Dushanba, 02.12.2024, 11:51
Assalomu alaykum saytimiz mehmonlari!

SehriyoInf.Ucoz.RU

Sayt menyulari
Bo'limlar ro'yhati
Mini chat
So'rovnoma
Microsoft Office dasturlaridan qaysilarini yaxshi bilasiz?
Barcha javoblar: 806
Statistika

Barcha online: 6
Mehmon: 6
Foydalanuvchilar: 0

6-dars

Ikkilik sanoq sistemasida

amallar bajarish

 

Kompyuterlar ishlab chiqarila boshlanganda kompyuterlarning ishlash prinsipi bilan bog'liq bo'lgan axborotlarni ikkilik sanoq sistemasida kodlash va amallar bajarish masalasi yuzaga keldi. Chunki, kompyuterga biror amalni bajarishni o'rgatish uchun inson shu amalni qanday bajarilishini tasavvur qilishi zarurdir. Demak, kompyuterlarni ishlash prinsipini o'rganish uchun ikkilik sanoq sistemasida amallar qanday bajarilishini bilishingiz maqsadga muvofiqdir.

 

Ikkilik sanoq sistemasida arifmetik amallar.

Kundalik hayotimizda ishlatiladigan o'nlik sanoq sistemasidagi sonlar ustida arifmetik amallar bajarish usullarini bilamiz. Mazkur usullar boshqa barcha pozitsiyali sanoq sistemalari uchun ham o'rinlidir.

O'nlik sanoq sistemasida qo'shish amalini ko'rsak, biz avval birliklarni, so'ng o'nliklarni, keyin yuzliklar va hokazolarni o'zaro qo'shib boramiz. Bu jarayon barcha pozitsiyali sanoq sistemalari uchun o'rinli bo'lib, toki oxirgi qiymat bo'yicha eng katta razryadni qo'shishgacha davom etadi. Mazkur jarayonda shu narsani doim eslash kerakki, agar biror razryad sonlarini qo'shganimizda natija sanoq sistema asosi qiymatidan katta chiqsa yigindining sanoq sistema asosidan katta qismini keyingi razryadga o'tkazish kerak.

Masalan, o'nlik sanoq sistemasida:

 

Ma'lumki ikkilik sanoq sistemasi faqat ikkita: 0 va 1 raqamlaridan tashkil topgan. Shu sistemada qo'shish, ayirish va ko'paytirish amallari quyidagicha bajariladi:


Endi yuqoridagi jadvallar yordamida ikkilik sanoq sistemasidagi sonlar ustida turli arifmetik amallar bajarishga doir misollar ko'ramiz.

 

 


 


O'nlik sanoq sistemasidagi 4, 7 va 15 sonlarini o'nlik va ikkilik sanoq sistemalarida qo'shing. Avvalgi darsdan

  

 ekanligini bilamiz.

  

Ikkilik sanoq sistemasidagi butun sonlarni o'nlik sanoq sistemasida va aksincha tasvirlash usullari

 

Turli asosli sanoq sistemasidagi butun sonlarni o'nlik sanoq sistemasiga o'tkazishda quyida keltirilgan asos darajalari bo'yicha yoyish formulasidan foydalaniladi:

 

bu yerda:

   berilgan sonni tashkil etuvchi raqamlar;

k - sondagi raqamlar sonidan bitta kam miqdor (chunki birinchi razryad 0 (nol) dan boshlangan).

1-misol. Ikkilik sanoq sistemasidagi 101110 sonni o'nlik sanoq sistemasiga o'tkazing.

Yechish: Yuqoridagi formulaga muvofiq

  

O'nlik sanoq sistemasidagi sonlarni ikkilik sanoq sistemasiga o'tkazish uchun berilgan son o'tkaziladigan sanoq sistema asosiga natija 1 ga teng bo'lguncha ketma-ket bo'linadi va qoldiqlar o'ngdan chapga qarab yoziladi.

2-misol. O'nlik sanoq sistemasidagi 37 sonini ikkilik sanoq sistemasiga o'tkazing.

Yechish:

  

Sayt muallifi
Saytdan qidirish
Kalendar
«  Dekabr 2024  »
DuSeChPaJuShYa
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031
Arxiv
Ob-havo ma'lumoti
Ob-havo
Block title
Block title
O'zbek bayramlari

Koson 2024