Dushanba, 02.12.2024, 11:53
Assalomu alaykum saytimiz mehmonlari!

SehriyoInf.Ucoz.RU

Sayt menyulari
Bo'limlar ro'yhati
Mini chat
So'rovnoma
Microsoft Office dasturlaridan qaysilarini yaxshi bilasiz?
Barcha javoblar: 806
Statistika

Barcha online: 5
Mehmon: 5
Foydalanuvchilar: 0

Operatsion sistemani tashkil etuvchi dasturlar va qobiq dasturlar

4-dars. Operatsion sistemani tashkil etuvchi dasturlar va qobiq dasturlari. 

Dars maqsadi:

O‘quvchilarni grafik qobiq, grafik muhit, ko‘p vazifalilik, yagona dasturiy interfeys, yagona apparatli-dasturiy interfeys bilan tanishtirish. 

Asosiy tushunchalar:

Grafik qobiq, grafik muhit, ko‘p vazifalilik, yagona dasturiy interfeys, yagona apparatli-dasturiy interfeys. 

Mavzuni boshlashga hozirlik:

Informatika va hisoblash texnikasi asoslari darsligi va plakat tayyorlab qo‘yiladi. O‘qituvchi tomonidan kompyuterlar ishga hozirlanadi. Mavjud elektron darslik va elektron qo‘llanmalar kompyuterga yuklab ishchi holatga keltiriladi. 

Mavzuni yoritish:

Foydalanuvchi bilan kompyuter orasidagi munosabatni operatsion sistema ta’minlaydi. Operatsion sistemaning interfeysi qancha qulay bo‘lsa,   foydalanuvchining kompyuter bilan ishlashi shuncha yengil bo‘ladi. Shu maqsadda operatsion sistemaning qobiq dasturlari yaratildi. Bunday qobiq dasturlardan biri Norton Commander (NC) dasturi bo ‘lib u  MS DOS operatsion sistemasi buyruqlari bazasida ishlaydi.. Norton Commander qobiq dasturi Piter Norton Computing firmasi tomonidan ishlab chiqarilgan. Dunyoda ko‘plab firmalar tomonidan bunday qobiq dasturlar ishlab chiqarilgandir. Masalan QDOS, Path Minder, Xtree, Pic Commander, Victoria, hattoki MicroSoft firmasi raqobat tarzida o‘zining dastur qobig‘i  Shell 4.0 va 5.0 versiyalarini yaratdi. Biroq bu qobiq dasturlar Norton Commander o‘rnini bosa olmadi. 

Norton Commander foydalanuvchi  kiritgan buyruqlarni esda saqlab boradi va ishlash jarayonida yana shu buyruqlardan foydalanishga to‘g‘ri kelsa, ularni takroran klaviatura orqali termasdan amalga oshirish imkonini beradi.

Biz bu dasturning ishlash jarayoni bilan yaqindan tanishmaymiz, chunki hozirgi zamonaviy kompyuterlarda boshqa dasturlar qo‘llanila boshlangan.

Kompyuterlar texnik tomondan mukammallashib, ularning grafik imkoniyatlarining rivojlanib borishi dasturchilarda grafik interfeysli qobiq dasturlar yaratishga sabab bo‘ldi. 1990-yilda ishlab chiqarilgan WINDOWS 3.0 dasturi birinchi ommaviy grafik qobiq-dasturga aylandi.

 

Savol va topshiriqlar

1.     Qobiq dasturning afzalliklari haqida so‘zlab bering.

2.     Norton Commander qobiq dasturi nima uchun nofrafik qobiq dastur  turkumiga kiradi ?

3.     Norton Commander qobiq dasturi kim tomonidan yaratildi ?

4.     WINDOWS 3.0  nima uchun grafik qobiq-dasturi deyiladi ?

5.     WINDOWS ning qaysi biridan boshlab operatsion sistema deyiladi ? 

 

Bilimingizni testlar yordamida sinab ko‘ring

1. Joriy disk - bu ...

A)  foydalanuvchi shu paytda ishlayotgan disk        B)  CD-ROM

C) qattiq disk            D)  operatsion sistema saqlanadigan disk        E)  virtual disk

 

2. Yorliq - bu ...

A) fayl, jild yoki dasturning nusxasi          B) direktoriya          C) fayl, jild yoki dasturning grafik tasviri

D) ko’chirib o’tkazilgan fayl, jild yoki dastur   E)  Bunday tushuncha yo’q

 

3. Fayllar o’chirilganda Savatcha (Korzina) aktivlashadi.

A) Fayllar o’chirilganda, ular diskdan o’chib ketadi, savatchada ularning faqat ro’yxati qoladi

B) Fayllar diskdan o’chib ketmaydi, ular Savatcha papkasida saqlanadi, ammo avval saqlanayotgan papkasida bo’lmaydi

C)  Fayllar diskdan o’chib ketmaydi, avval saqlanayotgan papkasida qoladi

D)  To’g’ri javob keltirilmagan

 

4. Modem - bu ... uchun mo’ljallangan qurilma

A) axborotni chop etish

B) axborotni saqlash

C) axborotni shu vaqtda qayta ishlash

D) axborotni telefon kanallari orqali uzatish

E)  To’g’ri javob keltirilmagan

 

5. Operatsion sistema qanday funksiyalarni bajaradi?

A) fayllarni tashkil qilish va saqlashni ta'minlaydi

B) kiritish-chiqarish qurilmalarini ulash

C) kompyuter va  tashqi  qurilmalarning o’zaro axborot almashinuvini tashkil etadi

D)  kompyuter resurslarini boshqarish, inson bilan muloqatini tashkil qilish

E)  To’g’ri javob keltirilmagan

 

6.  Ichki buyruqlar - bu ...

A)  fayl va kataloglar xosil qilishga mo’ljallangan buyruqlar

B)  DOS tarkibiga kirgan buyruqlar

C)  sys, exe, com kengaytmali buyruqlar

D)  Bunday pushuncha yo’q

E)  To’g’ri javob keltirilmagan

7.   BIOS qaerda joylashgan?

A)  tezkor (operativ) xotira qurilmasida        B)  vinchesterda        C)  CD-ROM da

D)  doimiy xotira qurilmasida                E)  To’g’ri javob keltirilmagan

 

8.    Operatsion sistemani yuklovchining vazifasi ...

A)  EHM tezkor xotirasiga dasturlarni yuklash

B)  foydalanuvchi kiritgan buyruqlarni qayta ishlash

C)  operatsion sistema modullari(io.sys va msdos.sys)ni xotiraga o’qib olish

D)  kiritish-chiqarish qurilmalarini ulash

E)  To’g’ri javob keltirilmagan

 

9.    Keltirilgan qaysi nom qattiq diskka mos?

A)  A:              B)  B:            C)  C:        D)  A: yoki B:             E)  To’g’ri javob keltirilmagan

 

10. Qurilma drayverlari:

A) Bu kiritish va chikarish amallarini  bajarish  uchun  mo’ljallangan qo’rilmaviy vositalar.

B) Bu kiritish va chikarish qurilmalarini ishga tushirish uchun  mo’ljallangan dasturiy vositalar.

C) Bu yuqori darajadagi tillarni mashina kodiga o’tkazuvchi dastur.

D) EHM bilan ishlash tezligini oshirish imkoniyatini yaratuvchi dastur.

E) Kiritish va chiqarish amallarini bajaruvchi dasturiy vositalar.

 

11. Magnitli diskdagi sektorlar soni nimaga bog’liq?

A) EHM va diskovod qurilmasiga bog’liq.

B) Diskovod qurilmasiga bog’liq.

C) Magnitli disk, diskovod qurilmasi va DOS ga bog’liq.

D) Magnitli diskga bog’liq.

 E) Disk operatsion sistemasiga bog’liq.

Sayt muallifi
Saytdan qidirish
Kalendar
«  Dekabr 2024  »
DuSeChPaJuShYa
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031
Arxiv
Ob-havo ma'lumoti
Ob-havo
Block title
Block title
O'zbek bayramlari

Koson 2024