Персональный сайт учителя информатики - 1-dars
Shanba, 10.12.2016, 13:46
Assalomu alaykum saytimiz mehmonlari!

SehriyoInf.Ucoz.RU

Sayt menyulari
Bo'limlar ro'yhati
Mini chat
300
So'rovnoma
Microsoft Office dasturlaridan qaysilarini yaxshi bilasiz?
Barcha javoblar: 387
Statistika

Barcha online: 1
Mehmon: 1
Foydalanuvchilar: 0

1-dars

Informatika fani nimani

o'rganadi

"Informatsiya" so'zi turli tillarda ishlatilib, ma'nosi turlicha talqin qilinsa ham ularning asosida lotincha informatio so'zi yotadi. U «ma'lumot», «tushuntirish», «tavsiflash» degan ma'noni anglatadi. O'zbek tilida informatsiya so'zi axborot deb tushuniladi.

Informatika fan sifatida

XX asrning 50-yilIarida yangi fan - informatikaga asos solindi. Informatika termini (fransuzcha: informatique) fransuzcha information (axborot) va automatique (avtomatika) so'zlari negizida hosil bo'lgan. Uning tarjimasi "axborotli avtomatika" degan ma'noni bildiradi.

Bu terminning inglizcha varianti ham bor bo'lib, u "Computer science", ya'ni "kompyuter ilmi" deb ataladi.

Informatika kompyuter texnikasini qo'llashga asoslanib inson faoliyatining turli sohalarida axborotlarni izlash, to 'plash, saqlash, qayta ishlash va undan foydalanish masalalari bilan shug’ullanuvchi fandir.

 

Qisqa qilib aytganda, informatika kompyuter texnikasi asosida axborotlar ustida bajariladigan amallar va ularni qo'llash usullarini o'rganadigan fandir. Demak, informatika uchun asosiy ashyo axborot bo'lib, u asos tushunchadir.

Informatika fanini kompyutersiz tasavvur qilib bo'lmagani uchun sizga tanish bo'lgan quyidagi ikki qism birgalikda qaraladi:


Axborot va bilish haqida

IX-X asrlarda Forobiy taxallusi bilan yashab ijod etgan yurtdoshimiz Abu Nasr Muhammad ibn Muhammad ibn Uzlug' Tarxon bilish jarayonini ikki bosqich - aqliy bilish va hissiy bilishdan iborat bo'lib, ular o'zaro bog'liq, lekin biri boshqasisiz vujudga kelmasligini alohida ta'kidlaydi. Bilishning mazkur bosqichlari axborotsiz shakllanmaydi va demak, axborot bilishning asosini tashkil etuvchi element hisoblanadi.

Forobiy "Ilm va san'atning fazilatlari" risolasida tabiatni bilish jarayoni cheksizligini, bilim bilmaslikdan bilishga, sababni bilishdan oqibatni bilishga, sifatlardan mohiyatga qarab borishini va buning asosida, ilmning borgan sari ortib. chuqurlashib borishini ta'kidlaydi.

Allomaning aytishicha, odamning ibtidosida avvalo "oziqlanish talabi" paydo bo'lib, unga ko'ra odam ovqatlanadi. Shundan so'nggi talablar "tashqi talablar" bo'lib, ular bevosita tashqi ta'sir natijasida sezgi a'zolari orqali vujudga keladi. Mazkur "tashqi talablar" 5 turlidir: teri-badan sezgisi; ta'm bilish sezgisi; hid bilish sezgisi; eshitish sezgisi; ko'rish sezgisi.

Axborot tushunchasi

Axborot turli sohalarda turlicha tushunib kelinadi. Masalan, dehqon uchun axborot - ertangi ob-havo, yerning ozuqa bilan to'yinganligi yoki yetishtirilgan mahsulotning bozordagi narxi; tibbiyot xodimlari uchun - bemorning kasallik tashxisi, dori-darmonlar; muhandislar uchun - texnika va texnologiyalar; o'quvchi uchun - fanlardan olayotgan ma'lumotlari. Boshqa sohalarda ham o'z sohalari bilan bog'liq bo'lgan ma'lumotlarni axborot sifatida qabul qiladilar. Demak, inson doimo axborot bilan ish ko'rib kelgan.

Axborot nazariyasi asoschilaridan bin amerikalik Klod Shennon axborotni narsa haqidagi bilimlarimizdagi noaniqlikni bartaraf etilishi kabi e'tirof etadi. Kibernetika fanining asoschisi Norbert Viner axborotni bizni va sezgilarimizni tashqi olamga moslashuvimizdagi mazmunni ifodalash deb qaraydi.

Axborotga olimlar tomonidan yuqoridagi kabi ta'rif berishga urinishlar ko'p bo'lgan. Lekin, axborot tushunchasiga har tomonlama ilmiy asoslangan ta'rif berish mumkin emas. Chunki, axborot informatikaning asos tushunchasi bo'lib, yuqoridagi misollardan ko'rinadiki, u juda ko'p ma'noni o'z ichiga oladi.

Axborot haqida tushunchaga ega bo'lish uchun hayotingizdagi bir misolni esga olaylik. Go'daklik vaqtingizda "muzqaymoq" so'zi sizga faqatgina "mazali shirinlik" ma'nosini anglatardi. Uni boshqa shirinliklar ichidan nomi, ko'rinishi, ta'mi, hidi yoki sovuqligidan ajratib olardingiz. Maktab yoshingizda "muzqaymoq'' so'zi "shakar, qaymoq, kakao yoki kofe, suyuqlikning boshqa agregat holati, temperatura, tomoq og'rig'i, angina, vrach, LOR, ishlab chiqaruvchi davlatlar" kabi o'zaro bog'langan modda va tushunchalar hamda muzqaymoqni tayyorlash usullari bilan bogliq ma'lumotlar bilan to'ldi. Keyinchalik esa "muzqaymoq" molekula va atomlardan iboratligi haqida ma'lumot oldingiz. Lekin bu hali ''muzqaymoq" haqidagi to'liq ma'lumot emasligini, vaqti kelib bu so'z yana boshqa ma'lumotlar bilan to'lishini tushunish qiyin emas. Demak, inson yillar davomida hayotdan ma'lumotlar olar ekan, birini ikkinchisi bilan bog'lab to'ldirib boradi.

Yuqoridagi misol va alloma Forobiy fikrlaridan kelib chiqib axborotni qanday tushunish mumkin degan savolga quyidagicha javob berish mumkin:


AXBOROT deganda biz barcha sezgi a 'zolarimiz orqali borliqning ongimizdagi aksini yoki ta'sirini, bog'liqlik darajasini tushunamiz.

 

Demak, axborot borliqdagi narsa yoki jarayonlarning holatlari, xossalari va boshqa xususiyatlari haqidagi ma'lumotlarning turli vositalar va sezgi a'zolarimiz orqali bizga yetib kelishi va ongimizga ta'siri hamda bu ma'lumotlarning ongimizda boshqa ma'lumotlar bilan bog'lanishi ekan. Demak, inson borliqning bir qismi bo'lgani uchun, u o'zi haqida ham (og'riq, isib ketish, charchash va hokazo) ma’lumot oladi.

Yana bir yodingizdan chiqmaydigan misol: endi yura boshlaganingizda "issiq" so'zini bilmasangiz ham (bu so'z sizga "jiz" so'zi bilan tanish) bir marta qaynoq choynakni ushlab olib issiqlik haqida ma'lumot olgansiz, keyinchalik shu so'zni choynakning, taomning va boshqa narsalarning (olov, quyosh nuri va hokazo) issiqligi bilan bog'lay olgansiz. Issiqlikning qanday olinishini bilgach uni ham shu so'z bilan bog’ladingiz. Fizika fanini o'qiganingizdan keyin "issiq" so'zini molekulalar harakati bilan bog'laysiz. Bu hali "issiq" degan so'z bilan bog'langan ma'lumotlarning hammasi emasligini tushungan bo'lsangiz kerak. Demak. hozirgacha olgan barcha ma'lumotlaringiz axborot bo'lib, axborotlar bog'langach esa bilimni tashkil etar ekan.

Sayt muallifi
Saytdan qidirish
Kalendar
«  Dekabr 2016  »
DuSeChPaJuShYa
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031
Arxiv
Ob-havo ma'lumoti
Ob-havo
Block title
Block title
O'zbek bayramlari

Koson 2016