Chorshanba, 24.04.2024, 06:26
Assalomu alaykum saytimiz mehmonlari!

SehriyoInf.Ucoz.RU

Sayt menyulari
Bo'limlar ro'yhati
Mini chat
So'rovnoma
Microsoft Office dasturlaridan qaysilarini yaxshi bilasiz?
Barcha javoblar: 746
Statistika

Barcha online: 1
Mehmon: 1
Foydalanuvchilar: 0

7-dars

Klaviatura trenajorida mashqlar

Avvalgi darsda siz klaviatura bilan tanishdingiz. Klaviatura kompyuterga axborotlarni kiritishda asosiy qurilma bo'lib xizmat qilishini bilib oldingiz. Mazkur darsda klaviaturadan foydalanishni mashq qilamiz.

Kompyuter yordamida biror matn (xat, referat, ...) hosil qilish uchun biz, albatta, klaviaturadan foydalanamiz. Matnni tez va bexato terish uchun klaviaturadan klavishlarning joylashishini yaxshi bilib olish kerak bo'ladi. Har qanday hunarni egallash uchun tinimsiz mashq qilish lozim. Klaviaturadan unumli foydalanish uchun ham juda ko'p mashq qilish zarur. Buning uchun maxsus dasturlardan foydalaniladi. Ular yordamida biz klaviaturadan foydalanishni mashq qilamiz. Bunday dasturlar klaviatura trenajorlari deyiladi. Kompyuterlar uchun o'nlab klaviatura trenajorlari ishlab chiqilgan. Quyida biz ularning bittasini ko'rib chiqamiz.

«KLAVTREN» - klaviatura trenajori

Trenajorni ishga tushiruvchi «klavtren» faylining yorlig’I o'ziga xos ko'rinishga ega. U ishga tushirilgach ekranga dasturning zarvarag'i chiqadi. Undan sichqoncha yordamida «sekin» (toshbaqa rasmli tugma), «tez» (o'rdak rasmli tugma) va «matn» (tuyaqush rasmli tugma) bosqichlaridan biri tanlanadi. Dasturdan chiqish uchun zarvaraqning o'ng pastki burchagidagi «EXIT» tugmasi tanlanadi.


«Sekin» va «tez» bosqichlardan biri tanlansa, ekranga trenajorning ish maydoni chiqadi. Sizning vazifangiz ekranning yuqori qismidan tushayotgan belgiga mos klavishni bosishdan iborat. Har bir noto'g'ri bosgan klavish uchun 1 ball jarima beriladi. Trenajor ish maydonining pastki qismda klaviatura rasmi bo'lib, unda tushayotgan belgiga mos klavish yonib-o'chib turadi. Mashq qilish uchun 1 minut beriladi. Shu vaqt ichida tushgan belgilar soni, siz to'plagan ball va jarima hisoblab boriladi. Vaqt tugashi bilan erishgan tezligingiz, ish samarangiz va bahoingiz ekranga chiqadi.

Avvalgi darsda klaviatura trenajorida ishlashni o'rgandingiz. Unda siz berilgan harfga mos klavishni klaviaturadan qisqa vaqt ichida topish ko'nikmasiga ega bo'ldingiz. Bu darsda turli matnlarni terishni mashq qilasiz.

Avvalgi darsda klaviatura trenajorining «toshbaqa» va «o'rdak» bosqichlarida mashq qildingiz. Endi trenajor yordamida matn terishni mashq qilamiz. Buning uchun trenajorni ishga tushirib «matn terish» bosqichini tanlang. Ekranga quyidagi mashq oynasi chiqadi. U ikkita darchadan iborat. Birinchi darchada mashq uchun matn berilgan. Ikkinchi darchaga shu matn kiritiladi. Matn kiritish vaqti hisoblab boriladi. Har bir noto'g'ri kiritilgan belgi uchun jarima beriladi. Berilgan matnni to'liq kiritib bo'lsangiz ekranga olgan bahoingiz chiqadi. Baho qo'yishda matn kiritish tezligingiz va jarimalar hisobga olinadi.


Sayt muallifi
Saytdan qidirish
Kalendar
«  Aprel 2024  »
DuSeChPaJuShYa
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930
Arxiv
Ob-havo ma'lumoti
Ob-havo
Block title
Block title
O'zbek bayramlari

Koson 2024