Payshanba, 28.03.2024, 14:11
Assalomu alaykum saytimiz mehmonlari!

SehriyoInf.Ucoz.RU

Sayt menyulari
Bo'limlar ro'yhati
Mini chat
So'rovnoma
Saytga baho bering
Barcha javoblar: 489
Statistika

Barcha online: 1
Mehmon: 1
Foydalanuvchilar: 0

14-dars

                     Kompyuter o'yinlari haqida

Aksariyat o'yinlarni o'ynash uchun sizga bitta yoki bir nechta sherik kerak bo'ladi. Masalan, futbol yoki oddiy quvlashmachoq o'yinini bir o'zingiz o'ynay olmaysiz. Kompyuter sizga turli-tuman o'yinlarni o'ynash imkonini berib, kerak bo'lsa sizga sherik vazifasini ham bajaradi.

O’yinlar juda qadim zamonlardan odamlarga hamroh bo'lib kelgan. Ular insonning bo'sh

vaqtini maroqli o’tkazish bilan birga jismoniу va aqliy rivojlanishiga yordam bcradi. Qadimda o'yinlar yoshlarda jamoa bo’lib ov qilish, o'zini dushmanlardan himoya qila olish kabi qobiliyatlarni shakllantirgan. O'yinlar vaqt o'tishi bilan takomillashib, zamon talabiga moslashib bordi. Kompyuterlar yaratilishi bilan o'yinlarning yangi turi - kompyuter o'yinlari vujudga keldi.

Kompyuterlarning rivojlanishi bilan kompyuter o'yinlari ham takomillashib bordi. Hozirgi kunda kompyuter o'yinlari turli-tuman va ularning son-sanog’i yo'q. Shunga qaramasdan kompyuter o'yinlarini bir nechta turlarga ajratish mumkin. Misol sifatida quyidagilarni keltirish mumkin.

Arcade (arkada). Bu turdagi o'yinlarda ko'p o'ylamasdan tez harakat qilish kerak bo’ladi. Masalan, avtomobil poygalari, ekranda paydo bo'ladigan turli narsalarni tez nishonga olish va hokazo.

Scrollers (siljish, harakatlanish). Bu turdagi o'yinlarda ekrandagi tasvir bir tomonga to'xtovsiz harakatlanib turadi. O'yinchidan esa uchragan to'siqlardan o'tishi talab etiladi.

Simulation (simulyatorlar). Bu turdagi o'yinlarda biгог murakkab texnik qurilmani (avtomobil, samolyot va hokazo) boshqarish amalga oshiriladi.

Strategy (strategiya). Bu turdagi o'yinlarda biror maqsadga erishish uchun reja ishlab chiqish talab etilad. Bunda o'yinchi birgina personaj emas, balki, harbiy bo'linma, biror tashkilot yoki davlatni boshqarishi kerak bo'ladi.

Sport (sport). Bu turdagi o'yinlarda biror sport o'yini (futbol, baskefbol va hokazo) tasvirlanadi.

Adventure (sarguzasht). Bu turdagi o'yinlarda o'yinchi boshqarayotgan qahramon syujet bo'yicha harakatlanadi. Yo’lda boshqa personajlar bilan muloqotga kirishadi, mantiqiy masalalarni hal qiladi va turli sarguzashtlarni boshidan kechiradi.

Puzzle (boshqotirmalar). Bu turdagi o'yinlarda har xil boshqotirmalarni hal qilish kerak bo'ladi. Masalan, bo'laklarga ajratib yuborilgan rasmni tiklash, minalashtirilgan maydondagi minalarni topish va hokazo.

Bu ro'yxatni yana davom ettirish mumkin. Lekin ko'pgina o'yinlarni biror turga qo'shish juda mushkul. Chunki ularda bir necha turdagi o'yinlarning xususiyatlari mujassamlangan bo'ladi.

«Moorhuhn-kart2» (murxun-kart) o'yinini arkada turdagi kompyuter o'yini bo'lib, unda kartinglarda (bolalar avtomobili) poyga o'ynaladi. Bu o'yinda poyga o'tadigan joy va poygachini tanlash mumkin. Poyga o'tadigan joy ertaklarda tasvirlangan manzaralarni eslatadi poygachilar esa o'rdak, qurbaqa, ko'rsichqon kabi multfilm qahramonlaridan iborat bo'lib sizlarda katta qiziqish uyg'otadi.


«Scrollers» turidagi kompyuter o'yinlari ichida eng ko'p tarqalganlaridan biri «Mario» o'yindir. Bu o'yinda Mario ismli kimsa maqsadga erishish uchun yo'lda juda ko'p to'siqlarga uchraydi. To'siqlarni yengib o'tish bilan birga ко’pgina mukofotlarni qo’lga kiritishga muvaffaq bo’ladi.


«Transport tycoon» (Transport taykun) kompyuter o'yini strategiya turidagi о’yin bo'lib, unda transport (temir yo'l, avtomobil yo'llari, havo yo'llari) tarmog'ini boshqarish kerak bo'ladi. Oqilona boshqarish katta foyda keltiradi va aksincha, noto'g'ri boshqarib, kasodga uchrash mumkin. Shu sababli bu o'yin o'yinchining iqtisodiy bilim va ko'nikmalarini rivojlantirishga yordam beradi.


Sarguzasht turdagi korrmyuter o'yinlariga «Serious Sam» (Jiddiy Sem) o'yini misol bo'la oladi. Bu o'yinda Sem ismli yigit turli-tuman maxluqlar bilan jang qilib Yerni o'zga sayyoraliklardan ozod qilishi kerak. Voqea yaqin kelajakda Misr davlatida sodir bo'ladi.

 

Hozirgi kunda Kompyuter o'yinlarining yana bir turi o'quvchi yoshlar e'tiborini o'ziga jalb qilib bormoqda Bu - o'quv (o'rgatuvchi) o'yinlardir. Ular o'quvchiga o'quv materialini o'zlashtirishga yordam beradi. Albatta, tovush, harakatli tasvirlar, videolavhalar yordamida tashkil etilgan o'quv o'yinlari o'quv jarayonini qiziqarli qilib, mavzuni o'zlashtirishni yengillashtiradi.

Tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki, kompyuter o'yinlari ko'rish, aniqrog'i, atrofdagi o'zgarishlarni tezroq payqash, tovushlarni bir-biridan farqlash kabi qobiliyatlan kuchaytirar ekan. Ba'zi kompyuter o'yinlari aynan shu maqsadda ishlab chiqiladi.

Masalan, «Memory» (xotira) o'yini xotirani kuchaytirishga xizmat qiladi. Bu o’yin 4x4 o'lchamli mavdonga ega bo'lib, unda 8 juft (16 ta) rasm kvadrat shaklidagi kataklar bilan berkitilgan. Bitta juftlikda bir xil rasm bo'lib, ular har safar har xil joylashtiriladi. Sichqoncha yordamida rasmlarni ochish mumkin. Ochilgan rasm bir soniyadan so'ng yana yopiladi.

 


Maqsad: har bir rasmning juftini topish. Buning uchun rasmlarning joylashishini eslab qolish kerak bo'ladi.

O'yin 6 bosqichdan iborat bo'lib, har bir bosqichda turli mavzudagi rasmlar chiqadi. Har bir bosqichdan so'ng multfilmdan parcha namoyish etiladi.

Sayt muallifi
Saytdan qidirish
Kalendar
«  Mart 2024  »
DuSeChPaJuShYa
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031
Arxiv
Ob-havo ma'lumoti
Ob-havo
Block title
Block title
O'zbek bayramlari

Koson 2024