Chorshanba, 24.04.2024, 18:35
Assalomu alaykum saytimiz mehmonlari!

SehriyoInf.Ucoz.RU

Sayt menyulari
Bo'limlar ro'yhati
Mini chat
So'rovnoma
Saytga baho bering
Barcha javoblar: 504
Statistika

Barcha online: 1
Mehmon: 1
Foydalanuvchilar: 0

Bosh menyu

9-dars. Bosh menyu.  

Maqsad:  O‘quvchilarga Windows operatsion sistemasining Bosh menyu va uning vazifalari, imkoniyatlari haqida ma’lumot berish.

Vazifalar:  O‘quvchilarni izlanuvchanlik ruhida tarbiyalash.O‘quvchilarga Windows operatsion sistemasi haqidagi tasavvurlarini kengaytirish.

Asosiy tushunchalar:

  • Menyu,
  • bosh menyu,
  • sozlash paneli,
  • qidirish.

Menyu – biror xususiyat bilan mujassamlashtirilgan buyruq yoki amallar majmuidir. Windows operatsion sistemasidan foydalanuvchilar to’rt turdagi menyu bilan ishlashi mumkin:

–       operatsion sistemaning bosh menyusi;

–       barcha ob'ektlarning kontekst-menyulari (sichqonchaning o’ng tugmasi yordamida ochiladi);

–       dastur menyulari;

–       dastur va hujjat oynalarining, shuningdek, muloqot oynalarining boshqaruv menyusi.

Menyu bandlari orasida buyruqlardan tashqari qism (yoki kichik) menyuga kirish imkonini beruvchi bandlar ham bo’lishi mumkin. Bu holda iyerarxik yoki ichma-ich joylashgan menyu bilan ishlanadi.

Menyular tizimida shartli belgilashlar ishlatilib, ularning mazmuni quyidagilardan iborat:

–     agar menyu bandi davomida ko’p nuqta (…) berilsa, shu band bajarilganda muloqot oynasi ochiladi;

–     agar menyu bandi davomida uchburchak (6) berilsa, shu band bajarilganda qism menyu ochiladi;

–     agar menyu bandi och kulrang ko’rinishda bo’lsa, menyuning shu bandi ayni vaqtda faol emasligini bildiradi;

–     agar menyu bandi davomida klavish yoki klavishlar majmuasi ko’rsatilgan bo’lsa, u holda menyuning shu bandini menyuga kirmasdan turib klaviatura yordamida ko’rsatilgan klavishlarni bosib bajarish mumkin, bu tugmalar akselerator klavishlar (shortcut keys) deyiladi;

–     menyu bandidagi tagiga chizilgan harf faol klavish (hot key) deb nomlanadi va menyu faol vaqtda klaviaturadan shu harfni terib tegishli buyruqni bajarish mumkin.

Odatda, masalalar panelining chap burchagida Bosh menyu joylashgan. Bosh menyu tanlanganda, ekranda Windowsda ish boshlash uchun kerak bo’ladigan bo’limlar ochiladi. Unda dasturni ishga tushirish, hujjatini ochish, sistema parametrlarini sozlash, kerakli faylni topish, zaruriy ma’lumotlarni olish va boshqa amallarni bajarish mumkin.

Windows XP operatsion sistemasida Bosh menyuning "Klassik bosh menyu” (o`ndagi) va "Bosh menyu”(chapdagi) ko’rinishlaridan birini tanlash imkoniyati bor:

 

Bu ko’rinishlardan birini Boshlash tugmasi kontekst-menyusining "Свойство” bandi yordamida  tanlash mumkin. Odatda, "Bosh menyu” ko’rinishida Windowsning ish stolida faqat Savatcha aks etib turadi.

Bosh menyu quyidagilardan iborat:

Ingliz variantida

Rus variantida

O’zbek variantida

Programs

Программы

Dasturlar

Documents

Документы

Hujjatlar

Settings

Настройка

Sozlash

Find

Поиск

Izlash

Help

Справка

Ma’lumot

Run

Выполнить

Bajarish

Shut down

Выключить

O’chirish

Menyuning Dasturlar bo’limi yordamida installyatsiya qilingan barcha dasturlarni ishga tushirish imkonini beruvchi iyerarxik qism menyuga kiriladi. Bosh menyu yordamida biror dasturni ishga tushirish bilan esa Kalkulyator yoki Paint dasturida ishlaganda tanishgansiz. Dasturlar bo’limi, asosan, quyidagi qism menyulardan iborat bo’ladi:

Ingliz variantida

Rus variantida

O’zbek variantida

Accessories

Стандартные

Standartlar

Start UP

Автозагрузка

Avtoyuklash

Games

Игры

O’yinlar

Internet Explorer

Internet Explorer

Internet Explorer

Dasturlar bo’limiga yangi dasturlarni ham qo’shish mumkin. Masalan, Mcrosoft Offise dasturlar paketini.

Hujjatlar bo’limi ishlangan oxirgi 15 ta hujjat, rasm yoki multimediya fayli ro’yxatini ko’rsatuvchi menyuni yuklab beradi. Bosh menyuning Klassik ko’rinishida bu bo’lim "Mening hujjatlarim” va "Mening rasmlarim” papkalarini ham aks ettiradi.

Sozlash bo’limi sistemadagi barcha elementlarni, qurilmalarni, dasturlarni, foydalanuvchilar ro’yxati va imkoniyatlarini qayta sozlash imkoniyatini beradi. Uning qism menyusida Boshqarish paneli (Панель управления), Printerlar, Masalalar paneli bandlari bor. Boshqarish panelining quyidagi elementlardan tashkil topgan bo’lib, ularni sozlash imkoniyatini beradi:

Masalan, Foydalanuvchilarni hisobga olish (Учетные записи пользователей) bo’limi orqali operatsion sistemaning ko’pfoydalanuvchilik imkoniyatini ko’rish mumkin. Bunda shu sistemada bir nechta foydalanuvchi ochilishi, ularning kompyuterni boshqarishdagi imkoniyatini sozlash, parollarni kiritish va o’zgartirish, foydalanuvchini hisobdan chiqarish kabi ishlarni amalga oshirish mumkin.

Qidirish bandi papkalarni, fayllarni, server kompyuteri yoki E-Mail ma’lumotlarini qidirish imkonini beradi.

Ma’lumot - ma’lumotlar tizimini chaqi­rish­ni amalga oshiradi. Axborot olish uchun ma’lumot tizimi mazmunidan yoki mavzular ko’rsatkichidan foydalanish mumkin. Bu tizim Windowsning imkoniyatlari va unda ishlash bo’yicha to’liq axborot beradi.

Bajarish buyrug’i dasturlarni ishga tushiradi va papkalarni ochadi, MS DOS buyruqlarining bajarilishini ta’minlaydi. Bu buyruqning muloqot oynasida ОБЗОР tugmachasi bo’lib, uning yordamida dasturlar tanlanadi va buyruqlar qatorida dasturning to’liq nomi hosil qilinadi. Buyruqni ishga tushurish uchun OK tugmachasi, bekor qilish uchun esa  ОТМЕНА  tugmachasi bosiladi.

O’chirish bandi orqali Windowsda ish tugallanadi va kompyuter o’chiriladi.

Shuni ta’kidlash lozimki, o‘quvchilar sozlash bo‘limi yordamida komyuter yoki dasturlarga aloqador o‘zgartirishlar kiritishi kompyuter yoki dasturlar ishiga ta’sir etishi yoki izdan chiqarishi mumkin. Shuning uchun Windowsning xavfsizlik bilan bog’liq imkoniyatlaridan foydalanish maqsadga muvofiq.

Mavzuni mustahkamlash va yakunlash:

Bu bosqichda o‘quvchilarga mavzudagi asosiy tushunchalar bilan bog‘liq savollar va topshiriqlar bilan murojaat qilish yoki test vazifalarini berish mumkin.

Savol va topshiriqlar

1.       Windows OS da foydalanuvchi necha turdagi menyu bilan ishlashi mumkin?

2.       Menyu nima va ularning qanday turlari mavjud?

3.       Kontekst-menyuni ochilishini amalda ko’rsating.

4.       Menyuda qanday shartli belgilar qo’llaniladi va ularning vazifalari qanday?

5.       Qism menyu nima va u haqida nimalar bilasiz?

6.       Sozlash bandining qanday qism menyulari bor?

7.       Bosh menyuning Hujjatlar bo’limi haqida ma’lumot bering.

8.       Bosh menyuning Qidirish va Ma’lumot bandlarining vazifasini tushuntirib bering.

9.       Windowsning ishini tugatishni amalda ko’rsating.

Sayt muallifi
Saytdan qidirish
Kalendar
«  Aprel 2024  »
DuSeChPaJuShYa
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930
Arxiv
Ob-havo ma'lumoti
Ob-havo
Block title
Block title
O'zbek bayramlari

Koson 2024