Dushanba, 02.12.2024, 11:56
Assalomu alaykum saytimiz mehmonlari!

SehriyoInf.Ucoz.RU

Sayt menyulari
Bo'limlar ro'yhati
Mini chat
So'rovnoma
Saytga baho bering
Barcha javoblar: 572
Statistika

Barcha online: 4
Mehmon: 4
Foydalanuvchilar: 0

I BOB

I. UMUMIY QOIDALAR

1- modda. Ushbu qonunning maqsadi.
Ushbu Qonun fuqarolarga talim tarbiya berish, kasb-hunar o'rgatishning huquqiy asoslarini belgilaydi, hamda har kimning bilim olishdan iborat konstitutsiyaviy huquqini ta'minlashga qaratilgan.


2- modda. Talim tog'risidagi qonun hujjatlari.
Talim tog'risidagi qonun hujjatlari ushbu Qonundan hamda boshqa qonun hujjatlaridan iborat. Qoraqalpog'iston Respublikasida ta'lim sohasidagi munosabatlar Qoraqalpog'iston Respublikasining qonun hujjatlari bilan ham tartibga solinadi. Agar O'zbekiston Respublikasining halqaro shartnomasida ta'lim to'g'risidagi qonun hujjatlaridagidan o'zgacha qoidalar belgilangan bo'lsa halqaro shartnoma qoidalari qo'llaniladi.


3- modda. Ta'lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy prinsiplari.
Ta'lim O'zbekiston Respublikasi ijtimoiy taraqiyoti sohasida ustuvor deb e'lon qilinadi. Ta'lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:
- Talim va tarbiyaning insonparvar.demokratik xarakterda ekanligi;
- Ta' limning uzluksiziigi va izchilligi;
- Umumiy o'rta shuningdek o'rta maxsus.kasb-hunar talimining majburiyligi;
- O'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi yo'nalishini Akademik litseyda yoki kasb-hunar kollejida o'qishni tanlashning ixtiyoriyligi;
- Ta'lim tizimining dunyoviy xarakterda ekanligi;
- Davlat ta'lim standartlari doirasida ta'lim olishning hamma uchun ochiqligi;
- Ta'lim dasturlarini tanlashga yagona va tabaqalashtirilgan yondashuv;
- Bilimli bo'lishni va iste'dodni rag'barlantirish;
- Ta'lim tizimida davlat va jamoat boshqaruvini uyg'unlashtirish..

4-modda. Bilim olish huquqi.
Jinsi, tili, yoshi, irqiy, milliy mansubligi, e'tiqodi, dinga munosabati, ijtimoiy kelib chiqishi, xizmat turi, ijtimoiy mavqei, turar joyi, O`zbekiston Respublikasi hududida qancha vaqt yashayotganligidan qat'iy nazar, har kimga bilim olishda teng huquqlar kafolatlanadi. Bilim olish huquqi: Davlat va nodavlat ta'lim muassasalarini rivojlantirish. Ishlab chiqarishdan ajralgan va ajralmagan holda ta'lim olishni tashkil etish; Ta'lim va kadrlar tayyorlash davlat dasturlari asosida bepul o'qitish. Shuningdek ta'lim muassasalarida shartnoma asosida to'lov evaziga kasb-hunar o'rgatish; Barcha turdagi ta'lim muassasalarining bitiruvchilari keyingi bosqichdagi o'quv yurtlariga kirishda teng huquqlarga ega bo'lishi; Oilada yoki o'zi mustaqil ravishda bilim olgan fuqarolarga akkreditatsiyadan o'tgan ta'lim muassasalarida ekstemat tartibida attestasiyadan o'tish huquqini berish orqali ta'minlanadi. Boshqa davlatlarning fuqarolari O'zbekiston Respublikasida halqaro shartnomalarga muvofiq bilim olish huquqiga ega. Respublikada istiqomat qilayotgan fuqaroligi bo'lmagan shaxslar bilim olishda O'zbekiston Respublikasi fuqarolari bilan teng huquqlarga ega.

5-modda. Pedagogik faoliyat bilan shug'ullanish huquqi.
Tegishli ma'lumoti kasb tayorgarligi bor va yuksak ahloqiy fazilatlarga ega bo'lgan shaxslar pedagogik faoliyat bilan shug'ullanish huquqiga ega. Pedagog hodimlarni oliy o'quv yurtlariga ishga qabul qilish O'zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasi tasdiqlagan Nizomga muvofiq tanlov asosida amalga oshiriladi. Pedagogik faoliyat bilan shug'ullanish sud hukmiga asosan man etilgan shaxslarning ta'lim muassasalarida bu faoliyat bilan shug'ullanishiga yo'l qo'yilmaydi.

6-modda. Ta'lim muassasaning huquqiy maqomi.
Ta'lim muassasasini akkreditatsiyalash vakolati davlat organi tomonidan attestatsiyaga asosan amalga oshiriladi. Ta'lim muassasasi yuridik shaxs bo'lib, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda barpo etiladi. Nodavlat ta'lim muassasasi O'zbekiston Respublikasi ta'lim muassasasi Vazirlar mahkamasi belgilagan tartibda davlat akkreditatsiyasidan o'tgan paytdan boshlab yuridik shaxs huquqlari va ta'lim faoliyati bilan shug'ullanish huquqiga ega bo'ladi. Ta'lim muassasasi qonun hujjatlariga muvofiq ishlab chiqilgan ustav asosida faoliyat ko'rsatadi. Ta'lim muassasasi attestasiya natijalariga binoan davlat akkreditatsiyasidan mahrum etilishi mumkin. Ta'lim muassasalari o'quv-tarbiya majmualariga hamda o'quv - ilmiy-ishlab chiqarish birlashmalari va uyushmalariga birlashishga haqli. Ta'lim muassasalari ustavda belgilangan vazifalarga muvofiq pulli ta'lim xizmatlari ko'rsatish, shuningdek( tadbirkorlik faoliyatining boshqa turlari bilan shug'ullanishga haqli.

7- modda. Davlat ta`lim standartlari.
Davlat ta'lim standartlari umumiy o'rta, o'rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta'lim mazmuniga hamda sifatiga qo'yiladigan talablarni belgilaydi. Davlat ta'lim standartlarini bajarish O'zbekiston Respublikasining barcha ta'lim muassasalari uchun majburiydir.

8- modda. Ta'lim berish tili.
Ta'lim muassasalarida ta'lim berish tilidan foydalanish tartibi Davlat tili haqidagi O'zbekiston Respublikasi Qonuni bilan tartibga solinadi.

Sayt muallifi
Saytdan qidirish
Kalendar
«  Dekabr 2024  »
DuSeChPaJuShYa
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031
Arxiv
Ob-havo ma'lumoti
Ob-havo
Block title
Block title
O'zbek bayramlari

Koson 2024