Darsni
kuzatish va uning tahlili.
Dars
kuzatish va tahlil qilish orqali o‘quvchilarning umumiy tayyorgarligi, bilim
olishdagi faoliyati, o‘quv fanga bo‘lgan qiziqishi, diqqat bilan ishlashi,
matn, xarita, jadval, asboblar bilan mustaqil ishlay bilishi, o‘qituvchiga
bo‘lgan munosabati aniqlanadi. Shu bilan birga o‘qituvchining faoliyati ham
tahlil qilinadi. Chunonchi, o‘qituvchining o‘quv dasturi
materiallarini bilish darajasi, yangi mavzuni tushuntirish jarayonida asosiy
fikrni ajratib olishi, ilmiylik va soddalik, ko‘rgazmalilik tamoyillariga rioya
qilishi, dars maqsadini to‘g‘ri qo‘yishi, dars jarayonni to‘g‘ri
rejalashtirishi, darsda hamkorlikka erisha olishi, bilim va ko‘nikmalarni
o‘zlashtirishni nazorat etish, o‘quvchilar bilan yakka va jamoada ishlashni
tashkil eta bilishi, dars mobaynida vaqtdan unumli foydalanishi va pedagogik
muamala madaniyatini egallaganlik darajasi, kabi jihatlar inobatga olinadi.
O‘qituvchinig
darsini bir necha marta kuzatish va tahlil qilish uning pedagogik mahorati, ish
tizimi, o‘quvchilarining o‘zlashtirishi, bilim darajasi kabi sohaviy va kasbiy
layoqati yuzasidan xulosa chiqarish imkonini beradi.
Ta’kidlash
joizki, umumiy o‘rta ta’lim maktab o‘qituvchilarining darslarini tahlil
qilishda ko‘pincha kuzatuvchilar darsga yaxlit tizim sifatida qaramay ko‘proq
tashqi jihatlariga baho beradilar, darsning mazmun-mohiyati xususida yuzaki
muloxaza yuritadilar. Shuningdek, dars tahlilida o‘qituvchining ko‘rsatmali
quroldan foydalanishi, didaktik kartochkalar bilan ishlashi va hokazolar
aytiladi-yu, ammo ulardan nima maqsadda, qaysi vaziyatda foydalanilgani,
qanchalik samara berganligi, vaqt taqsimotiga to‘g‘ri amal qilinganligi,
o‘quvchilarning yosh xususiyatlarini hisobga olgan olmaganligi kabi masalalar
to‘g‘risida fikr yuritilmaydi. Bundan tashqari yana bir jiddiy kamchilik
o‘qituvchining o‘zini o‘zi tahlil qilishga e’tibor qaratmaslikdir. O‘zini-o‘zi
tahlil qilish tamoyili o‘qituvchining o‘z faoliyatidagi yutuq va
kamchiliklarini aniqlash va bartaraf etishga oid maqsadli yo‘lni belgilab
olishiga asos bo‘ladi. O‘qituvchilar aksariyat hollarda dars jarayonida
quyidagi xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘yadilar. Jumladan:
- Dars maqsadi bilan
o‘quvchilarni tanishtirmaslik;
- Interfaol metodlardan samarasiz
foydalanish;
- Dars jarayonida barcha
o‘quvchilarning ishtirokini ta’minlay olmaslik;
- O‘quvchilar bilan yakka va
jamoa tartibda ishlashga erisha olmaslik;
- O‘quvchilarning mustaqil
ishlashini ta’minlamaslik.
- O‘quvchilar bajargan ishlarini
vaqtida baholamaslik;
- O‘kituvchi nutqining ravon ta’sirchan
emasligi;
- Mavzuni amaliyot bilan bog‘lab
tushuntirmaslik;
- Mavzuni ilmiy va amaliy nuqtai
nazardan tushuntirishga e’tibor bermaslik;
- Sinf doskasi, darslik, o‘quvchi
daftari, qo‘shimcha adabiyotlardan foydalanishning tizimli yo‘lga
quyilmaganligi;
- O‘quvchilarga beriladigan
savollarning muammoli tarzda tuzilmaganligi kabilar.
Darslar aniq
maqsad asosida kuzatilishi va tahlil qilish lozim. Shundagina natijasi samarali
bo‘ladi va o‘quv jarayoni yuzasidan aniq xulosa chiqarishga yordam beradi. Dars
tahlilida tizimsizlik, aniq bir maqsadning yo‘qligi, darsga tasodifan
qatnashish, darsni chuqur tahlil qila olmaslik, o‘kituvchiga amaliy yordam
ko‘rsata olmaslik esa darslar sifatining va saviyasining pasayib ketishiga olib
keladi.
Darslarni
tahlil qilish faqatgina metodik ahamiyatga ega bo‘lmay, balki maktabda
o‘quv-tarbiya jarayoniga rahbarlik va nazoratning muhim shakllaridan biridir.
O‘qituvchi darsini kuzatish va tahlil qilish amaliyotining tizimli amalga
oshirilishi darslarni qiyoslash va yo‘l qo‘yilgan xatolarning bartaraf
etilganligini aniqlash imkoniyatini beradi. O‘qituvchilarning o‘zaro dars
kuzatishi tajriba almashinuv jarayoni bo‘lib, dars o‘tayotgan o‘qituvchi bor
mahoratini ishga solib, yuqori ishchanlik bilan faoliyat ko‘rsatsa, tahlil
qiluvchi o‘qituvchi esa taklif va mulohazalar berish orqali tajribasini
boyitadi, metodik malakasini oshiradi.
Dars tahlili
o‘quv mashg‘ulotini kuzatish, o‘rganish shaklida olib boriladi. Щu o‘rinda
savol tug‘iladi. O‘qituvchining darsi kim tomonidan kuzatilishi lozim? Qanday
maqsad Bilan kuzatiladi va tahlil qilinadi? O‘qituvchining darsi viloyat XTB,
tuman, xalq ta’limi bo‘limi, ta’lim muassasalari rahbarlari, xodimlari,
metodistlar va o‘qituvchilar tomonida kuzatiladi va tahlil qilinadi.
Buning uchun
eng avvalo, darsga kirishdan maqsad nimadan iborat ekanligini aniqlab olish
zarur. Dars quyidagi maqsadda kuzatiladi va tahlil qilinadi:
- ta’lim va tarbiya jarayoni
sifatini aniqlash;
- o‘qituvchining pedagogik
mahoratini oshirishga yordam berish;.
- ilg‘or ish usullari va metodlarini
o‘rganish va ommalashtirish;.
- o‘qituvchilarning o‘zaro
tajriba almashishi;
- o‘quvchilarning bilimi va
tarbiyalanganlik darajasini aniqlash;
- ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga
oshirish;
- o‘quvchilarning bilish
faoliyatini o‘rganish;
- dars jarayonida yuzaga kelashi
mumkin bo‘lgan xato va kamchiliklarning oldini olish o‘qituvchiga amaliy
va metodik yordam ko‘rsatish;
- ta’lim-tarbiya jarayonida
o‘quvchilar psixologik xususiyatlarinng
- tomonlarida o‘ziga xosligini
e’tiborga oliish;
- darsda o‘quvchilarni faollashtirish
va mavzuni o‘zlashtirishlari e’tiborga olinganligi.
Dars o‘quv
jarayonining juda ko‘p ta’lim-tarbiya qirralarini hal qiluvchi asos
hisoblanadi. Shunga ko‘ra darsga kuzatuvchi va tahlil qiliuvchilardan maxsus
tayyorgarlik ko‘rish talab etiladi.
Darsni tahlil qilish quyidagi bosqichlarda amalga
oshiriladi.
- Darsni kuzatishga tayyorgarlik
- Darsning borishini kuzatish
- O‘z-o‘zini tahlil qilishni
ta’minlash
- Dars tahlili va takliflar
berish
Darsni
tahlil qilishda quyidagilarga e’tibor qaratishni tavsiya etamiz.
1. Darsni kuzatishdan oldingi tayyorgarlik.
- dars kuzatishdan ko‘zlanayotgan
maqsad va vazifalarni shakllantirish;
- kuzatiladigan darsni aniq
belgilab olish;
- dars kuzatish tuzilmasini
tayyorlash;
- kerakli materiallarni
tayyorlash; o‘qituvchi bilan suhbatlashish.
2. Darsning
maqsadlarini tahlil qilishda:
- o‘quv fani va mavzuning xos
tomonlari, o‘quvchilar yoshi va bilim darajasi e’tiborga olingan holda
ta’lim-tarbiya maqsadining to‘g‘ri va asosli qo‘yilganligi;
- o‘quvchilarning tayyorgarligi,
o‘rganilayotgan mavzu bo‘yicha darslar tizimidagi aynan shu darsning
o‘rnini hisobga olgan holda maqsad qo‘yilishining to‘g‘riligi va
asoslanganligi;
- dars asosiy g‘oyasining to‘g‘ri
quyilishi va o‘quvchilarga maqsadning yetkazishlishi, maqsadga erishish
darajasi.
3. Dars
tuzilmasi va darsning tashkil qilinishini tahlil qilishda:
- dars tuzilmasining dars
maqsadlariga mosligi;.
- darsning turi, strukturasining
puxta o‘ylanganligi;
- darsning bosqichlarining
mantiqiy ketma- ketliligi va bir- biri bilan bog‘liqligi;
- dars bosqichlari uchun vaqtning
to‘g‘ri taqsimlanganligi;
- o‘qitish shakllarining to‘g‘ri
tanlanganligi;
- dars rejasining mavjudligi va
uning o‘qituvchi tomonidan bajarilishini tashkil qilish;
- dars jihozlari. O‘qituvchi va
o‘quvchilarning mehnatini unumli tashkil qilish.
4. Dars
mazmunini taxlil qilishda.
- dars mazmunining Davlat ta’lim
standarti talablariga mosligi;
- materiallarning ishonchliligi,
to‘liqligi, tushunarliligi;
- bayon qilinayotgan
materiallning ilmiy darajasi;
- darsning tarbiyaviy yo‘nalishi,
ta’limiy ta’sir darajasi;
- darsni hayot, mehnat tarbiyasi
va kasbga yo‘naltirish bilan bog‘lash;
- o‘quvchilar tomonidan yangi
bilimlarni qabul qilishdagi qiyinchiliklarni bartaraf etish;
- yangi materiallning asosiy
g‘oyasini ajratish. Yangi tushunchalarni shakllantirish. Tayanch
bilimlarning muhimligini ko‘rsatish.
5. O‘quvchilarning
mustaqil ishlarini tashkil qilish.
- Mashq va topshiriqlarning
xususiyatlari, mustaqil ishlarning turlari, murakkablik darajasi,
o‘quvchilar tayyorgarlik darajasining hisobga olinganligi;
- o‘qituvchi tomonidan
tushuntirish ishlarining olib borilishi;
- o‘qituvchining yordami. Yangi
materialning o‘zlashtirilganlik darajasi;
- yangi mavzuning oldingi
mavzular bilan bog‘langanligi. Takrorlash (tashkil qilish, shakllari,
usullari, hajmi).
6. Dasr
o‘tish metodikasini tahlil qilish.
O‘qitishning
metod, vosita va usullarini tanlashda o‘quv materialining mazmuniga, dars
maqsadlariga, sinfning imkoniyatlariga mos tanlanganligi va asoslanganligi.
O‘qituvchi tomonidan darsning har bir bosqichida metod, usullarni to‘g‘ri
qo‘llaganligi, ishlatilayotgan metod va usullarning xilma- xilligi. Ko‘rgazmali
qurollar, tarqatma materiallar, texnika vositalaridan samarali
foydalanilganligi. O‘qituvchining metodik qurollanganligini va pedagogik
texnikasini baholash.
7.
O‘quvchilarning darsdagi intizomi va ish faoliyatini tahlil qilish.
Sinfga
umumiy baho berish. Sinfning diqqati va faolligi. Fanga bo‘lgan qiziqishi.
O‘quvchilarning dars bosqichlaridagi layoqati.
O‘quvchilarning
mustaqil o‘quv faoliyatini tashkil qilish. O‘quv faoliyati shakllaridan
foydalanishning samaradorligi va maqsadga muvofiqligini baholash. Umumta’lim va
maxsus ko‘nikma va malakalarni shakllantirish. Yagona talablarning bajarilishi.
Iqtidorli va qoloq o‘quvchilar bilan yakka tartibda ishlash. Umumiy va yakka
ishlash faoliyatni birgalikda olib borish. Sinfning intizomi va intizomni
saqlash usullari.
8.
O‘qituvchining o‘quvchilar bilan muloqati. Pedagogik etikasi , nutqi, ahloqiy va psixolagik
iqlimning tashkil etilishi.
9.
O‘quvchilar bilimini baholash.
O‘quvchilarga
berilgan bilim ko‘nikma va malakaning sifati. Mustahkam va chuqur bilim
berilishi.G‘oya va materiallarning asosi tomonlarini ko‘rsata olishi, amaliy
ko‘nikmalarning egallaganlik darajasi.
Tekshirish
turlari. Baholarning jamlanganligi.
10. Uy vazifasini tahlil kilish.
Uy vazifasini berishdan maqsad va hajmi. Sinfda bajarilgan ish bilan uyga
berilgan vazifaning hajmi. Uyga berilgan vazifaning xususiyati (ijodiy,
takrorlash, mustahkamlash, rivojlantirish), uy vazifasini berishda
o‘qituvchining izohi.
Dars tahlili
quyidagicha bayon etiladi.
Sana: _______________________________________________
O‘qituvchi: ___________________________________________
Fan: ________________________________________________
Sinf: ________________________________________________
Kuzatishdan
maqsad: ___________________________________ ____________________________________________________
Dars
bosqichlari
|
O‘qituvchi
faoliyati
|
O‘quvchi
faoliyati
|
Tushuntirish
va fikr-mulohaza bildirish
| | | | |
O‘z-o‘zini
tahlil qilishda o‘qituvchiga quyidagi savollar bilan murojaat qilish mumkin: 1. Qanday talab asosida darsga rahbarlik qilindi? 2. O‘quvchilarning o‘ziga xos xususiyatlar qanday hisobga olindi? 3. O‘quvchilar faoliyatini rejalashtirishda nimalar inobatga olindi? 4. Mavzu bo‘yicha materiallar to‘g‘ri tanlanganmi? 5. Tanlangan metodlar o‘z natijasini berdimi, bermagan bo‘lsa sababi? 6. O‘quvchilarning bilimlarini oshirishda imkoniyat yaratilganligi? 7. O‘quvchilar mustaqil ishlashlarining pedagogik qimmati. 8. O‘quvchilarning intizomi, axloqiy tarbiya berishning shakllantirilishi. 9. Qanday qiyinchilik kukzatildi? Uni yengish yo‘llari, kelib chiqish sababi. 10. Maqsadga erishilganligini asoslash, erishilmagan bo‘lsa sababi? Darsning natijasiga baho. Darsni takomillashtirish bo‘yicha takliflari. Xulosa qilib aytganda, umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘qituvchilarning
kasbiy malakasini, mahoratini oshirishda amaliy-metodik yordam berishning eng
samarali usullaridan biri o‘qituvchining darsini kuzatish va unga beriladigan
tavsiya hisoblanadi. O‘qituvchilarning darsini kuzatish va uni tahlil
qilishning asosiy maqsadi o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini
rivojlantirishga, maktabning ta’lim-tarbiya ishlarini yanada
takomillashtirishga, o‘qituvchilarning ma’suliyatini oshirishga qaratilmog‘i
lozim.
|