Dushanba, 02.12.2024, 11:47
Assalomu alaykum saytimiz mehmonlari!

SehriyoInf.Ucoz.RU

Sayt menyulari
Bo'limlar ro'yhati
Mini chat
So'rovnoma
Microsoft Office dasturlaridan qaysilarini yaxshi bilasiz?
Barcha javoblar: 806
Statistika

Barcha online: 7
Mehmon: 7
Foydalanuvchilar: 0

12-dars

Paintda rasmlarni qayta ishlash

Paintda rasm qismi faylga qanday saqlanadi?

Bir necha rasmning bo'laklarini birlashtirib yangi mazmundagi rasm hosil qilish mumkin. Buning uchun avval rasmlarning kerakli qismlarini ajratib olib alohida fayllarda saqlash maqsadga muvofiq bo'ladi.


Paintda rasmning istalgan qismini belgilab olib biror nom bilan saqlab qo'yish imkoniyati mavjud. Bu vazifa quyidagi ketma-ketlikda amalga oshiriladi:

1)    rasmning kerakli qismi uskunalar paneli yordamida belgilanadi (1- rasm);

2)    Tahrir menyusining Faylga nusxalash (Копировать в файл) bo'limiga kiriladi (2- rasm);

3)    fayl nomi kiritilib (masalan, «epizod1») Saqlash (Сохранить) tugmasi tanlanadi yoki «Enter» klavishi bosiladi (3- rasm);

 


4) natijada «epizodl» faylida (4- rasmdagi kabi) kiyikning oq fonli ko'rinishi hosil bo'ladi.

Paintda bir nechta rasm qanday birlashtiriladi?

Bir nechta rasmdan yangi rasm hosil qilish uchun quyidagi ketma-ketlikdagi amallar bajariladi:

1)   paint dasturi ishga tushiriladi;

2)   Tahrir menyusining Fayldan olib qo'yish (Вставить из файла) bo'limiga kiriladi (5-rasm);

     3)   kerakli fayl (birinchi rasm) tanlanib Ochish (Открыть) tugmasi tanlanadi yoki «Enter» klavishi bosiladi (6- rasm);

4)   ochilgan rasmni ishchi maydonning kerakli joyiga joylashtiriladi va o'lcham zaruratga qarab o'zgartiriladi (7-rasm);


5)                xuddi birinchi rasm kabi ikkinchi (uchinchi va hokazo) rasmlar birinchi rasm ustiga fayldan ochiladi (8-rasm);


6)    keyingi joylashtirilgan rasmlarning oq foni avval joylashtirilgan rasmlarning bir qismini to'sib qo'yadi (8-rasmdagi ko'rinish kabi). Bu kamchilikni bartaraf etish uchun Rasm (Рисунок) menyusining Shaffof bo'lmagan fon (Непрозрачный фон) amali inkor etiladi. Natijada oq fon shaffof fonga o'tadi (9-rasm);

7)   hosil bo'lgan shaffof fonli rasmni ishchi maydonning kerakli joyiga joylashtirib, kerakli o'lchamga keltiriladi va saqlab qo'yiladi (10-rasm).

 

Amaliy topshiriqlar

1-   mashq. 12-dars 2-mashqda hosil qilingan 12-rasmdagi baliqchani alohida faylda «Baliqcham» nomi bilan saqlab qo'ying.

2-    mashq a) 11-rasmdagi ko'rinishlarni hosil qilib, mos ravishda, «archa» (11a-rasm), «Оу» (11b-rasm) va «sham» (11d-rasm) nomli fayllarda saqlang;



 b)  «Оу» faylidagi rasmni «archa» faylidagi archa uchiga mutanosib o'lchamda joylashtiring va «archaoy» nomli faylda saqlang;

d) «sham» faylidagi rasmni «archaoy» faylidagi archaning bir necha joyiga mutanosib o'lchamda joylashtiring va «Yangi yil» nomli faylda saqlang.

Sayt muallifi
Saytdan qidirish
Kalendar
«  Dekabr 2024  »
DuSeChPaJuShYa
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031
Arxiv
Ob-havo ma'lumoti
Ob-havo
Block title
Block title
O'zbek bayramlari

Koson 2024