Персональный сайт учителя информатики - 4-dars
Shanba, 10.12.2016, 13:48
Assalomu alaykum saytimiz mehmonlari!

SehriyoInf.Ucoz.RU

Sayt menyulari
Bo'limlar ro'yhati
Mini chat
300
So'rovnoma
Saytga baho bering
Barcha javoblar: 209
Statistika

Barcha online: 1
Mehmon: 1
Foydalanuvchilar: 0

4-dars

                         Fayl yoki papkani ochish.

Windows muhitida ishlash uchun papka yoki faylni ochish, yopish, yangi papka hosil qilish, nomini va o'lchamini o'zgartirish, siljitish kabi amallarni bajara olish kerak bo'ladi.

Papka yoki fayl qanday ochiladi?

 Ish maydonidagi papkalar (masalan, Mening kompyuterim) yoki papkalarga mos yorliqlar ustiga sichqoncha ko'rsatkichini olib borib chap tugmasi ikki marta bosilsa, ish stolda oyna deb ataluvchi quyidagi ko'rinish hosil bo'ladi.

 

Oyna sarlavha satrining chap tomonida ochilgan fayl yoki papkalarning nomi yozilgan bo'ladi, o'ng tomonida esa «Oynani masalalar paneliga o'tkazish», «Oyna o'lchamini tanlash», «Oynani yopish» tanlov tugmalari joylashgan bo'ladi. Ochilgan fayl va papkalarga mos tugmalar Masalalar panelida aks etib turadi. Bir oynadan boshqasiga o'tish uchun «masalalar» panelidan mos tugma ustiga sichqoncha ko'rsatkichini olib borib chap tugmasini bosish yetarli.

Vinchesterlar, fayllar, ko'pgina dasturlar, diskyuritgichdagi disketlar, CD-ROMdagi disklar yuqoridagi usulda ochiladi va ularning mazmuni ham oynada aks etadi. Masalan:


Oynani siljitish va o'lchamini o’zgartirish qanday amalga oshiriladi?

Oynani ish stolida siljitish uchun sichqoncha ko'rsatkichini oynaning sarlavha satri ustiga olib boriladi. Sichqonchaning chap tugmasi bosilgan holda kerakli yo'nalishda harakatlantiriladi.

«Oуnа o'lchamini tanlash» tugmasi shu oynani butun ekranga yoyish yoki oxirgi yopilgandagi kichik o'lchamda aks ettirish uchun xizmat qiladi.

Oyna o'lchamini har xil yo'nalishlarda o'zgartirish uchun sichqoncha ko'rsatkichi oyna chegarasiga olib boriladi. Chegara ustida belgi aks etgash, sichqonchaning chap tugmasi bosilgan holda kerakli yo'nalishda harakatlantiriladi.

Yangi papka qanday hosil qilinadi?

Ish maydonida papka hosil qilish kerak bo'lsin. Buning uchun ish maydonining bo'sh joyiga sichqoncha ko'rsatkichini olib kelib o'ng tugmachasi bir marta bosiladi. Natijada ish maydonida kontekst-menyu ochiladi.

Sichqoncha ko'rsatkichini menyuning Hosil qilish (Создать) bo'limiga olib kelingach, monitorda Создать lavhasi paydo bo'ladi.

 


Создать lavhasidan sichqonchaning ko'rsat­kichi yordamida Папку bo'limi

tanlanadi va sichqonchaning chap tugmachasi bir marta bosiladi.

Natijada ish maydonida Yangi papka (Новая папка) nomli papka hosil bo'ladi.

Biror papkani ochib uning ichida yuqoridagi usulda yangi papka hosil qilish mumkin.

 

Yorliq, fayl yoki papka nomi qanday o'zgartiriladi.

 

Ba'zan avval hosil qilingan yorliq, fayl yoki papkaning nomini o'zgartirish zarur bo'ladi . Buning uchun yorliq, fayl yoki papka belgilanib, sichqonchaning o'ng tugmachasi bosiladi. Natijada monitorda kontekst-menyu lavhasi ochiladi. Undan Qayta nomlash (Переименовать) bo'limini tanlab sichqonchaning chap tugmachasi bir marta bosiladi. Natijada o'zgartirilishi kerak bo'lgan nom bo'yalib qoladi va nom oxirida tik chiziq o'chib yonib turadi. Bu chiziqcha yurgich deb ataladi. Klaviatura yordamida yangi nom kiritilib «ENTER» tugmasi bosiladi.

Sayt muallifi
Saytdan qidirish
Kalendar
«  Dekabr 2016  »
DuSeChPaJuShYa
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031
Arxiv
Ob-havo ma'lumoti
Ob-havo
Block title
Block title
O'zbek bayramlari

Koson 2016