Payshanba, 25.04.2024, 09:49
Assalomu alaykum saytimiz mehmonlari!

SehriyoInf.Ucoz.RU

Sayt menyulari
Bo'limlar ro'yhati
Mini chat
So'rovnoma
Saytga baho bering
Barcha javoblar: 504
Statistika

Barcha online: 1
Mehmon: 1
Foydalanuvchilar: 0

O'quv soatlari


5-SINF
(Ikki haftada 1 soatdan, jami 17 soat, bundan 1 soati nazorat uchun)

I. Kompyuter bilan tanishuv (16 soat)

        Mazmun: Kompyuter xonasi uchun Texnika xavfsizligi qoidalari va sanitariya – gigiena talablari. Kompyuterning asosiy qurilmalari, ularning vazifalari. Kompyuterning ba'zi qo'shimcha qurilmalari, vazifalari. Klaviaturada ishlashning boshlang'ich saboqlari. Sichqoncha bilan ishlash ko'nikmalari. Kompyuter hisoblash vositasi sifatida. Kompyuterda sodda rasmlar hosil qilish. Fikrlashni rivojlantirishga va kompyuter qurilmalari (klaviatura, sichqoncha) bilan ishlash ko'nikmalarini chuqurlashtirishga yo'naltirilgan kompyuter o'yinlari bilan tanishish.


6-SINF
(Ikki haftada 1 soatdan, jami 17 soat, bundan 1 soati nazorat uchun)

I. Hujjatlarni qayta ishlash texnologiyalari (16 soat).

        Mazmun: Matn muharriri va uning vazifalari. Matn ko'rinishidagi axborotlarni qayta ishlash texnologiyalari. Hujjatlarning asosiy parametrlari. Belgi, so'z, satr, abzats, matn, blok va hujjat haqida tushuncha. Hujjatlarni vujudga keltirish. Hujjatlarni tahrirlash. Hujjatlarda rasm, shakl va chizmalar bilan ishlash. Jadvallar. Hujjatlarda jadvallar bilan ishlash. Matnda formulalar yozish. Hujjatni chop etish.


7-SINF
(Haftasiga 0,5 soatdan, jami 17 soat)

I. Axborot (8 soat)

        Mazmun: Axborot va u bilan bajariladigan jarayonlar. Axborot turlari va xususiyatlari. Axborotlar bilan ishlashga oid buyuk yurtdoshlarimizning qarashlari haqida. Axborot bilan ishlashga aloqador vositalar. Sanoq sistemasi haqida. Axborot miqdori va uzatish tezligining o'lchov birliklari. Ma'lumotlarni kompyuterda tasvirlanishi va kodlash haqida.

II. Internetda ishlash asoslari (8 soat+1 soat nazorat)

        Mazmun: Axborotli olam mummolari va Internet. Internetda ishlashni ta'minlovchi dasturlar haqida va dasturning imkoniyatlari. Internet Explorer dasturining vazifalari. Internet yordamida ma'lumotlarni olish usullari. Axborotlarni himoyalash va antiviruslar haqida.


8-SINF
(Haftasiga 1 soatdan, jami 34 soat)

I. Zamonaviy kompyuterlar (7 soat)

        Mazmun: Hisoblash texnikasi taraqqiyoti davrlari. EHM avlodlari. Shaxsiy kompyuter va uning asosiy qurilmalari. Mantiqiy amallar va mantiqiy elementlar.

II. Dasturiy ta'minot (10 soat + 1 soat nazorat ishi)

        Mazmun: Dasturiy ta'minot va uning turlari haqida tushuncha. Operatsion sistema va uning vazifalari. Fayl va kataloglar haqida tushuncha. Kompyuterning tashqi xotirasi turlari va xususiyatlari. Interfeys va uning turlari.

III. Elektron jadvallar (15soat + 1 soat nazorat ishi)

        Mazmun: Elektron jadval va uning vazifalari. Elektron jadvalning elementlari. Formulalar bilan ishlash. Diagramma va grafiklarni hosil qilish. Ma'lumotlarni saralash. Elektron jadvalda mantiqiy elementlarni qo'llash.


9-SINF
(Haftasiga 2 soatdan, jami 68 soat, bundan 4 soati nazorat uchun)

I. Algoritmlash asoslari (10 soat + 1 soat nazorat ishi)

        Mazmun: Kompyuterda masala yechish bosqichlari. Model va uning ko'rinishlari. Algoritm, uning xossalari, tasvirlash usullari, turlari.

II. Dasturlash (36soat + 2soat nazorat ishi)

        Mazmun: Dasturlash tillari va ularning vazifalari. Dasturlash tilining asosiy elementlari. Dasturlash tilining asosiy operatorlari. Miqdorlar. Chiziqli, tarmoqlanuvchi va takrorlanuvchi dasturlar. Shakl yasovchi va fayllar bilan ishlash operatorlari. Qism dasturlar.

III. Web–sahifa (18soat + 1 soat nazorat ishi)

        Mazmun: HTMLhaqida tushuncha va Web–brauzerlar. Web–sahifaga matn joylashtirish. Web–sahifaga jadval va ro'yxat joylashtirish. Web–sahifada gipermurojaat. Web–sahifaga rasm joylashtirish. Web–sahifada rasm yordamida o'tish. Boshqa Web–sahifalar bilan aloqa va tarkibiy Web–sahifalar. Web–sahifada formalar. Interaktiv Web–sahifa.



Sayt muallifi
Saytdan qidirish
Kalendar
«  Aprel 2024  »
DuSeChPaJuShYa
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930
Arxiv
Ob-havo ma'lumoti
Ob-havo
Block title
Block title
O'zbek bayramlari

Koson 2024