Juma, 19.04.2024, 01:49
Assalomu alaykum saytimiz mehmonlari!

SehriyoInf.Ucoz.RU

Sayt menyulari
Bo'limlar ro'yhati
Mini chat
So'rovnoma
Microsoft Office dasturlaridan qaysilarini yaxshi bilasiz?
Barcha javoblar: 743
Statistika

Barcha online: 1
Mehmon: 1
Foydalanuvchilar: 0

6-dars

                           Klaviatura bilan tanishuv.

Klaviaturaning har bir klavishi ustida bir nechta belgi (harf, son, so'zlar) yozilgan. Agar biror klavish bosilsa yoki klavishlar birgalikda bosilsa nima hodisa ro'y beradi degan savolga javob beramiz.

Klaviatura qanday tashkil etilgan?

Klaviatura, odatda, quyidagicha tashkil etilgan bo'ladi:

1.        Lotin, kirill harflari yoki raqamlarni kiritish klavishlari.

2.          Maxsus vazifalarni bajaruvchi klavishlar.

3.          Kursorni boshqarish klavishlari.

4.           Funksional klavishlar.

5.           Yordamchi klavishlar majmui.

6.                    Yonib yoki o'chib turgan indikatorlar.

 

Klaviaturadagi harflarni kiritish holatlari qanday o'zgartiriladi?

Lotin yoki kirill harflarini kiritish holatiga o'tish, odatda, ikki xil usulda

amalga oshiriladi.

1- usul. Sichqoncha yordamida. Masalalar panelidagi piktogrammani piktogrammaga va aksincha o'tkaziladi. Buning uchun sichqoncha strelkasini shu piktogrammaga yo'naltirib chap tugmasi bosiladi. Hosil bo'lgan (o'ngdagi) tanlov lavhasidan kerakli piktogramma tanlanadi.

2- usul. Klavishlar yordamida.

Buning uchun maxsus klavishlardan Alt (ba'zi hollarda Ctrl) bilan Shift birgalikda bosiladi.

          Klaviatura yordamida harf, raqam yoki belgi qanday yoziladi?

Windows ish stolining masalalar panelida piktogrammasi turgan bo'lsin. Kichik lotin harflari yoki raqamlar shu harf yoki raqam yozilgan klavishlarni bir marta bosish orqali kiritiladi.

Masalan, «2006 yil» so'zini yozish kerak bo'lsa, bu so'zdagi har bir raqam va harfga mos (yuqoridagi rasmga qarang) klavishlar birma-bir bosib chiqiladi.

Bir harf sig'adigan bo'sh joy (probel) qoldirish uchun esa «probel» klavishi bir marta bosiladi.

Bosh (katta) lotin harflari yoki raqamlarning yuqorisidagi (umu­man, klavishlarni yuqori qismida joylashgan) belgilarni yozish uchun «Shift» klavishini bosib turilgan holda harf yoki belgilarga mos klavishlar birma-bir bosib chiqiladi. Bunday yozish usuli klavishlarni birgalikda bosish deyiladi.

Masalan: "2006 yil” ga mos klavishlarni Shift bilan birga bosilsa «@))^ YIL» yoziladi.

Endi Windows ish stolining masalalar panelida piktogrammasi turgan bo'lsin. Bu holda kichik kirill harfi va ba'zi mahsus belgilarni yozish mumkin bo'ladi. Odatda, klavish ustidagi kirill harfi lotin harfiga nisbatan boshqa (ko'pincha qizil) rangda yozilgan bo'ladi.

 

Masalan:

 

Klaviaturadagi maxsus klavishlar nimaga kerak?

Maxsus klavishlardan Shift klavishining vazifasini bilib oldingiz, ya'ni klavishlarni birgalikda bosish orqali bosh harflarni yozish mumkinligini ko'rdik. Ikkinchi usulda Caps Lock klavishi bosiladi. Natijada Caps indikatori yonadi hamda klavishlar orqali faqat bosh harflarni yozish mumkin bo'ladi.

Bu holda Shift klavishini bosib turib harflar yozilsa, kichik harflar yoziladi. Faqat kichik harflarni yozish uchun yana Caps Lock klavishi bosiladi.

Boshqa maxsus klavishlarning vazifasini quyidagi jadvaldan bilib olasiz.


Sayt muallifi
Saytdan qidirish
Kalendar
«  Aprel 2024  »
DuSeChPaJuShYa
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930
Arxiv
Ob-havo ma'lumoti
Ob-havo
Block title
Block title
O'zbek bayramlari

Koson 2024