Персональный сайт учителя информатики - 14-dars
Shanba, 10.12.2016, 13:43
Assalomu alaykum saytimiz mehmonlari!

SehriyoInf.Ucoz.RU

Sayt menyulari
Bo'limlar ro'yhati
Mini chat
300
So'rovnoma
Saytga baho bering
Barcha javoblar: 209
Statistika

Barcha online: 1
Mehmon: 1
Foydalanuvchilar: 0

14-dars

Elektron pochta

 

Internet tizimi imkoniyatlari faqat saytlarda saqlab qo'yilgan tayyor ma'lumotlarni berish bilan cheklanmaydi. U yana matn holatida zudlik bilan ma'lumot almashish, ya'ni "gaplashish" hamda xat yuborish kabi imkoniyatlarni ham beradi.

 

Pochta haqida

Siz pochta xizmati bilan juda yaxshi tanishsiz. Do'stlaringizga ko'p marta xat yozgansiz va ulardan xat olgansiz. Buning uchun oddiy qog'oz varag'iga kerakli matnni yozib, uni konvertga joylaysiz. Yozgan xatingiz ayni siz xohlagan yerga borishi uchun, konvertning maxsus joyiga manzilni aniq yozish kerak bo'ladi. Konvert "og'zini" yelimlab, pochta qutisiga tashlaysiz. Konvertda ko'rsatilgan manzilning siz yashab turgan joydan qanchalik uzoq yoki yaqinligiga qarab, xatingiz ko'zlangan yerga yetib borishi uchun bir necha kundan bir necha haftagacha vaqt sarflanishi mumkin. Xabarni juda tez yetkazish kerak bo'lsa, pochta xizmatidan foydalanish befoyda. Bunday hollarda telefondan foydalanish mumkin. Ammo, telefon orqali rasm, chizma va hujjatlarni yuborib bo'lmaydi.


Internet bu muammoni ham osonlikcha hal qilib berdi. Internet tizimining ajralmas qismi bo'lgan elektron pochta jadallik bilan oddiy pochta o'rnini egallab bormoqda. Chunki elektron pochta orqali yuborilgan xabar dunyoning istagan yeriga sanoqli daqiqalarda yetib boradi. Hozirgi kunda millionlab kishilar elektron pochta xizmatidan samarali foydalanmoqda. Ularning soni kun sayin ortib borayapti.

Elektron pochta oddiy pochtaning asosiy kamchiligi bo'lgan tezlik muammosini hal qilibgina qolmay, matn, turli chizmalar bilan bir qatorda tovushli va video xabarlar yuborish imkonini ham beradi. Elektron pochta fydalanuvchilari o'z elektron adreslariga ega bo'lib, uni Web-sahifa adresidan oson ajratish mumkin: <foydalanuvchi nomi>@<pochta serveri nomi>. Elektron pochta adresida albatta ("tijoratdagi et" yoki boshqacha nomi "kuchukcha") belgisi qatnashadi. Masalan, rtm@uzsci.net.

 

Outlook Express dasturi interfeysi

Elektron pochta foydalanuvchisi (abonenti) bo'lish uchun, Internet tizimida aniq elektron adresga ega bo'lgan "pochta qutisi "ga ega bo'lish lozim. Pochta qutisi - Internet tizimidagi maxsus server (provayderingiz kompyuteri) diskida siz uchun ajratilgan joy. Sizga elektron pochta orqali yuborilgan xabarlar, ularni qabul qilib olmaguningizcha, xuddi shu pochta qutisida saqlanadi. Pochta qutisi va elektron adres bilan abonentlarni provayder ta'minlaydi. Ammo elektron pochta xizmatidan foydalanish uchun shuning o'zi yetarli emas. Pochta qutisidagi xabarlarni qabul qilib olish, xabar tayyorlash va uni elektron pochta orqali jo'natish kabi ishlarni bajarish uchun maxsus dasturlardan foydalaniladi. Shunday dasturlardan biri – "Outlook Exprers”dir. Bu dastur qulay interfeysga ega bo'lib, u bilan ishlash qiyinchilik tug'dirmaydi. Outlook Express dasturi ishga tushirilgach, ekranda quyidagi lavha hosil bo'ladi:

 


Menyular satrida "Fayl" (Файл). "Tahrir" (Правка), "Ko'rinish" (Вид), "Servis" (Сервис), "Xabar" (Сообщение) va "Ma'lumot" (Справка) menyulari joylashgan.

Fayl menyusi yordamida asosan yangi xabar hosil qilish. Avval hosil qilingan xabarni ochish, xabarni chop etish, dasturdan chiqish amallari bajariladi.

Tahrir menyusi tarkibidagi amallar asosan nusxa olish, izlash, belgilash kabi ishlarni bajarishga xizmat qiladi.

Ko'rinish menyusi dastur interfeysining ko'rinishini o'zgartirish, shrift o'lchami va xabarlarni saralash usulini tanlash kabi amallarni bajarishga mo'ljallangan.

Servis menyusi yordamida elektron pochta orqali xabar yuborish, xabarlarni qabul qilish, dastur parametrlarini o'zgartirish kabi amallar bajariladi.

Xabar menyusi asosan xabar hosil qilish, kelgan xabarga javob yuborish kabi ishlarni bajarishga xizmat qiladi.

Ma'lumot menyusiga kirib, dastur haqida ma'lumot olish mumkin.

Uskunalar paneli tugmalar majmuidan iborat bo'lib, har bir tugma ma'lum amalni bajarishga mo'ljallangan.

 



Uskunalar paneli yordamida bajariladigan asosiy amallar:


Papkalar oynasi quyidagi papkalardan iborat

 

Outlook Express dasturining ishi

 

Kelganlar papkasida sizga kelgan xatlar saqlanadi. Jo'natilayotganlar papkasida siz shu paytda jo'natayotgan xatlar bo'lib, ular jo'natilishi bilan avtomatik ravishda Jo'natilganlar papkasiga o'tkaziladi. Bu papkalardan qaysi biri tanlansa, ma'lumotlar oynasiga shu papkada saqlanayotgan xabarlar ro'yxati chiqadi. Ro'yxatdagi biror xabar (sichqoncha yordamida) tanlansa, ko'rish oynasiga uning matni chiqariladi. Ma'lumotlar oynasidagi tanlangan xabarlarni O'chirish tugmasini bosib, o'chirish mumkin. Bu holda o'chirilgan xabarlar O'chirilganlar papkasiga o'tkaziladi. Bu papkadagi xabarlarni qayta tiklash mumkin.


Sizga yuborilgan xabarlarni pochta qutisidan olish uchun uskunalar panelidagi Qabul qilish tugmasi bosiladi. Natijada sizga yuborilgan va pochta qutisida saqlanayotgan xabarlar sizning kompyuteringizdagi Kelganlar papkasiga ko'chiriladi. Qabul qilib olingan xabarlar pochta qutisidan o'chirib yuboriladi.

Xabar hosil qilish uchun uskunalar panelidagi Xabar hosil qilish tugmasi bo’ladi. Natijada ekranga "Xabar hosil qilish" lavhasi chiqadi.

Xat yozishda turli shrift va o'lcham, belgi rangi, fon rangi, matnni sahifada joylashtirish usuli, rasm joylashtirish va hokazo amallarni qo'llash mumkin. Buning uchun uskunalar panelida maxsus tugmalar mavjud. Ulardan foydalanish Microsoft Word matn protsessori mavzularida batafsil ko'rib chiqilgan.

Uskunalar panelidagi Joylash (Вложить) tugmasini bosib, kompyuteringizda mavjud bo'lgan ixtiyoriy faylni yuborayotgan xatingizga qo'shib jo'natishingiz mumkin. U oddiy matn, rasm, tovushli, video va hokazo fayl bo'lishi mumkin.

Xabar tayyor bo'lgach, "Kimga" adreslar satriga xabar yetib borishi lozim bo'lgan elektron pochta adresi yoziladi. Agar xuddi shu xabarni yana biror adresga jo’natish lozim bo'lsa, "Nusxa" adreslar satrida ikkinchi adresni ko'rsatish kifoya Mavzu satriga yuborilayotgan xabar mavzusi yoziladi, Bu satr ma'lumot kiritilishi shart bo'lmagan satrlar sirasiga kiradi. Ya'ni uni bo'sh qoldirish ham mumkin.

Xabarni elektron pochta orqali jo'natish uchun uskunalar panelidagi Jo'natish tugmasi bosiladi. Bu holda tayyorlangan xabar Jo'natilayotganlar papkasiga ko'chirib o'tkaziladi va ekranga xabar jo'natilishi jarayonini aks ettiruvchi lavha chiqadi. Xabar hajmiga qarab, bu jarayon bir necha soniyadan bir necha daqiqagacha davom etishi mumkin. Bu jarayon yakunlanishi bilan, xabar Jo'natilayotganlar papkasidan Jo'natilganlar papkasiga avtomatik ravishda ko'chib o'tadi.

 

Saytlardagi elektron pochtalar

Internet tizimida maxsus web-saytlar orqali ham elektron pochta qutisiga ega bo'lish mumkin. Mail.ru, Rambler.ru kabi bir qancha web-saytlar shular jumlasiga kiradi. Bunday web-saytlarda "pochta qutisi hosil qilish" tugmasi bo'lib, u bosilsa, ekranga muloqot oynasi chiqadi. Taklif etilgan bir nechta savolga (Familiyangiz, ismingiz, pochta adresi, parol va boshqa savollarga) javob berish kerak bo'ladi. Siz kiritgan pochta adresi mazkur Web-sayt joylashgan serverda mavjud bo'lsa, boshqa adres kiritish tavsiya etiladi. Chunki bitta serverda ikkita bir xil elektron pochta adresi bo'lishi mumkin emas.

Bu usulda hosil qilingan elektron pochta qutisining asosiy kamchiligi shundaki, undan ma'lum vaqt (odatda 3 oy, lekin turli serverlarda bu muddat o'zgarishi mumkin) foydalanmasangiz, u Internet tizimidan olib tashlanadi. Ammo u bir qancha afzalliklarga ham ega bo'lib, quyida ularning asosiylari keltirilgan:

1.     Internetga ulangan o'z shaxsiy kompyuteringiz bo'lishi shart emas.

2.     Elektron pochtangizdan dunyoning ixtiyoriy chekkasida foydalanishingiz mumkin.

Sayt muallifi
Saytdan qidirish
Kalendar
«  Dekabr 2016  »
DuSeChPaJuShYa
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031
Arxiv
Ob-havo ma'lumoti
Ob-havo
Block title
Block title
O'zbek bayramlari

Koson 2016