Juma, 26.04.2024, 11:37
Assalomu alaykum saytimiz mehmonlari!

SehriyoInf.Ucoz.RU

Sayt menyulari
Bo'limlar ro'yhati
Mini chat
So'rovnoma
Microsoft Office dasturlaridan qaysilarini yaxshi bilasiz?
Barcha javoblar: 749
Statistika

Barcha online: 1
Mehmon: 1
Foydalanuvchilar: 0

Bosh sahifa » 2011 » May » 16 » 6x6x6 uslubi yordamida dars o'tish metodikasi
04:20
6x6x6 uslubi yordamida dars o'tish metodikasi
"6x6x6”
         "6x6x6” 36 nafar o'quvchi aytarli uzoq bo'lmagan vaqt ichida qandaydir masalani muhokama qilish yoki o'rganish va  guruh    a'zolari  ko'pchiligining fikrini bilib olish imkoniyatiga ega bo'ladigan uslubdir.
         Har 6 guruhda (har guruh 6 kishidan iborat bo'ladi) 6 nafardan o'quvchi o'qituvchining topshirig'i bo'yicha muammoni muhokama qiladi yoki muammoning bir qismini o'rganadi. Shundan keyin o'qituvchi har bir guruhga avvalgi bahslashgan guruhda ishtirok etgan o'quvchi bo'ladigan bir tarzda yana 6 ta yangi guruh tuzadi. Yangi guruhlarda ishtirokchilar hammani o'z guruhlari ishi yakunlari bilan tanishtiradi.
         6x6x6-guruhning barcha a'zolarini faollashtiruvchi uslubdir.
Ulardan har biri uncha katta bo'lmagan,  vaqt davomida ham bahs ishtirokchisi, ham ma'ruzachi sifatidagi rolni ijro etadi.
         Mashqni tartibida 5,7 va 8 nafardan o'quvchi bo'lgan guruhlarda ham ro'yobga chiqarish mumkin. Katta guruhlarda vaqtni oshirish zarur. Guruhlar bitta muammoni yoki huddi shu muammoning turli jixatlarini muhokama qilishlari mumkin.
         6x6x6  uslubi o'qituvchidan faollikni va guruhlarga mohirona ta'sir o'tkazishni talab qilidi. Mashq avvalidagi guruhlarga bo'lish bilan bog'lik kiyinchiliklar mashq to'la muvaffaqiyatsizlikka uchrashiga olib kelishi mumkin.
         Quyida 6x6x6 usuli yordamida dars o'tish dars ishlanmasidan namuna keltiramiz.

8-sinf IHTA
Mavzu: Microsoft Word matn muharriri mavzusini mustahkamlash (takrorlash darsi).

         Maqsad:

a) Microsoft Word matn muharriri mavzusini mustahkamlash, o'quvchilarda shu mavzu bo'yicha malaka hosil qilish
b) Aqliy tarbiya berish
v) O'quvchilar xotirasi va tafakkurini rivojlantirish

         Dars tipi:     Takrorlash
         Uslubi:         6x6x6

         Darsning jihozi: kompyuter, ko'rgazmalar, test savolnomalari.
         Tashkiliy qism o'tkaziladi.
         Asosiy qism:  o'tilgan bob-Microsoft Word matn muharriri mavzusida o'quvchilar bilan suhbat, qizg'in bahs munozara olib borish, mavzuni mustahkamlashdan iborat bo'ladi.
         Sinfdagi o'quvchilar 6 guruhga oltidan bo'linadi. Guruhlarga bo'lishning har xil usuli bor. Masalan alfavit tarzida sanash, natural sonlar qatori bo'yicha sanash yoki boshqa usullar bo'lishi mumkin.
Biz oltigacha sanash usulini tanlaymiz. 1 raqamini olgan o'quvchilar 1-guruh, 2 raqamini olganlar 2-guruh va h.k. guruhlarga bo'linamiz.
         Har qaysi guruhlarga mavzu asosida alohida-alohida topshiriqlar beramiz.
1-guruhga:  Microsoft Word matn muharririga kirish va chiqish qanday amalga oshiriladi?
2-guruhga: Microsoft Word matn muharriri fayl bo'limini izohlang?
3-guruhga: Microsoft Word matn muharriri STANDARTNAYA panelini tushuntiring.
4-guruhga: Microsoft Word matn muharririda jadval tuzish usullarini izohlang.
5-guruhga: Microsoft Word matn muharririda sahifa parametrlarini o'zgartirishni izohlang.
6-guruhga: Microsoft Word matn muharririda axborotni qog'ozga chop etishni tushuntiring.
         O'quvchilar belgilangan vaqt davomida o'zlariga berilgan muammoni hal qiladilar.  Guruhlardagi o'quvchilar fikri o'qituvchi tomonidan nazorat qilinadi. Har 6 guruhda (har guruh 6 kishidan iborat bo'ladi) 6 nafardan o'quvchi o'qituvchining topshirig'i bo'yicha muammoni muhokama qiladi yoki muammoning bir qismini o'rganadi. Shundan keyin o'qituvchi har bir guruhga avvalgi bahslashgan guruhda ishtirok etgan o'quvchi bo'ladigan bir tarzda yana 6 ta yangi guruh tuzadi. Yangi guruhlarda ishtirokchilar hammani o'z guruhlari ishi yakunlari bilan tanishtiradi.
         6x6x6-guruhning barcha a'zolarini faollashtiruvchi uslubdir.
         1-guruh javoblari:
Microsoft Word matn muharririga kirish (O'quvchi izohlaydi)



Microsoft Word matn muharriridan chiqish



         2-guruh javoblari:
Microsoft Word matn muharriri fayl bo'limi (O'quvchi izohlaydi)



         3-guruh javoblari:
Microsoft Word matn muharriri Standartnaya paneli (O'quvchi izohlaydi)



         4-guruh javoblari:
Microsoft Word matn muharririda jadval tuzish  bo'limi (O'quvchi izohlaydi)



         5-guruh javoblari:
Microsoft Word matn muharririda sahifa parametrlari (O'quvchi izohlaydi)



         6-guruh javoblari:
Microsoft Word matn muharririda axborotni qog'ozga chop etish  (O'quvchi izohlaydi)



         Masalaning murakkablik darajasiga qarab yana guruhlar tuzish mumkin. Dars oxirida guruhlar o'rni va undagi ishtirokchilar baholanadi.

         Amaliy ish: Kompyuterda muammo bo'lgan savollarni qurish.
         Yakunlash: Microsoft Word matn muharririni takrorlash.
Kategoriya: Dars ishlanmalari | Ko'rildi: 3980 | Qo'shdi: Zorro | Reyting: 0.0/0
Barcha izohlar: 4
4 Dilfuza To'xtasinova  
0
takrorlash darsidagi mulohazalar kam

3 Dilobar  
0
rahmat

2 Temur  
0
Flash darsliklarni ko'chirib bo'lmaydiku Informatikachi Temur. Xorazm Yangiariq 15-maktab

1 Temur  
0
Uz domenida yaratish kerak. maktablar boshqa domenga chiqolmaydilar.

Ism *:
E-mail:
Kod *:
Sayt muallifi
Saytdan qidirish
Kalendar
«  May 2011  »
DuSeChPaJuShYa
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031
Arxiv
Ob-havo ma'lumoti
Ob-havo
Block title
Block title
O'zbek bayramlari

Koson 2024