Seshanba, 16.04.2024, 20:34
Assalomu alaykum saytimiz mehmonlari!

SehriyoInf.Ucoz.RU

Sayt menyulari
Bo'limlar ro'yhati
Mini chat
So'rovnoma
Saytga baho bering
Barcha javoblar: 501
Statistika

Barcha online: 2
Mehmon: 2
Foydalanuvchilar: 0

11-dars

Paintda amallar bajarish

 

 Paintda matn qanday yoziladi?

Rasmga matn joylashtirish uchun uskunalar panelidan matn uskunasi tanlanib, sichqoncha yordamida matn uchun to'g'ri to'rtburchak shaklida joy ajratiladi. Palitradan matn rangi tan­lanadi. Ko'rinish (Вид) menyusidan matn xususiyatlari paneli tanlanadi. Hosil bo'lgan Shriftlar lavhasidan matn shrifti, o'lchami va ko'rinishi


(qalin, og'ma, tagiga chizilgan) belgilab olinadi.

 

1- mashq. Berilgan 1- rasmni chizing. «Matn» amalidan foydalanib, rasmga matn kiriting.


Paintda nusxa qanday ko'chiriladi?

Paintda nusxa ko'chirish amali juda ko'p qulayliklar beradi. Masalan, bitta daraxt rasmini chizib olib, nusxa ko'chirish yo'li bilan sanoq daqiqalar ichida o'rmon manzarasini hosil qilish mumkin. Rasmning biror qismidan nusxa olib, shu rasmning boshqa joyiga yoki umuman boshqa rasmga joylashtirish ham mumkin.

Mashq sifatida 2- rasmdagi loladan nusxa ko'chirishda bo’ladigan amallar ketma-ketligini e'tiboringizga havola qilamiz. Paint dasturida nusxa ko'chirish amalini bajarish uchun uskunalar panelidan belgilash uskunasi tanlanadi (3-rasm). Sichqoncha yordamida rasmning nusxa olinishi lozim bo'lgan qismi ajratib olinadi (4-rasm).


 


Bu amal to'g'ri to'rtburchak chizish kabi bajariladi. Natijada rasmning ajatilgan qismi atrofida uzuq (shtrix) chiziqli to'g'ri to'rtburchak hosil bo'ladi. Bu rasmning belgilangan qismi deyiladi




Belgilangan qismdan nusxa olish uchun Tahrir (Прав­ка) menyusidagi nusxalash amali tanlanadi (5-rasm). Natijada rasmning belgi­langan qismining nusxasi kompyuterning bufer deb ataluvchi maxsus xotirasiga joylashadi. Tahrir menyusining joylashtirish amali (6-rasm) yordamida buferdagi rasmni ishchi maydonga xohlagancha joylashtirish mumkin.

Mazkur amal bajarilganda buferdagi rasm nusxasi ishchi maydonning chap yuqori qismida paydo bo'ladi (7-rasm). Uni ishchi maydonning kerakli joyiga о'rnatish uchun, yurgichni shu rasm ustiga olib kelib, sichqonchaning chap tugmasini bosgan holda harakatlantirish lozim.

Paintda og'dirish va burish qanday bajariladi?

Avvalgi darslarda aytib o'tilganidek, rasmning belgilangan qismi ustida ham turli amallar bajarish mumkin. Masalan, uni chapdan o'ngga yoki yuqoridan pastga simmetrik akslantirish, ma'lum burchakka burish, vertikal yoki gorizontal yo'nalishlarda kerakli burchakka og'dirish, ma'lum foizga uzaytirish yoki qisqartirish va hokazo.

 

Masalan, rasmni akslantirish uchun Rasm (Рисунок) menyusining akslantirish/burish bo'limiga kiramiz (8-rasm) va chapdan o'ngga akslantirish amalini tanlaymiz (9-rasm). Natijada 10-rasmdagi lola shakli hosil bo'ladi. Agar chapdan о 'ngga akslantirish amali o'rniga 27° ga burish amalini tanlasak, 11-rasmdagi ko'rinish hosil bo'lar edi.

 


2-    mashq. Nusxalash amalidan foydalanib 12- rasmni chizing.

3-    mashq. Paint dasturi yordamida 13- rasmdagi ko'rinishni hosil qiling.



Sayt muallifi
Saytdan qidirish
Kalendar
«  Aprel 2024  »
DuSeChPaJuShYa
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930
Arxiv
Ob-havo ma'lumoti
Ob-havo
Block title
Block title
O'zbek bayramlari

Koson 2024