Персональный сайт учителя информатики - 1-dars
Shanba, 10.12.2016, 13:49
Assalomu alaykum saytimiz mehmonlari!

SehriyoInf.Ucoz.RU

Sayt menyulari
Bo'limlar ro'yhati
Mini chat
300
So'rovnoma
Saytga baho bering
Barcha javoblar: 209
Statistika

Barcha online: 1
Mehmon: 1
Foydalanuvchilar: 0

1-dars

Xavfsizlik texnikasi qoidalari va sanitariya-gigiyena talablari

          Aziz o'quvchilar! Informatika fani elektr toki yordamida ishlaydigan kompyuter bilan bog'liq. Siz yaxshi bilasizki, elektr toki inson hayoti uchun xavflidir. Kelgusida sizning hayotingizga va sog'lig'ingizga zarar yetmasligi, shu bilan birga qimmatbaho texnik vositasi bo'lgan kompyuterning buzilib qolmasligi  uchun ba'zi qoida va talablarni yodda saqlang. Ular Xavfsizlik texnikasi qoidalari va sanitariya-gigivena talablari deb ataladi.

          Xavfsizlik texnikasi qoidalari.
          Kompyuter xonasida quyidagilar mumkin emas:
    - kompyuter xonasiga ustki (palto, kurtka) kiyimda kirish;
    - kompyuter va uning qurilmalarini elektr manbaiga ruxsatsiz ulash yoki o'chirish;
    - qurilmalardagi murvatlarni burash;
    - monitorga qo'l va boshqa narsalarni tekkazish, himoya qopqoqlarini ochish;
    - qurilmalarning ulanish joylariga tegish;
    - kompyuter yaqinida isitish asboblaridan foydalanish;
    - qurilmalar yonida tez yonuvchi moddalar ishlatish;
    - xonaga qurilmaning ichki elementlanga salbiy ta'sir etuvchi (kislotali, tarkibida xlor bo'lgan) moddalarni olib kirish, xonani changitish;
    - kompyuter va qurilmalar ustiga turli buyumlarni qo'yish;
    - kompyuterlar elektr manbaga ulangan holda tozalash ishlarini olib borish;
    - qurilmalardan foydalanishda kuch ishlatish;
    - ishlab turgan qurilmani qarovsiz qoldirish.


Sanitariya-gigiyena talablari
          Kompyuterda ko'p ishlash, ya'ni uning oldida ko'p o'tirish Insonning ko'zi, qon aylanish sistemasi, bosh miya faoliyatiga zarar yetkazishi mumkin. Shunga ко’ra, kompyuterdan foydalanganda quyidagi talablarga rioya qilish zarurdir.
         O'quvchining ish joyiga tushayotgan yorug'lik tepadan va chapdan tushishi, displey ekrani va klavishlar ko'zni qamashtirmaydigan bo'lishi kerak.
         Xonadagi havo harorati o'rtacha 20-24 daraja oralig’ida bo'lishi lozim.
         V-IX sinf o'quvchilarining shaxsiy kompyuter bilan ishlash vaqti 25-30 minutdan, bir kun davomida esa 180 minutdan oshmasligi kerak.
         O'quvchi kompyuterdan eng kamida 50-60 sm narida o'tirishi kerak.


          Kompyuter xonasida o'tkazilayotgan dars jarayonida o'quvchilarning tana mushaklarida va ko'zlarida zo'riqish hosil bo’lmasligi uchun 2-3 minutdan iborat dam berish lozim. Shu lahzalarda o'quvchilarga yengil kuy eshitish, kursida o'tirgan holda qo'l va bo'yin mushaklari toliqmasligi uchun yengil jismoniy mashqlar bajarish tavsiya etiladi.

Ko'z va tana uchun jismoniy mashqlar
Ko'z uchun:
Mashqlar o'tirgan yoki turgan holda kompyuter ekraniga qaramasdan bajariladi.
    1-4 hisobda ko'z mushaklarini tarang tortib, ko'zni yuming, 1-6 hisobda ko'z mushaklarini bo'sh qo'ying, ko'zni oching (4-5 marta takrorlanadi).
    1-4 hisobda burun uchiga qarab turing. Bunda ko'zni charchashgacha olib kelmaag, ko'zni yuming. So'ngra 1-6 hisobda ko'zni ochib, uzoqqa tikiling (4-5 marta takrorlanadi).


    1-4 hisobda boshni burmasdan o'ngga qarab turing. 1-6 hisobda to'g'riga uzoq masofaga qarang. Bu mashq ko'zni yuqoriga, pastga va chapga qaragan holda takrorlanadi. 1-6 hisobda qarashni diagonal bo'yicha o'ng yuqori burchakka, o'ng past burchakka, so'ngra 1-6 hisobda chap yuqori burchakka, chap past burchakka o'tkazib, so'ngra uzoqqa qa rang (3-4 marta takrorlanadi).

Tana uchun:
Jismoniy mashqlar harakatlanish qobiliyatida, asab, yurak, qon-tomir, nafas olish va mushak sistemalariiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi, umumiy charchoqni bartaraf etadi, aqliy mehnat qobiliyatini yaxshilaydi.
    20-30 sekund turgan joyda o'rta sur'atda yurish.
    Dastlabki holat-qo'llar yonda, oyoqlar yelka kengligida tik turilad 1- hisobda
qo'llar oldinda, kaftlar pastga qaratiladi. 2- hi¬sobda qo'llar vonga, kaftlar yuqoriga qaratiladi. 3- hisobda oyoq uchida turiladi, qo'llarini yuqoriga qilib engashiladi. 4- hisobda dastlabki holatga qaytiladi (sekin sur'atda 4-6 marta takrorlanadi).
    Dastlabki holat-qo'llar orqaga, oyoqlar yelka kengligidа tik turiladi.
1- hisobda tana o'ngga buriladi. 2- hisobda dastlabki holatga qaytiladi. 3- hisobda qo'llarni atrofga yoyib oldinga egilinadi, bosh orqaga ko'tariladi. 4-hisobda dastlabki holatga qaytiladi. 5-8 hisobda xuddi shuning o'zi boshqa yo'nalishda bajariladi (sekin sur'atda 4-6 marta takrorlanadi).
Sayt muallifi
Saytdan qidirish
Kalendar
«  Dekabr 2016  »
DuSeChPaJuShYa
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031
Arxiv
Ob-havo ma'lumoti
Ob-havo
Block title
Block title
O'zbek bayramlari

Koson 2016