Paint dasturi haqida
Umrida rasm chizmagan kishini uchratish
juda mushkul. O’zingiz ham maktabda rasm darsida turli rasmlarni chizgansiz.
Rasmlar turli usulda ishlangan bo’lishi mumkin.
Masalan, qalam yoki flomaster yordamida,
turli bo’yoqlar va mo’yqalam yordamida rasm chizish mumkin. Rasm chizish
qanchalik zavqli bo’lmasin, xatolikka yo’l qo’ygan bo’lsangiz uni tuzatish oson
kechmaydi. Ko’pincha buning iloji ham bo’lmaydi. Bu borada kompyuter beqiyos
imkoniyatlarga ega. Paint dasturi yordamida turli shakllar, ramlar chizish har xil
ranglardan foydalanish, so’zlar yozish zarur bo’lsa osonlik bilan xatolarni
tahrir qilish mumkin. Paintda
chizilgan har qanday shakl yoki rasm piksellarning (nuqtalarning) to’plamidan
iborat bo’ladi.
Paint dasturi qanday ishga tushiriladi?
Paint dasturini ishga tushirishni uch
xil usulda amalga oshirish mumkin:
- masalalar panelidagi
piktogrammasi yordamida;
- ish stolidagi yorlig’i
yordamida;
- quyidagi ketma-ketlikdagi
buyruqlarni bajarish orqali amalga oshiriladi (kalkulyatorni ishga tushirish
kabi):
Paint dasturida
ishni tugallas uchun esa X piktogrammasini
yoki fayl menyusining «Выход» - ya'ni
chiqish buyrug'ini tanlash yoki Alt + F4
klavishalarini birgalikda bosish yetarli.
Paint dasturining muloqot oynasi quyidari asosiy
qismlardan tashkil topgan:
Sarlavha
sairida ishlanayotgan rasm faylining nomi ko'rinib turadi. Agar rasmga nom berilmagan
bo'lsa, «nomsiz» (Безымянный) yozuvi turadi.
Menyular satri fayllar bilan
ishlash (hosil qilingan rasmni saqlash, saqlangan rasmni o'qish, ...), rasmni
tahrir qilish (rasm rangini o'zgartirish, rasmni biror burchakka burish, ...),
rasm o'lchamlarini belgilash kabi amallarni o'z ichiga oladi.
Menyular satri quyidagilardan
iborat:
Ishchi
maydoni kompyuter monitorining rasm chizish uchun ajratilgan qismidir.
Uskunalar
paneli rasm chizish va tahrir qilish uchun uskunalar (qalam bo'yoq purkagich, o'chirg'ich,
...), turli chiziq va shakllar majmuidan iborat.
Ranglar
majmui (palitra) turli rangdagi chiziqlarni chizish va bo'yashda rang
tanlash uchun ishlatiladi.
Holat satrida sichqoncha
ko'rsatkichi turgan joyga mos nuqralar o'rni ko'rsatiladi.
Fayl, tahrir, ko'rinish va rasm menyulari nimalardan iborat?
«Fayl» menyusi yordamida
rasm chizish uchun yangi ishchi maydon hosil qilish, saqlangan rasmni diskdan
o'qib olish, hosil qilingan rasmni saqlab qo'yish, rasmni boshqa nom bilan
saqlash, ishchi maydondagi rasmni qog'ozga chop etish va dasturdan chiqish
amallarini bajarish mumkin. U quyidagi amallardan iborat:
«Tahrir» menyusi yordamida oxirgi bajarilgan amalni bekor qilish va qayta tiklash tasvirning belgilangan qismini
qirqib olish yoki nusxalash, olingan
nusxani tasvirga joylashtirish yoki diskda saqlab qo'yish mumkin. U quyidagi amallar
majmuiga ega:
«Ko'rinish» menyusi yordamida Paintning ba'zi elementlarini (uskunalar paneli, ranglar
majmui va h.k.) o'rnatish yoki olib qo'yish, ishchi maydondagi tasvirning o'lchamini o'zgartirish mumkin.
U quyidagi amallar
majmuiga ega:
«Rasm» menyusi yordamida
ishchi maydondagi. rasm yoki uning belgilangan qismi ustida gorizontal yoki
vertikal akslantirish, ma'lum burchakka burish, cho'zish yoki siqish o'ngga
yoki chapga og'dirish, rangini o’zgartirish (negativ ko'rinishga keltirish),
fonini shaffof qilish, ishchi maydonni tozalash amallarini bajarish mumkin. U
quyiagi amallar majmuiga ega:
«Palitra» menyusi yordamida palitrani o'zgartirish, unga yangi ranglar qo'shish mumkin. U «Palitrani o'zgartirish» (Изменить палитру) amalidan iborat. Palitrani o'zgartirish amali tanlansa, monitorda palitra lavhasi paydo bo'ladi. Bu lavha yordamida istalgan rangni hosil qilish va uni palitraga qo'shib qo'yish mumkin.