Juma, 26.04.2024, 02:48
Assalomu alaykum saytimiz mehmonlari!

SehriyoInf.Ucoz.RU

Sayt menyulari
Bo'limlar ro'yhati
Mini chat
So'rovnoma
Saytga baho bering
Barcha javoblar: 504
Statistika

Barcha online: 1
Mehmon: 1
Foydalanuvchilar: 0

10-dars

Paint uskunalar paneli va undan foydalanish

Paintda geometrik shakllarni chizish va tahrir qilish uchun uskunalar panelidagi piktogrammalardan foydalaniladi.

Paint uskunalar panelida qanday uskunalar bor?

Uskunalar paneli quyidagi uskunalar to'plamidan iborat:


Paintning Ellips uskunasi yordamida aylana, To'g'ri to'rtburchak uskunasi yordamida kvadrat ham chizish mumkin.

Qalam va mo'yqalam yordamida shakllar qanday chiziladi?

Uskunalar panelidan qalam uskunasi tanlanadi. Sichqonchaning chap

tugmasi bosilgan holda harakatlantirilsa, uning yurgichi ishchi maydonda

tanlangan rangdagi iz qoldiradi (qalamni qog'oz ustida harakatlantirganda iz qolgan kabi). Mo'yqalam ham xuddi qalam kabi amal bajaradi. Ularning farqi shundaki, qalam bir xil qalinlikdagi chiziq chizsa, mo'yqalam yordamida turli qalinlikdagi chiziqlar chizish mumkin.

Mo’yqalam uskunasi tanlanganda uskunalar panelining tagida mo 'yqalam turi paneli paydo bo'ladi. Undan kerakli mo 'yqalam tanlab olinadi. Buning uchun yurgichni rasmda ko'rsatilgan shakllardan birining ustiga olib kelib, sichqonchaning chap tugmasi bosiladi.

1- mashq. Qalam yordamida 1- rasmdagi shakllarni chizing.

Mashqni bajarishni ishchi maydon o'lchamlarini belgilab olishdan boshlang.

Buning uchun rasm menyusidagi xususiyatlar (атрибуты) amalini bajaring. Hosil bo’lgan xususiyatlar lavhasida ishchi maydonning kengligini 600 piksel, bo'yini 300 piksel qilib belgilang, so'ngra «Ок» tugmasini bosing.

Mashqni bajarish vaqtida xatolikka yo'l qo'ysangiz, o’chirg’ich uskunasi yordamida rasmning xatolikka yo'l qo'yil gan qismini o'chirishingiz mumkin. Buning uchun usku­nalar panelidan o'chirg'ich uskunasini tanlab, yurgichni rasmning xatolikka yo'l qo'yilgan qismi ustida sichqonchaning chap tugmasini bosgan holda harakatlantirasiz.

                         

Paintda rasm qanday saqlanadi?

Paintda tayyorlangan rasmni saqlash quyidagi usulda amalga oshiriladi:

1)                Sichqoncha yordamida Fayl menyusining ... kabi saqlash (Сох­ранить как) bo'limi tanlanadi. Natijada quyidagi ko'rinish hosil bo’ladi.


2)   Fayl nomi (Имя файла) ko'rsatilgan, joyga fayl nomi kiritiladi.

3)   Fayl saqlanadigan papka tanlanadi.

4)    Saqlash (Сохранить) tugmasi tanlanadi yoki «Enter» klavishi bosiladi.

Natijada fayl nomi sarlavha satrida aks etadi. O'zgartirish kiritilgan rasmni avvalgi nom bilan saqlash uchun sichqoncha yordamida Fayl menyusining Saqlash (Сохранить) amalini tanlash yetarli.

Yodingizda bo'lsin: chizayotgan rasmingizni tez-tez saqlab turing.

Purkagich, ellips, to'g'ri to'rtburchak, to 'g'ri chiziq, egri chiziq uskunalari yordamida qanday shakllar chiziladi?

Uskunalar panelidan purkagich uskunasini tanlab, ishchi maydonning biror qismiga belgilangan rangli bo'yoq purkash mumkin. Buning uchun sichqoncha yordamida yurgichni ishchi maydonning kerakli joyiga olib kelib, chap tugmasi bosiladi. Purkagich asosan peyzajlar chizishda qo'l keladi.

2-   mashq. Purkagichdan foydalanib 2-rasmda keltirilgan manzara chizing.

Paint grafik muharririda rasm chizishda ellips, to'g'ri to'rtburchak, to 'g'ri chiziq, egri chiziq va standart shakllardan foydalanish yaxshi samara beradi.

Shuni aytish lozimki, ellips va to'g'ri to'rtburchak chizish vaqtida Shift klavishi bosib turilsa mos ravishda aylana va kvadrat hosil bo'ladi.

3-  mashq. To'g'ri chiziq, ko'pburchak va chegaralangan sohani bo'yash uskunalaridan foydalanib 3- rasmni chizing.


Amaliy topshiriqlar

4-     mashq. To'g'ri to'rtburchak uskunasidan foydalanib 4- rasmni chizing

 


      5-    mashq. Ellips va purkagich uskunalardan foydalanib 5- rasmni chizing.

Sayt muallifi
Saytdan qidirish
Kalendar
«  Aprel 2024  »
DuSeChPaJuShYa
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930
Arxiv
Ob-havo ma'lumoti
Ob-havo
Block title
Block title
O'zbek bayramlari

Koson 2024