Juma, 29.03.2024, 05:15
Assalomu alaykum saytimiz mehmonlari!

SehriyoInf.Ucoz.RU

Sayt menyulari
Bo'limlar ro'yhati
Mini chat
So'rovnoma
Microsoft Office dasturlaridan qaysilarini yaxshi bilasiz?
Barcha javoblar: 736
Statistika

Barcha online: 1
Mehmon: 1
Foydalanuvchilar: 0

10-dars

Axborotli olam muammolari va internet

 

Hamma Internet haqida eshitgan va undan foydalanishni xohlaydi. Ma'lumki, Internet axborotni soniyalar ichida uzoq masofalarga uzatish imkonini beradi. Shuning uchun bu darsda Internetni kelib chiqishi, uning tarkibi, unda axborot qanday qoidalar asosida uzatilishi va qabul qilinishi haqida ma'lumot beriladi.

 

Internet tarixi

O'zgarib va rivojlanib turuvchi olam yoki jamiyat haqida turli xil ko'rinishdagi katta hajmli axborotlar dunyoning deyarli hamma mamlakatlarida yig'ilib bormoqda. Bu ma'lumotlardan foydalanish zamonaviy axborot texnologiyasi vositalarisiz katta mablag' va vaqt talab etadi. Bunday muammolar Internet (Xalqaro informatsion tarmoq) ning tashkil etilishi bilan hal etildi.

Internet "sovuq urush" mahsuli hisoblanadi. Uni yaratilishiga yadro zarbalaridan qisman zararlanganda ham ishlay olishga mo'ljallangan tajribaviy aloqa sistemasi sifatida XX asrmng 70-yillari boshlarida AQSH Mudofaa Vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan ARPANet aloqa tarmog'i asos bo'lgan. ARPANet - buzilgan aloqa bo'g'inlarni avtomatik ravishda aylanib o'tishga va tarmoqdagi kompyuterlarning ma'lumot almashishiga imkon yaratuvchi kommunikatsiyalar paketidir.

ARPANet tarmog'i birinchi marta ishga tushirilganda 4 ta kompyuter orasida maxsus kabel orqali bor-yo'g'i 2 minut davomida axborot almashinilgan. Avvaliga bu tarmoq maxfiy hisoblangan. Keyinchalik, modem va telefon tarmog'i orqali axborot almashish imkoniyati yuzaga kelgandan so’ng bu tarmoqqa turli korxona va tashkilotlar ulanib olgan. Shu tariqa bu tarmoq Internet tarmog'iga aylangan. Internet tarmog'i biror tashkilotga bo'ysunmaydi, lekin davlatlar, ilmiy va ta'lim tashkilotlari, kommersiya strukturasi va millionlab xususiy shaxslar tomonidan moliyalashtiriladi. Tarmoq taklif etilgan ko'ngillilar tomonidan tashkil etilgan "Internet arxitekturasi bo'yicha kengash" tomonidan boshqariladi.

 

Internet va WWW

Internet - dunyo bo'ylab joylashgan va yagona tarmoqqa birlashtirilgan minglab kompyuter tarmoqlarining majmuidir. Internetda axborot almashish standart qoidalar asosida amalga oshiriladi. Internetdagi ma'lumotlarni uzatish qoidalari protokollar (masalan, TCP/IP -TRANSMISSON CONTROL PROTOKOL/INTERNET PROTOKOL) deb ataladi.

TCP/IP protokolining axborotni uzatish usuli quyidagicha:

TCP protokoli axborotni paketlarga ajratadi; IP protokoli orqali barcha paketlar qabul qiluvchiga uzatiladi va TCP protokoli tomonidan barcha paketlarning qabul qilinganligi tekshiriladi; barcha paketlar qabul qilingandan keyin TCP protokoli ularni tartibga soladi va yaxlit ko'rinishga keltiradi.

Kompyuterlarning axborotlarni telefon tarmoqlari orqali yubora olishiga imkon beruvchi modem deb ataluvchi qurilmaning yaratilishi (1979-yil Nayes kompaniyasi) va rivojlanishi sababli faqatgina shaxsiy kompyuteri va telefoni bor millionlab kishilar tarmoqning maxsus qurilmalarisiz ham Internetdan foydalana olish imkoniyatiga ega bo'ldilar.

Hozirgi kunda Internet dunyo bozorini o'rganishda va savdo-sotiq ishlarini tashkil etishda zamonaviy biznesning eng muhim vositalaridan biriga aylanib bormoqda. Internet o'zaro aloqa bog'lash yoki ma'lumotlar almashish tarmog'i bo'libgina qolmasdan, unda mavjud bo'lgan ma'lumotlar ombori majmui dunyo bilimlar omborini tashkil etadi. Intemetning kompyuterlar bilan bog'liq bo'lgan narsalardan muhim farqi shundaki, u o'zi haqidagi ma'lumotlarni ham o'zida saqlay olishidir.

1992-93-yillarda axborot texnologiyasining rivojlanishi sababli tasviriy va tovushli axborotlarni olis masofalardan qisqa vaqtda uzatishning shunday imkoniyati yaratilganki, u World Wide Web deb nomlangan.

World Wide Web ning yaratilishiga 1989-yil Shvetsariyadagi Yevropa Yadroviy Tadqiqotlar Kengashining loyihasi asos bo'ldi. Bu loyihaning maqsadi Internetda axborot tarqatishning samarali usullarini izlash va uning oqibatlarini kuzatishdan iborat edi. Hozirgi kunda World Wide Web Internetning eng tez rivojlanayotgan sohalaridan biri bo'lib qoldi.

Internet deganda ko'pchilik World Wide Web (qisqacha Web yoki WWW) ni tushunadi. Aslida World Wide Web Internetning bir qismi bo'lib, xalqaro o'rgimchak to'ri ma'nosini anglatadi. World Wide Web multimedia (multimedia - rasm va matnli axborotni tovushli va harakatdagi shakllardan iborat axborot bilan birlashtirish texnologiyasi) imkoniyatlariga ega bo’lgani uchun foydalanuvchilar e'tiborini juda tez qozondi.

 

WWW tarkibi

WWWda axborot maxsus sahifalarda, ya'ni Web-sahifalarda joylashadi. Web-sahifaga matn, rasm, tovush, videotasvir va hokazo ko'rinishdagi axborotlarni joylashtirish mumkin. Bu esa o’z navbatida reklama, tijorat, ta'lim va boshqa ko'pgina soha vakillariga beqiyos imkoniyatlar ochib berdi. Masalan, juda ko'p kinostudiyalar o'z mahsulotlarini reklama qilish uchun Web-sahifalar yaratishadi. Mazkur Web-sahifalarda asosan yangi filmlar haqidagi ma'lumotlar bilan birga shu filmlardan 1-2 daqiqali parchalar aks ettiriladi. WWW yaratilgunga qadar bunday imkoniyat faqat kinoteatrlar yoki televideniye orqaligina mavjud edi.

Kinoteatr va televideniye orqali namoyishlar belgilangan vaqtga bog'liq bo'lsa, WWW dan xohlagan kishi istalgan vaqtda yangi filmlar haqida to'liq ma'lumot olishi mumkin.

WWWning ommalashishiga yana bir omil gipermatndir. Gipermatn Web-sahifaning biror qismiga yoki boshqa Web-sahifaga bog'hqligini ko'rsatuvchi ilova bo'lib, u so'z yoki rasm bo'lishi mumkin. Gipermatn yordamida Web-sahifaning kerakli qismiga yoki boshqa Web-sahifaga tez va oson o'tiladi, bu hol kerakli qism yoki Web-sahifaga gipermurojaat deb ataladi.

Bitta tashkilot yoki xususiy shaxsga tegishli va mazmuniga ko'ra o'zaro bog'langan bir nechta Web-sahifalar majmui Web-sayt deyiladi. Web-saytni kitobga, Web-sahifani esa kitobning sahifasiga o'xshatish mumkin. Web-saytdagi Web-sahifalar o'zaro gipermatn yordamida bog'lanadi.Web-saytlar ham, Web-sahifalar ham Web-server deb ataluvchi Internetga ulangan maxsus kompyuterlarda saqlanadi va o'z adresiga ega bo'ladi. Bu adres URL deb ataladi. URL hamisha http:// yozuvidan boshlanadi (http - Hyper Text Transfer Protocol). So'ngra Web-sahifa joylashgan tarmoq (provayder) adresi (masalan, www.uzsci.net), keyin Web-sahifa nomi (masalan, ~rtm) yoziladi. Provayderlar (ingliz. provide - imkon berish, ta'minlash) - Internetning ba'zi qismlaridan foydalanishga imkon beruvchi va foydalanuvchilarga turli xizmatlarni ko'rsatuvchi firmalardir. Shunday qilib, misolda keltirilgan Web-sahifaning Internetdagi adresi

http://www.uzsci.net/~rtm ko'rinishida bo'ladi.

Sayt muallifi
Saytdan qidirish
Kalendar
«  Mart 2024  »
DuSeChPaJuShYa
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031
Arxiv
Ob-havo ma'lumoti
Ob-havo
Block title
Block title
O'zbek bayramlari

Koson 2024