2- dars. Kompyuterlar.
Dars maqsadi:
O'quvchilarga shaxsiy
kompyuter, kompyuterning asosiy qurilmalari, adres, mashina so'zi, videoxotira,
protsessor, plata, portlar, ma’lumotlarni kiritish-chiqarish qurilmalari:
monitor, klaviatura, disk yurituvchi, vinchester, printer, trekbol-sichqoncha,
joystik, plotter, skaner, strimmer, modem, soundblaster, multimedia haqida
ma’lumot berish.
Asosiy tushunchalar:
Shaxsiy kompyuter,
kompyuterning asosiy qurilmalari, adres, mashina so'zi, videoxotira, prosessor,
plata, portlar, ma’lumotlarni kiritish-chiqarish qurilmalari, monitor,
klaviatura, disk yurituvchi, vinchester, printer, trekbol, sichqoncha, joystik,
plotter, skaner, strimmer, modem, soundblaster, multimedia.
Mavzuni boshlashga hozirlik:
Informatika va hisoblash
texnikasi asoslari darsligi va plakat tayyorlab qo'yiladi. O'qituvchi tomonidan
kompyuterlar ishga hozirlanadi. Mavjud elektron darslik va elektron
qo'llanmalar kompyuterga yuklab ishchi holatga keltiriladi.
Mavzuni yoritish:
Kompyuterlarning qurilmalari bilan darslikdan tanishsiz. Bu qurilmalarning ba’zilari bilan chuqurroq tanishtiramiz.
Matritsali printerlarda belgilar rangli tasmaga urilayotgan metall ignachalar yordamida qog'ozga tushiriladi. Har bir belgi 9, 18 yoki 24 ta vertikal joylashtirilgan ignalar to'plamidan hosil bo'ladi. Kamchiligi: baland ovoz chiqarib ishlashi, bosma sifatining pastligi, tezligining pastligi.
Lazer printerlarining ishlashi quyidagicha: kompyuter matn saxifasining tasvirini o'z xotirasida aks ettiradi va printerga uzatadi. Saxifa haqidagi ma’lumotlar lazer nurlari yordamida yorug'likka o'ta sezgir qoplamali aylanuvchan barabanga akslantiriladi. Bu qoplama yorug'lik intensivligiga qarab o'zining elektromagnit xususyatlarini o'zgartiradi.
Nurlantirilgandan keyin elektr toki ta’siridagi baraban yuzasining nurlangan qismlariga toner – kukunli bo'yoq yopishib qoladi. Shundan keyin printer maxsus qaynoq valcha yordamida qog'ozni barabanga yo'naltiradi. Shundan keyin toner qog'ozga o'tib issiq ta’sirida "erib” yopishadiva tiniq sifatli tasvir hosil bo'ladi. Kamchiligi: narxining qimmatligi.
Purkovchi printer belgilarni siyohli nuqtalarning ketma-ketligi sifatida hosil qiladi. Printerda chop etish juda mayda naychalardan tez qotuvchi siyohning varaqqa purkalishi orqali amalga oshiriladi. Shuning uchun bu printerlarda yuqori sifatli qog'oz qo'llaniladi. Rangli purkovchi printerlarda ranglar to'rtta asosiy rang – xavorang, qirmizi, sariq va qora ranglarning kombinatsiyasi asosida asosida hosil qilinadi.
Printerlar kompyuter bilan maxsus kabel yordamida ulanadi. Kabelning bir uchi printer uyachasiga, ikkinchi uchi kompyuterning printer portiga ulanadi. Port – kompyuterning maxsus bo'linmasi. Port orqali kompyuterga tashqi qurilmalar ulanadi.
Har bir printer drayver deb ataluvchi maxsus dasturga ega. Bu dastur kompyuter bilan printerning o'zaro aloqasini ta’minlaydi.
Plotter (grafyasagich) – kompyuter boshqaruvi ostida grafik, rasm yoki diagrammalar chizuvchi qurilma. Plotterlarning rolikli va planshetli turlari mavjud. Plotterlarga ham printerlar kabi maxsus dastur – drayver zarur.
Skaner – qog'ozdagi ma’lumotni kompyuterga kirituvchi (uzatuvchi) qurilma. U hujjat tasvirini raqamlar orqali kodlab kompyuter xotirasiga joylashtiradi.
Printer kompyuter xotirasidagi ma’lumotni qog'ozga chiqarsa, skaner aksincha, qog'ozdagi ma’lumotni kompyuter xotirasiga kiritadi.
Modem – kompyuterdagi ma’lumotlarni telefon tarmoqlari orqali uzoq masofalarga uzatish qurilmasi.
Ichki va tashqi modemlar mavjud. Tashqi modemlar alohida qurilma ko'rinishida, ichki modemlar kompyuter ichiga o'rnatiladigan elektron plata ko'rinishida bo'ladi.
Faks – tasvirlarni telefon tarmog'i orqali faksimil usulda uzatuvchi qurilma. Faks so'zi grafik ko'rinishidagi ma’lumot (imzo, hujjat va hokazo)ni aniq tasviri degan ma’noni anglatuvchi "faksimile” (lotincha fac simile – shu kabi hosil qil) so'zidan kelib chiqqan.
Savol va topshiriqlar.
- Nima uchun kengaytirish slotlariga ega bo'lish kerak?
- Tizimli shinalarning nima maqsadda ishlatilishini tushuntiring.
- Portlarning qanday turlari mavjud va ular bir-biridan nimasi bilan farq qiladi?
- Doimiy(ROM) va tezkor(RAM) xotiralarni bir-biridan ajratib turuvchi xususiyatlarni sanab o'ting.
- Magnit va CD-larning umumiy va farq qiluvchi xususiyatlarini ko'rsating.
- Magnit disk va lentalarning umumiy va farq qiluvchi xususiyatlarini ko'rsating.
- Yig’uvchi va protsessor orasidagi axborot almashish tezligi nima bilan aniqlanadi?
- "Sichqoncha”ning asosiy xarakteristikalarini aytib bering.
- Sensorli kirish qurilmasining o'ziga xos xususiyatlarini aytib bering.
- Skanerlarning asosiy xarakteristikalarini aytib bering.
- Qanday qurilmalar skanerlar sinfini hosil qiladi?
- Tovushni sezish qurilmasi nima?
- Qanday printer yuqori sifatli chop etishga imkon beradi?
- Qaysi turdagi printerlarning ishlash prinsipi yozuv mashinkasiniki kabidir?
- Plotterning ishlash prinsipini aytib bering.
- Qanday periferiya qurilmalar nafaqat axborotni kiritishni, balki axborotni chiqarishni ham ta’minlaydi?
- Kompyuter tarmog'ida modemdan foydalanish zaruriyatini tushuntiring.