Payshanba, 25.04.2024, 14:10
Assalomu alaykum saytimiz mehmonlari!

SehriyoInf.Ucoz.RU

Sayt menyulari
Bo'limlar ro'yhati
Mini chat
So'rovnoma
Saytga baho bering
Barcha javoblar: 504
Statistika

Barcha online: 1
Mehmon: 1
Foydalanuvchilar: 0

Hujjatlarda shakllar va chizmalar

Word da chizma yaratish uchun bosh menyuning Vstavka (Joylash) bo'limidan Risunok (Rasm) bandidagi Sozdat risunok (Rasm yaratish) ni tanlash kerak. Natijada ekranda to'g'ri to'rtburchak shaklidagi maydoncha hosil bo'ladi va unga turli tayyor geometrik shakllarni joylashtirib, vektor grafikasi asosida chizma tayyorlash mumkin:

 

6.10.1-rasm

 

Bunda ekranda paydo bo'lgan Risovanie (Rasm chizish) uskunalar panelidan foydalanish mumkin. Odatda bu panel ekranning pastki qismida paydo bo'ladi.  Uning Risovanie (Chizish) tugmasi asosiy chizish amallari joylashgan menyuga yo'l ochadi. Avtofiguri (Tayyor shakllar) tugmasi mavjud geometrik shakllarni tanlashga imkon yaratadi. 3-tugma yordamida to'g'ri chiziq kesmasini, 4-tugma yordamida paykon shaklidagi kesmani, 5-tugma bilan, to'g'ri

to'rtburchakni, 6-tugma bilan aylana va ellipslarni chizish mumkin. 7-tugma rasmga matn kiritish uchun, 8-tugma matnni geometrik shaklda tasvirlash uchun xizmat qiladi. 9-, 10- va 11-tugmalar hujjatga mos ravishda diagramma, tasvir va rasm kiritishga xizmat qiladi.12-, 13- va 14-tugmalar mos ravishda qog'ozning, chiziqlarning va matnning rangini tanlashga yordam beradi. 15-, 16- va 17-tugma yordamida chiziqlarning qalinligi, ularning va uchlarining turlari o'zgartiriladi. Oxirgi ikki tugma geometrik shakllarga soya berish va ularni qavariq ko'rinishda tasvirlash uchun ishlatiladi.

 

6.10.2-rasm

 

Rasm chizish panelida asosiy geometrik shakllar keltirilgan bo'lib, ularning qolganlarini panelning Avtofiguri (Tayyor shakllar) bandidagi menyu orqali chaqirish mumkin. Ularning ko'pchiligi quyidagi rasmda keltirilgan.

 

6.10.3-rasm

 

Ular orasida chiziqlar alohida o'rin egallaydi. Geometrik shakllar ma'lum sohani egallaydilar va bu sohani biror rang bilan bo'yash mumkin. Ulardan farqli o'laroq, chiziqlar (yopiq chiziqlardan tashqari) ekranda biror sohani egallamaydilar va ular uchun sohani bo'yash (Zalivka) va sohani shaffof qoldirish (Net zalivki) kabi amallarning ma'nosi yo'q. Lekin Word da bunday chiziqlarning uchlari bir-biri bilan ko'rinmas chiziq yordamida birlashtiriladi va ular ham ma'lum bir sohani egallaydilar.

Chizish panelining Avtofiguri (Tayyor shakllar) menyusining Linii (Chiziqlar) bo'limidan chap past burchagidagi Krivaya (Egri chiziq)ni tanlaymiz. Sichqonni uning boshi turadigan joyga olib kelib chertamiz, so'ngra burilish nuqtalarining har birida sichqonni chertib chiqib, oxirida ikki marta chertamiz. Hosil bo'lgan chiziq ustiga sichqonni olib kelib, o'ng tugmasini chertamiz, paydo bo'lgan kontekst menyudan Format avtofiguri bandini tanlaymiz. Paydo bo'lgan muloqot oynasida Sveta i linii (Ranglar va chiziqlar) jildini tanlab, shablon (qolip) dan chiziqlarni, tolshina (qalinligi) dan chiziq qalinligini 1,5 punkt qilib, nachalo (boshi) va kones (oxiri) dan bir uchini to'mtoq, ikkinchisini o'q yoy kabi uchli qilib tanlanmiz. Natijada chiziqning ko'rinishi o'zgaradi.

 

6.10.4-rasm
Sayt muallifi
Saytdan qidirish
Kalendar
«  Aprel 2024  »
DuSeChPaJuShYa
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930
Arxiv
Ob-havo ma'lumoti
Ob-havo
Block title
Block title
O'zbek bayramlari

Koson 2024