziq va standart shakllardan foydalanish yaxshi samara beradi.
Shuni aytish
lozimki, ellips va to'g'ri to'rtburchak chizish vaqtida Shift
klavishi bosib turilsa mos ravishda aylana va kvadrat
hosil bo'ladi.
3- mashq. To'g'ri chiziq,
ko'pburchak va chegaralangan sohani bo'yash uskunalaridan
foydalanib 3- rasmni chizing.
4- mashq.
To'g'ri to'rtburchak uskunasidan foydalanib 4-
rasmni chizing
5- mashq.
Ellips va purkagich uskunalardan foydalanib 5- rasmni chizing.